O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
15.09.2016

NURSULTON NAZARBOYEV ISLOM KARIMOV XOTIRASIGA HURMAT BAJO KELTIRDI

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov zamonamizning ulug siyosatchisi, uzoqni kora oladigan va strategik fikr yuritadigan buyuk shaxs sifatida butun dunyoda yuksak obro-e’tibor qozongan edi. Xorijiy mamlakatlarning davlat va siyosat arboblari, fuqarolari u kishining vafotini chuqur qaygu bilan qabul qildi, xalqimizga hamdard boldi.

Qozogiston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirish maqsadida 12 sentabr kuni Samarqand shahriga tashrif buyurdi. Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Ozbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.

Qozogiston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev Ozbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Islom Karimov qabrini ziyorat qildi.

Nursulton Nazarboyev va Shavkat Mirziyoyev Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabriga gul qoydilar va uning xotirasiga hurmat bajo keltirdilar. Islom Karimov ruhi poklariga Quron tilovat qilindi.

Nursulton Nazarboyev Islom Karimov qadrdon dosti bolganini, bir-birini hamisha yaxshi tushungani va qollab-quvvatlaganini, birgalikda xalqlarimiz ortasidagi aloqalarni mustahkamlaganini, Prezidentimiz Ozbekistonda tinchlik va farovonlikni taminlaganini alohida takidladi.

— Ozbekistonliklarning barcha avlodlari Islom Karimovni hurmat bilan yodga olishiga ishonchim komil. Uning ulugvor merosi, davlat rahbari sifatidagi faoliyati ozbek xalqi, Ozbekiston tarixiga zarhal harflar bilan bitiladi, asrlar davomida organiladi. Ozbekistonning tiklanishi va har tomonlama rivojlanishi, aholi farovonligi oshishi uning nomi bilan bogliq. Islom Karimov ozbek xalqini, Ozbekistonni zamonaviy dunyoga tanitdi. Biz ana shunday buyuk insondan ayrildik, dedi Qozogiston Prezidenti.

Oliy martabali mehmon Samarqand shahridagi Forumlar majmuasiga tashrif buyurib, Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Karimovaga chuqur hamdardlik izhor etdi.

Forumlar majmuasida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev va Qozogiston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning uchrashuvi bolib otdi.

Mamlakatlarimiz ortasidagi hamkorlik 1998 yilda imzolangan Ozbekiston Respublikasi bilan Qozogiston Respublikasi ortasida Abadiy dostlik togrisidagi shartnoma, 2013 yilda imzolangan Ozbekiston Respublikasi bilan Qozogiston Respublikasi ortasida Strategik sheriklik togrisidagi shartnoma va boshqa hujjatlar asosida taraqqiy etmoqda.

Mamlakatlarimiz BMT, ShHT, MDH, Islom hamkorlik tashkiloti, Orolni qutqarish xalqaro jamgarmasi kabi xalqaro tuzilmalar doirasida ham samarali hamkorlik qilib kelmoqda.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev Qozogiston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevga xalqimizning buyuk farzandi, Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirish maqsadida mamlakatimizga tashrif buyurgani uchun minnatdorlik bildirdi. Ushbu tashrif mehr-oqibat va ahillik ayyomi Qurbon hayiti kunlarida amalga oshirilgani Islom Karimov bilan Nursulton Nazarboyevning munosabatlari, dostligi yuksak darajada bolganini namoyon etdi. Bu dostlik xalqlarimiz ortasidagi dostlik, yaxshi qoshnichilik va hamkorlikka asos bolganini, bunday yaqin munosabatlar bundan keyin ham izchil davom etishini alohida takidladi.

Qozogiston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov Ozbekiston mustaqilligining asoschisi, uning iqtisodiyoti va siyosatini belgilab bergan ulug davlat arbobi, ozbek xalqining buyuk farzandi, dunyo miqyosidagi lider bolganini alohida takidladi. Islom Karimov xalqaro anjumanlarda har doim hal qiluvchi orin tutganini, eng murakkab paytlarda ham tinchlik va barqarorlikni taminlaganini, Qozogiston va Ozbekiston hamkorligi rivojiga ulkan hissa qoshganini qayd etdi. Mamlakatlarimiz ortasidagi bu aloqalarni izchil davom ettirish muhim ahamiyatga ega ekanini alohida takidladi.

Uchrashuvda Ozbekiston va Qozogiston ortasida turli sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga oid masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Shu bilan Qozogiston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning mamlakatimizga tashrifi nihoyasiga yetdi.

Anvar SAMADOV,

Golib HASANOV,

OzA maxsus muxbirlari.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: