O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
05.09.2016

IJTIMOIY-SIYOSIY FAOLLIK

jamiyat ravnaqiga xizmat qiladi

O‘tgan haftada «Ozbekiston XDPning eng faol ayoli» korik-tanlovining Chimboy tuman bosqichi bolib otdi.

Aytish kerakki, mazkur tanlov mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda xotin-qizlarning faol ishtirokini ta’minlash, ularda fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish maqsadida otkazib kelinmoqda.

Shuningdek, tanlov Ozbekiston XDP Saylovoldi dasturida belgilangan vazifalarni amaliyotga tatbiq etish, siyosiy bilim va tashkilotchilik qobiliyatiga ega bolgan xotin-qizlarni qollab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Korik-tanlovda 5 nafar ishtirokchi 3 shart boyicha bilimlarini sinovdan otkazdi. Uning natijalariga kora, 19-maktab oqituvchisi Abadan Allasheva birinchi oringa loyiq topildi va Qoraqalpogiston Respublika bosqichiga yollanma oldi.

Tanlovning Koson tuman bosqichida 4 nafar xotin-qiz loyiha taqdimoti, qonunlarimiz hayotimiz asosi (notiqlik sanati) va siyosiy hozirjavoblik shartlari boyicha bellashdi.

Ishtirokchilar xotin-qizlar bandligini taminlash hamda kasanachilik masalalariga qaratilgan loyihalarini taqdim etishdi.

Xususan, 48-umumtalim maktabi oqituvchisi Vilola Orinova tumanda xotin-qizlar uchun sport kiyimlari ishlab chiqaradigan kichik sex ochish va shu orqali bandlikni taminlash, 23-umumtalim maktabi oqituvchisi Muhabbat Berdinazarova ichki bozorni mahalliy mahsulotlar bilan boyitish, Inobat Shomurodova xotin-qizlarga hunar orgatuvchi oquv markazi ochish, Oqila Sharopova issiqxonalar tashkil etish yuzasidan oz loyihalarini taqdim qildi.

Notiqlik sanati va siyosiy hozirjavoblik shartlarida ham ishtirokchilar faol ishtirok etishdi. Umumiy natijalarga kora, Inobat Shomurodova birinchi orinni egallab, viloyat bosqichiga yol oldi. Uning Oila kodeksi boyicha chiqishi kopchilikka manzur boldi.

Korik-tanlovning Jizzax shahar bosqichi sanat kollejida bolib otdi.

Unda ishtirokchilar mamlakatimizda davlat boshqaruvini demokratlashtirish jarayonida ayollarning xuquq va erkinliklarini taminlash, ularning hurmat-izzatini joyiga qoyish masalalariga alohida etibor qaratilayotganini takidlashdi.

Xotin-qizlar siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi bilimlarini sinovdan otkazdi, partiya goyalarini hayotga tatbiq etish masalalari yuzasidan oz takliflarini berdi.

– Korik-tanlovga tayyorgarlik korish vaqtida qonunlarni chuqur organdim, deydi Jizzax shahridagi 14-umumtalim maktabi oqituvchisi Nigora Shermatova. Bu menga Siyosiy hozirjavoblik shartida qol keldi. Bunday tanlovlar xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga xizmat qiladi, deb oylayman.

Hakamlar hayati Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Mamura Yakubovani golib deb elon qildi va u tanlovning Jizzax viloyat bosqichida qatnashadigan boldi.

Ozbekiston XDPning eng faol ayoli korik-tanlovi mamlakatimizning barcha tuman va shaharlarida otkazilmoqda.

Sanam JUMAMURATOVA,

Shahlo XUDOYQULOVA,

Jamila YODGOROVA.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: