O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
10.09.2016

BOSHLANGICH PARTIYA TASHKILOTLARI

faoliyati atroflicha o‘rganilmoqda

Har bir siyosiy partiyaning ta’sir kuchi va salohiyati boshlangich tashkilotlari orqali belgilanadi. Shuning uchun boshlangich tashkilotlar va ularning yetakchilari bilan muntazam aloqada bolish, fikr almashish talab etiladi.

Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi Namangan viloyat kengashi, shahar va tuman kengashlari, deputatlar bu masalaga alohida etibor qaratmoqda. Viloyat partiya kengashi qarori bilan boshlangich tashkilotlar faoliyatini organish boyicha ishchi guruh tuzilgan. Unga viloyat partiya kengashi raisi orinbosari Ergashali Abdullayev boshchilik qilyapti.

— Deyarli har kuni boshlangich tashkilotlar yetakchilari, partiyamiz faollari bilan uchrashamiz, muloqotda bolamiz, deydi u. Ular oz yutuqlari, muammolari haqida sozlashadi. Biz bildirilgan fikr-mulohazalarni tahlil etamiz. Shular asosida turli masalalarni organish boyicha deputatlarga takliflar berib borilyapti.

Viloyat partiya kengashining boshlangich tashkilotlar bilan ishlash sektori mudiri Oybek Abdurahimov ishchi guruh azolari tomonidan taqdim etilgan malumotlarni umumlashtirib bormoqda.

Kosonsoy tumanida 3247 nafar partiyamiz azosi bolib, ular 55 boshlangich tashkilotga birlashgan. Shu kungacha ularda viloyat partiya kengashi tomonidan tasdiqlangan reja asosida 8 mavzuda oquv-seminarlar otkazilgan.

Biroq tumandagi ayrim boshlangich tashkilotlar faoliyatini qoniqarli, deb bolmaydi. Tuman kop tarmoqli poliklinikasi, Rovot qishloq vrachlik punkti, «Olmazor», Obod mahalla fuqarolar yiginidagi hududiy partiya tashkilotlari talab darajasida ishlamayapti. Organish davomida yetakchilar bilan suhbatlashildi. Boshlangich tashkilotlar faoliyatini yanada yaxshilash choralari belgilandi.

Quqimboy shifoxonasi, Olmazor pedagogika va servis kolleji, Qorasuv qishloq vrachlik punktidagi boshlangich tashkilotlar yetakchilari bilan suhbatda azolar faolligini oshirish boyicha tavsiyalar berildi.

Uychi tumanida jami 2672 nafar partiya azosi bor, ular 65 boshlangich tashkilotga birlashgan.

Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi Ijroqom Hayatining 2013 yil 4 sentabrdagi qaroriga muvofiq, har oyning oxirgi shanba kunida tuman kengashida Boshlangich partiya tashkilotlari kuni muntazam otkazilib kelinyapti. Roziboyev, Navoiy nomli mahalla fuqarolar yiginlaridagi hududiy partiya tashkilotlari, Uychi neft unitar korxonasidagi boshlangich tashkilotda ish namunali yolga qoyilgan.

Viloyat partiya kengashi vakillarining fikriga kora, Chortoq, Pop, Uchqorgon tuman partiya kengashlari yirik boshlangich tashkilotlar bilan ishlash tajribasini oshirishi talab etiladi.

Siyosiy partiya jamiyatda mustahkam orin topishi uchun elektorat manfaatlarini samarali himoya qilishga qaratilgan takliflarni ilgari surishi va ularni amalga oshirish yolida tashabbuskorlik korsatishi zarur.

Viloyat partiya kengashining boshlangich tashkilotlar bilan ishlash sektori mudiridan kamchiliklarni bartaraf etish choralari haqida soradik.

Bugun, avvalo, elektorat orasida olib borayotgan ishlarimizni yangi sifat bosqichiga kotarish kerak, dedi u. Dasturiy maqsadlarimizni nafaqat keng tushuntirish, balki ular amalga oshishini deputatlar yordamida nazorat qilib borish, bu ishlarga partiya azolari, faollarini keng jalb qilish talab etilmoqda. Chunki boshlangich tashkilotlar faoliyati qoniqarli bolmasa, partiya oz elektoratidan uzilib qoladi. Shundan kelib chiqib, viloyat, shahar va tuman partiya kengashlari, deputatlar boshlangich tashkilotlar faoliyatini muntazam organib bormoqda. Ularning ishini takomillashtirish choralarini yanada kuchaytiramiz.

Xulosa ornida aytish kerakki, viloyatda boshlangich partiya tashkilotlarini har tomonlama qollab-quvvatlash, yetakchilarning masuliyatini oshirish boyicha muntazam ish olib borilyapti, ularning faoliyatida jonlanish kuzatilyapti. Bu boshlangich tashkilotlarning partiyamiz tayanchiga aylanishida muhim orin tutadi.

Nosirjon DEHQONOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: