O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
22.09.2016

OCHIQLIK VA OSHKORALIK SAYLOVNING MUHIM SHARTI

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi va Ozbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Ozbekiston Milliy axborot agentligi, «Jahon» axborot agentligi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Uzreport axborot agentligi ortasida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik korish va uni otkazish jarayonini yoritish togrisida ikki tomonlama bitimlar imzolandi.

Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov mamlakatimizda samarali saylov tizimi shakllanishi barobarida, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligi yuksalganini ta’kidladi. Avvalgi saylov kampaniyalari mobaynida ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda saylovga tayyorgarlik korish va uni otkazishning barcha bosqichlari haqida jamoatchilikni xabardor qilish boyicha katta tajriba toplandi. Zero, saylovlarning ochiqlik, oshkoralik va transparentlik kabi demokratik tamoyillarga muvofiq holda otkazilishida ommaviy axborot vositalari muhim orin tutadi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi togrisidagi qonunning 5-moddasi hamda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan Ozbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik korish va uni otkazish boyicha asosiy tadbirlar dasturiga muvofiq ommaviy axborot vositalari saylov jarayonini keng yoritadi.

Tuzilgan bitimlar saylov togrisidagi milliy qonunchilik hujjatlari — Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari togrisida, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi togrisida, Ozbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi togrisidagi qonunlar va saylov jarayonini tartibga soladigan boshqa normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyatini aholi ortasida keng tushuntirish ishlarini yaxshi yolga qoyishga qaratilgan. Markaziy saylov komissiyasi azolari va saylov qonunchiligi sohasidagi olim va ekspertlar bilan suhbatlar uyushtirish, saylovchilarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik korish va uni otkazish boyicha asosiy tadbirlar dasturi ijrosi, Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylovoldi dasturlari haqida jamoatchilikni oz vaqtida xabardor qilishda ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan keng foydalaniladi. Saylov kampaniyasi togrisida xorijiy mamlakatlar davlat va jamoat arboblari, ekspert va tahlilchilari, ommaviy axborot vositalari vakillarining fikr-mulohazalari bilan mamlakatimiz aholisini doimiy ravishda tanishtirib borish borasidagi ishlar samarali tashkil etiladi.

Imzolangan bitimlarni amalga oshirish doirasida barcha darajadagi saylov komissiyalarining faoliyati izchil yoritib boriladi. Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar uchun ularning saylovoldi dasturlari qoidalarini, mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy rivojlanishining muhim masalalariga taalluqli mustaqil nuqtai nazarlarini saylovchilarga, jamoatchilikka yetkazish uchun ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda, shu jumladan, teng hajmda efir vaqti va nashr maydoni ajratish yoli bilan keng va teng imkoniyatlar yaratishga alohida etibor beriladi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: