O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
20.09.2016

BMT BOSH ASSAMBLEYASI ISLOM KARIMOV XOTIRASIGA HURMAT BAJO KELTIRDI

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 71-sessiyasi majlisi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovni yod etish marosimi bilan boshlandi. Ushbu nufuzli anjuman ishtirokchilari — BMT vakillari, 193 mamlakat delegatlari, davlat rahbarlari, siyosatchilar, diplomatlar va boshqalar Prezident Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

BMT yangiliklar markazi xabar qilishicha, BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun, Bosh Assambleyaning 71-sessiyasi raisi Piter Tomson va qator davlatlar vakillari jahonning eng yuksak minbaridan Islom Karimovning Ozbekiston farovonligi, mintaqamiz tinchligi va barqarorligi yolida amalga oshirgan ulkan ishlari haqida soz yuritgan.

Pan Gi Mun Prezident Islom Karimovning oila a’zolari va Ozbekiston xalqiga yana bir bor hamdardlik bildirgan.

Islom Karimov Ozbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan keng kolamli say-harakatlarni amalga oshirdi. Mustaqillik yillarida Ozbekiston Mingyillik rivojlanish maqsadlarini bajarishda muhim yutuqlarga erishdi va barqaror rivojlanishning yangi vazifalarini qollab-quvvatladi. Davlat rahbari rahnamoligida mintaqada tinchlik va xavfsizlikni taminlashga ulkan hissa qoshildi. Islom Karimov tashabbusi bilan 2009 yilda Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli hudud barpo etilgani jahon hamjamiyatining muhim yutuqlaridan biri boldi, dedi Pan Gi Mun.

BMT Bosh kotibi Ozbekistonga ikki bor rasmiy tashrif bilan kelganini, xalqimizning samimiyatini his qilganini qayd etgan. Ozbekiston mustaqillikka erishganiga 25 yil toldi. Bir paytlar Prezident Islom Karimov aytganidek, xalq manfaati, huquq va erkinliklari mamlakat rivojining ustuvor yonalishiga aylandi, deb takidlagan Pan Gi Mun. U Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ozbekistonda amalga oshirilayotgan fundamental islohotlarga hissa qoshish, ozaro manfaatli hamkorlikni davom ettirish niyatida sobitligini bildirgan.

Tadbirda BMTning besh mintaqaviy guruhi Osiyo, Afrika, Sharqiy Yevropa, Garbiy Yevropa, Lotin Amerikasi va Karib havzasi guruhlari vakillari sozga chiqqan. Ular Islom Karimovning tinchlikparvar siyosati, asosli tashabbuslari va amaliy ishlari ulkan mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni taminlaganini etirof etgan.

Qozogistonning BMTdagi Doimiy vakili Qayrat Abdraxmanov Ozbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov qatiyatli, mard va togrisoz lider, tenghuquqli va ozaro manfaatli xalqaro hamkorlik tarafdori bolganini takidlagan. Sharqiy Yevropa davlatlari nomidan sozga chiqqan Estoniya vakili Islom Karimov rahbarligida Ozbekiston yuritgan siyosat Markaziy Osiyoda barqarorlik va xalqaro munosabatlar rivojiga xizmat qilganini bayon etgan.

Ozbekistonning BMTdagi Doimiy va muxtor vakili Muzaffar Madrahimov vatandoshlarimiz uchun ogir bolgan pallada hamdardlik bildirgani va qollab-quvvatlagani uchun anjuman ishtirokchilariga minnatdorlik bildirgan. Islom Karimov erkin fuqarolik jamiyati va bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik davlat qurishning chuqur oylangan strategiyasini ishlab chiqqan va amalga oshirgan buyuk davlat arbobi sifatida yuksak obro-etibor qozongan edi, deya takidlagan.

Avvalroq, 6 sentabr kuni Islom Karimov vafotiga motam belgisi sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-York, Jeneva va Rim shaharlaridagi binolari yonidagi BMT bayroqlari tushirilgan edi.

Qirgiziston poytaxti Bishkek shahrida bolib otgan Mustaqil Davlatlar Hamdostligi Davlat rahbarlari kengashi majlisida ham Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirildi.

Bunday misollarni koplab keltirish mumkin.

Bularning barchasi Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov zamonamizning buyuk siyosatchisi, uzoqni kora oladigan va strategik fikr yuritadigan nodir qobiliyat sohibi, tinchlikparvar va xalqparvar davlat rahbari, dono islohotchi va komil inson sifatida butun dunyoda yuksak obro-etibor qozonganidan dalolat beradi.

Anvar SAMADOV,

OzA sharhlovchisi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: