O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
05.09.2016

MUSTAQILLIGIMIZ MEMORI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida 4 sentabr kuni Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bagishlangan marosim boldi.

Prezidentimiz portreti poyiga Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, Vazirlar Mahkamasi xodimlari, vazirlik va idoralar jamoalari, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan diplomatik korpus rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari yuksak hurmat bajo keltirib, gullar qoydi.

— Ozbekiston xalqiga chuqur hamdardlik bildiramiz, dedi Xitoy Xalq Respublikasining Ozbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Sun Litsze. Ozbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov mustaqillikka erishish, davlatni har tomonlama rivojlantirish, shuningdek, mamlakatlarimiz ortasidagi hamkorlikni mustahkamlashga ulkan hissa qoshdi. Islom Karimov boshlagan buyuk ishlar davom etishiga, Ozbekiston yanada ravnaq topishiga ishonamiz. Islom Karimovning Ozbekiston Xitoy munosabatlarini izchil rivojlantirish yolidagi ishlari va amalga oshirgan islohotlarini davom ettirib, ozaro hamkorligimizni yanada mustahkamlayveramiz.

Islom Karimovning vafoti nafaqat Ozbekiston xalqi, balki boshqa mamlakatlar, xususan, Rossiya uchun ham ogir yoqotish boldi, dedi Rossiya Federatsiyasining Ozbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Vladimir Tyurdenev. Islom Karimov Rossiya bilan Ozbekiston ortasidagi ittifoqchilik munosabatlari va strategik hamkorlikning rivojlanishi hamda mustahkamlanishiga katta hissa qoshdi. Ozbekiston bosib otgan taraqqiyot yoli Islom Karimov nomi bilan bogliq ekani barchamizga ayon. Uning xotirasi Ozbekiston xalqi yuragida umrbod muhrlanib qoladi. Ozbekiston xalqi Islom Karimov tanlagan yoldan ogishmay olga borishiga ishonamiz. Uning oila azolariga, Ozbekiston xalqiga chuqur hamdardlik bildiramiz.

Barchamiz qattiq qaygudamiz, dedi Amerika Qoshma Shtatlarining Ozbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Pamela Spratlen. Islom Karimov oilasiga va Ozbekiston xalqiga chuqur hamdardlik bildiramiz. AQSh Ozbekistonning uzoq muddatli hamkoridir. Ozaro aloqalarni davom ettirish tarafdorimiz. Xalqingizga sihat-salomatlik, farovonlik va barqarorlik tilaymiz.

Shanxay hamkorlik tashkiloti nomidan butun Ozbekiston xalqiga chuqur hamdardlik bildiraman, dedi Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qomitasi direktori Yevgeniy Sisoyev. Islom Karimovni yuksak hurmat qilar edik. Ozbekistonning Birinchi Prezidenti ShHTning tashkil etilishi, faoliyati kolami kengayishiga har doim alohida etibor qaratar edi. Islom Karimovning bevosita tashabbusi bilan Toshkent shahrida tashkil etilgan ShHTning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qomitasi 13 yildan buyon muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda. Ozbekiston xalqi, ulkan yoqotishdan chekayotgan qaygungizga sherikmiz.

Nigohlarida qatiyat, ishonch va mehr balqib turgan Islom Karimovning suratiga qarab, shu zaminda yashayotgan har bir inson buyuk Prezidentimiz amalga oshirgan ezgu ishlar xalqimiz uchun dunyoda hech kimdan kam bolmagan sharoitlar yaratilgani, qudratli davlatchiligimiz barpo etilgani, davlatimiz jahon hamjamiyatida ozining munosib orniga ega bolganini yana bir bor his qilib, bularni koz qorachigidek asrash, boshlangan ezgu ishlarni davom ettirishga masul ekanini teran anglamoqda.

Yurtboshimiz Islom Karimovning Ozbekiston taraqqiyoti, xalqimiz manfaati yolida amalga oshirgan ishlari, islohotlari yillar osha qadri oshib borishiga shubha yoq. Bu insonning xotirasini nafaqat bugungi, balki kelajak avlodlar ham mustaqilligimiz memori sifatida yuksak qadrlaydi. Islom Karimov tinchlikparvar siyosatchi, buyuk davlat asoschisi sifatida jahon tarixida ochmas iz qoldirdi, dedi poytaxtimizning Mirzo Ulugbek tumanidagi Navoiy nomidagi mahallada istiqomat qiluvchi Sadulla Nasriddinov.

Prezidentimizning «Bizga tinchlik va omonlik kerak» degan ezgu davati Ozbekiston onalarining dilidagi, tilidagi orzu-niyati bolib kelgan, dedi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati Ozbekiston liberal-demokratik partiyasi markaziy kengashi raisi orinbosari Muxlisa Akromova. Ana shunday ezgu maqsadlarni royobga chiqargan Islom Karimov yurtimizda millatlar va fuqarolararo hamjihatlik, ozaro hurmat, mehr-oqibat muhitini qaror toptirdi, mustahkamladi. Bu barqaror muhit yurtimizda barcha sohalarda yuksak yutuq va natijalarga erishilishiga puxta zamin yaratdi. Biz buni koz qorachigidek asrab-avaylab, kelajak avlodimizga tinch va obod Vatan qoldirish yolida fidoyilik korsatishimiz shart.

Prezidentimiz Islom Karimov biz, yoshlarni farzandlarim, deb ataganlaridan doim faxrlanganmiz, dedi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti 2-bosqich talabasi Omonulla Sobirov. Biz hech qachon hech kimdan kam bolmaganmiz va kam bolmaymiz, degan davatlari bizni doim olga intilishga undaydi. Yurtboshimizning pok ruhi, ogitlari biz, yoshlarga mustahkam tayanch boladi. Biz u kishining munosib izdoshlari bolishga vada beramiz.

N.ABDURAIMOVA, B.BOZOROV,

OzA muxbirlari.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: