O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
12.06.2012

Vada amalda bajarilsa

odamlarning siyosiy partiyaga ishonchi oshadi. Biroq O‘zLiDePning Xalq deputatlari Boysun tuman kengashidagi deputatlik guruhi «sen menga tegma men senga» qabilida ish tutib, jim yurishni ma’qul korayotganga oxshaydi

Siyosiy partiyalar demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati ravnaq topishida faol ishtirok etish, oz dasturiy maqsadlarini royobga chiqarishda har jihatdan deputatlarga suyanadi.

Deputatlar joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishlarni atroflicha organishi, elektoratni oylantirayotgan masalalarga mahalliy hokimlik va mutasaddi idoralar diqqatini qaratishi, oz navbatida ularning yechimi boyicha aniq taklif va tashabbuslar bilan chiqishi lozim.

Biroq tadbirkorlar va ishbilarmonlar manfaatini himoya qilishni oz zimmasiga olgan OzLiDePning mahalliy Kengashlardagi deputatlik guruhlari orasida tashabbus korsatish, elektorat manfaatini dadil himoya qilish orniga nomiga faoliyat korsatib kelayotganlari yoq emas. Boysun tuman Kengashiga OzLiDePdan saylangan deputatlar faoliyati fikrimiz dalilidir.

Otgan davr mobaynida tuman Kengashining bolib otgan 13 ta sessiyasida OzLiDeP (6 nafar deputat)ning deputatlik guruhlari partiya elektorati muammolarini himoya qilish bilan bogliq biron-bir taklif bilan chiqmagan.

Darvoqe, OzLiDeP tuman Kengashi deputatlik guruhi rahbari Salim Murodov tuman Kengashi sessiyasiga yangi ish orinlari yaratish, kollej bitiruvchilarini ish bilan taminlash masalasi kiritilganini malum qildi. Biroq sessiya materiallari bilan tanishganimizda bunday malumotni uchratmadik.

— Tumandagi deputatlik guruhlarining hammasini ham faol deb bolmaydi, deydi OzXDP azosi, Reglament va deputatlik odobi komissiyasi raisi Mahmud Qosimov. Bazan deputatlar shunchaki obro uchun yuribdimikin, degan xayolga ham borasan kishi. Masalan, OzLiDeP azosi, tuman Kengashi deputati Shuhrat Eshqulov, shuningdek, Baxtiyor Normurodov keyingi paytlarda hatto sessiya ishlarida korinish ham bermay qoygan.

Biz tuman Kengashining bolib otgan sessiya materiallari bilan tanishish jarayonida hududni yanada rivojlantirish bilan bogliq turli masalalar muhokama etilib, tegishli qarorlar qabul qilinganligining guvohi boldik. Chunonchi, mazkur qarorlarda tumandagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni yechish, xususan, aholini ish bilan taminlash va boshqa tegishli Davlat dasturlari ijrosi boyicha choralar belgilangan.

Sessiya materiallarini kuzatar ekanmiz, unda faqat Xalq demokratik partiyasi deputatlik guruhi (9 nafar) tomonidan ikkita masala kiritilgani malum boldi. Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati togrisidagi Qonunning tumandagi ijrosi, xususan, dori-darmon hissadorlik jamiyati va uning filiallari, shuningdek, xususiy dorixonalar faoliyati togrisida, Gaza qishloq aholisini ichimlik suvi bilan taminlashni yaxshilash masalalari sessiya kun tartibiga olib chiqilgan.

Malumki, fermerlar manfaatini himoya qilish, ularning erkin faoliyat yuritishi uchun qulay muhit yaratish OzLiDePning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Binobarin, liberallar, fermer xojaliklari ozlari yetishtirgan mahsulotlarni qayta ishlashni yolga qoyishi, bunga partiya faollari jiddiy etibor berishi lozimligini bot-bot takrorlashadi. Ammo tumanda bu boradagi ishlar bilan tanishganimizda, liberallar faoliyatida soz va ish birligi hamohang emasligini kordik.

Ayni vaqtda tumanda 350 ta fermer xojaligi faoliyat yuritmoqda. Ular tuman iqtisodiyoti rivojiga munosib hissa qoshayotir, albatta. Ammo afsuski, 350 ta fermer xojaligidan bor-yogi bittasida qayta ishlash korxonasi tashkil etilgan, xolos. Jilo-fayz xususiy korxonasining rahbari Bahriddin Mamatovning aytishicha, gosht mahsulotlarini qayta ishlaydigan uskuna tuman hokimligining yaqindan korsatgan yordami evaziga olib kelingan.

Shu orinda beixtiyor xayolga turli savollar keladi: tadbirkor, ishbilarmon va fermerlarni qollab-quvvatlaymiz, deya dadil gapirayotgan liberallar nega Boysundagi oz elektorati holidan xabar olmaydi. OzLiDeP vakillari tadbirkor va ishbilarmonlar amalga oshirgan ishlarni sanashni yoqtirishadi. Ammo bu ishlar amalga oshishiga biz nima yordam berdik?, deya ozlaridan sorashmaydi. Ularni elektorat manfaatini himoya etmayotganlikda tanqid qilsangiz, biz bank emasmiz, kredit bermaymiz, biz ishchi orni yaratmaymiz, biz dastgoh olib bermaymiz kabi zamini bosh, odamlarni chalgitadigan gaplarni aytishadi. Vaholanki, biz ularning mahalliy Kengashlardagi deputatlik guruhlari faoliyati sustligini tanqid qilayapmiz. Elektorat muammosini organmasa, uning yechimi boyicha taklif aytmasa, tadbirkor va fermerlar ishi rivojiga hissa qoshadigan tashabbuslar bilan chiqmasa, liberallar nima bilan shugullanishi kerak?

Mamlakatimizda kechayotgan demokratik jarayonlar, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasida oldimizda turgan vazifalar siyosiy partiyalar, deputatlar zimmasiga ulkan masuliyat yuklaydi. Koproq tashabbus va amaliy ishlar bilan odamlar ishonchini qozonish mumkin.

Abdi QODIROV,

Ozbekiston ovozi muxbiri

Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: