O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
07.09.2016

VLADIMIR PUTIN ISLOM KARIMOV XOTIRASIGA HURMAT BAJO KELTIRDI

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning porloq xotirasini yod etish marosimlari davom etmoqda.

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin 6 sentabr kuni Samarqand shahriga tashrif buyurdi. Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Ozbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Ozbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Islom Karimov qabrini ziyorat qildi.

Vladimir Putin va Shavkat Mirziyoyev Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabriga gul qoydilar va uning xotirasiga hurmat bajo keltirdilar.

Rossiya Federatsiyasi rahbari Samarqand shahridagi Forumlar majmuasiga tashrif buyurib, Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Karimova va qizi Lola Karimova-Tillayevaga chuqur hamdardlik izhor etdi.

Forumlar majmuasida Ozbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning uchrashuvi bolib otdi.

Ozbekiston bilan Rossiya ortasidagi hamkorlik 2004 yil 16 iyunda imzolangan Strategik sheriklik togrisidagi shartnoma, 2005 yil 14 noyabrda imzolangan Ittifoqchilik munosabatlari togrisidagi shartnoma asosida izchil rivojlanib bormoqda.

Ozaro hamkorlik keng kolamli va samarali bolib, hukumatlararo va idoralararo aloqalar oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishda muhim omil bolmoqda. Mamlakatlarimiz BMT, ShHT, MDH kabi xalqaro tuzilmalar doirasida ham samarali hamkorlik qilib kelmoqda.

Ozbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinga xalqimizning ardoqli farzandi, Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasini yod etish maqsadida mamlakatimizga tashrif buyurgani uchun minnatdorlik bildirdi. Ushbu tashrif Vladimir Putinning Islom Karimovga, Ozbekiston xalqiga yuksak hurmatidan dalolat berishini qayd etdi. Ozbekiston Islom Karimov va Vladimir Putin asos solgan mamlakatlarimiz ortasidagi strategik sheriklik munosabatlarini davom ettirishi va yanada mustahkamlashini alohida ta’kidladi.

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov Ozbekiston uchun, oz xalqining farovonligi uchun ulkan ishlar qilgani, eng murakkab paytlarda ham tinchlik va barqarorlikni taminlagani, bu mamlakat taraqqiyotiga xizmat qilganini alohida takidladi. Rossiya davlatlarimizning ozaro hamkorligini davom ettirish va rivojlantirish tarafdori ekanini qayd etdi.

Uchrashuvda Ozbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi ortasida turli sohalardagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga oid masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Shu bilan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning Ozbekistonga tashrifi nihoyasiga yetdi.

Anvar SAMADOV,

Golib HASANOV,

OzA maxsus muxbirlari.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: