O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
04.09.2016

HARAKAT DASTURI IJROSI

elektorat manfaatlariga xizmat qilmoqda

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining 2015-2019 yillarga moljallangan Harakat dasturida belgilangan vazifalar elektorat manfaatlari himoyasida muhim orin tutadi. Shuning uchun xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlari uning ijrosiga alohida e’tibor qaratmoqda.

Mazkur Harakat dasturida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bilan bogliq dolzarb masalalarni partiya guruhlarida organish, doimiy komissiyalar va sessiyalar muhokamasiga olib chiqish belgilangan. Xosh, bu borada qanday natijalarga erishilmoqda?

— Harakat dasturi ijrosida deputatlarimiz alohida faollik korsatmoqda, – deydi OzXDP Markaziy Kengashi sektor mudiri Akmal Tursunboyev. Xususan, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, elektorat manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan turli masalalar chuqur organilib, ularning yechimi nazoratga olinmoqda.

Harakat dasturi asosida bu yil 198 masala organilishi belgilangan bolib, hozirgi kunga qadar ularning 126 tasi partiya guruhlarida, 72 tasi doimiy komissiya yigilishlarida va 50 tasi sessiyalar muhokamasiga kiritilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Bunda elektorat manfaatlari himoyasiga, xususan, bandlik dasturi ijrosi, bitiruvchilarni ishga joylashtirish, qonun va qarorlar ijrosini organish masalalariga alohida etibor qaratildi.

Misol uchun, joriy yilning birinchi choragida Harakat dasturi doirasida aholi bandligini taminlash, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish borasida olib borilayotgan ishlar 9 hududda tegishli tartibda organildi. Mazkur masala xalq deputatlari Qongirot, Toraqorgon, Sariosiyo, Marhamat, Asaka hamda Ohangaron tuman, Angren shahar Kengashlari sessiyalariga kiritildi, qabul qilingan qarorlar ijrosi ustidan nazorat ornatildi.

Partiyamiz guruhi tashabbusi bilan avgust oyida yangi ish orinlari yaratish va aholi bandligini taminlash Dasturi ijrosi organilib, sessiyada muhokama etildi, deydi xalq deputatlari Pastdargom tuman Kengashidagi OzXDP guruhi rahbari Rasul Yoldoshev. Organish natijalariga kora, tumanda joriy yilning birinchi yarmida minglab yangi ish orni yaratilgani malum boldi.

Shulardan xizmat korsatish va servis sohasida 300 dan ortiq, qishloq xojaligida 50 ga yaqin, ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish, ishlamayotgan korxonalar faoliyatini tiklash natijasida 100 dan ortiq yangi ish orni ochildi. Joriy yil yanvar-iyun oylari davomida 11 marta bosh ish orinlari yarmarkasi otkazilib, unga koplab korxona va tashkilotlar jalb etildi. 200 nafardan ortiq fuqaro ishga joylashish uchun yollanma oldi. Shundan 120 nafari kasb-hunar kolleji bitiruvchilaridir.

Deputatlar, shuningdek, joylarda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari, ayniqsa, qiz bolalarning sport bilan shugullanishi uchun sharoit yaratish va chekka hududlarda yangi sport obyektlari qurilishi, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bilan bogliq masalalarni organishdi. Andijon viloyatining Izboskan, Buxoro viloyatining Olot, Navoiy viloyatining Konimex tumanlarida mazkur masalalar sessiyalarda atroflicha korib chiqildi.

Bundan tashqari, Harakat dasturiga binoan pensiya va nafaqa pullarining tayinlanishi, yosh oilalarga imtiyozli ipoteka kreditlari asosida uy-joylar berilishi, ajratilayotgan moddiy yordam mablaglarining manzilli sarflanishini organish va ijtimoiy himoyani yanada kuchaytirish yonalishlarida muayyan ishlar olib borildi. Ichki yollarni tamirlash, kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash masalalari bosqichma-bosqich organildi.

Aytish kerakki, partiya tashkiloti, deputat uchun elektorat manfaati yolidagi masalaning katta-kichigi bolmaydi. Ishimizda amaliy natijalar kopayishi uchun hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holatini atroflicha tahlil qilishimiz, aholi orasiga yanada chuqurroq kirib borishimiz talab etiladi.

Gulruh ODASHBOYEVA,

«Ozbekiston ovozi» muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: