O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
04.09.2016

OZBEKISTON RESPUBLIKASINING BIRINCHI PREZIDENTI ISLOM KARIMOV BILAN VIDOLASHUV

Mamlakatimiz, butun xalqimiz og‘ir judolikka uchradi. Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov 2016 yil 2 sentabr kuni vafot etdi. Shu munosabat bilan 2016 yil 3 sentabrdan mamlakatimizda uch kunlik motam e’lon qilindi. Mamlakatimizda va xorijiy davlatlardagi Ozbekiston Respublikasi elchixonalarida Ozbekistonning davlat bayroqlari tushirildi.

Toshkent va Samarqand shaharlari kochalarida on minglab vatandoshlarimiz chuqur qaygu va koz yoshlari bilan Prezidentimiz bilan vidolashdi.

Samarqand shahridagi Forumlar majmuasida 3 sentabr kuni Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov bilan vidolashuv marosimi bolib otdi.

Marosimda Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi N.Yoldoshev, Qonunchilik palatasi Spikeri N.Ismoilov, senatorlar, deputatlar, vazirlik va idoralar rahbarlari, Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan vakillar, xorijiy davlatlarning mamlakatimizdagi elchixonalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari rahbarlari ishtirok etdi.

Marosimda Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon, Afgoniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf Gani, Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri Dmitriy Medvedev, Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri orinbosari Chjan Gaoli, Koreya Respublikasi Bosh vaziri orinbosari Li Jun Suk, Belarus Respublikasi Bosh vaziri Andrey Kobyakov, Qozogiston Respublikasi Bosh vaziri Karim Masimov, Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisi Raisi Oktay Asadov, Gruziya Respublikasi Bosh vaziri Georgiy Kvirikashvili, Qirgiziston Respublikasi Bosh vaziri Sooronbay Jeenbekov, Turkiya Respublikasi Bosh vaziri orinbosari Tugrul Yildirim, Ukraina Respublikasi Bosh vazirining birinchi orinbosari Stepan Kubov, Birlashgan Arab Amirliklari davlat vaziri Rashid bin Ahmad bin Fahad, Armaniston Respublikasi parlamenti vitse-spikeri Ermine Nagdalyan, Yaponiya parlament vaziri Motome Takisava, Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarif, MDH Ijrochi kotibi Sergey Lebedev va boshqalar qatnashdi.

Marosimni Ozbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.Mirziyoyev ochib, Islom Karimovning oila azolariga, xalqimizga chuqur hamdardlik bildirdi.

«Nuroniy» jamgarmasi Qashqadaryo viloyati bolimi raisi Ya.Inoyatov, Ozbekiston xalq shoiri E.Siddiqova va boshqalar Islom Karimovning xalqimiz baxt-saodati yolida amalga oshirgan buyuk ishlari haqida soz yuritdi.

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov tom manodagi vatanparvar inson va buyuk davlat arbobi, dono siyosatchi Islom Karimovning barcha tashabbuslari xalqaro maydonda qollab-quvvatlanganini, Turkmanistonda yoshu qari u kishini chin dildan hurmat qilishini takidladi. Islom Karimov Turkmaniston — Ozbekiston hamkorligini izchil rivojlantirishga katta hissa qoshganini qayd etib, Turkmanistonda maydon va kochalarga Islom Karimov nomi berilishini malum qildi.

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov vafoti munosabati bilan xalqimizga hamdardlik bildirib, Islom Karimovning hayoti va faoliyati oz xalqi va Vataniga fidokorona xizmat qilishning yorqin namunasi ekanini takidladi. Islom Karimovning oqilona siyosati natijasida Ozbekistonda tinchlik, osoyishtalik va barqarorlik qaror topgani, taraqqiyotning ozbek modeli samarasida mustaqillik yillarida Ozbekiston iqtisodiyoti 6 barobar osgani va aholi turmush darajasi yuksalganini alohida qayd etdi.

Afgoniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf Gani Afgoniston va Ozbekiston xalqlari azaldan yaxshi qoshnichilik munosabatlarida yashab kelayotganini takidlab, Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov vafoti munosabati bilan Ozbekiston xalqiga chuqur hamdardlik bildirdi. Islom Karimov Afgonistonda tinchlik va osoyishtalik ornatish, ikki mamlakat ortasidagi hamkorlikni rivojlantirishga katta hissa qoshganini, yaqinda Toshkentda bolib otgan ShHT sammitida Prezidentimiz bilan uchrashuvi goyat mazmunli bolganini alohida takidladi.

Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri Dmitriy Medvedev Islom Karimovning oila azolari va Ozbekiston xalqiga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin nomidan taziya bildirdi. Islom Karimov buyuk davlat arbobi bolganini, oz xalqiga, Vataniga xizmat qilishni yuqori darajaga kotarganini takidladi. Islom Karimov Rossiya bilan Ozbekiston ortasidagi munosabatlar ittifoqchilik darajasiga kotarilishiga katta hissa qoshganini alohida qayd etdi.

Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi bosh vaziri orinbosari Chjan Gaoli Islom Karimov mustaqil Ozbekiston Respublikasining asoschisi ekanini, otgan yillarda Ozbekiston har tomonlama rivojlanganini takidladi. Islom Karimov boshlagan buyuk ishlar davom etishi va mamlakat yanada ravnaq topishiga ishonch bildirdi. Islom Karimovning ulkan xizmatlari bilan joriy yilning iyun oyida davlatlarimiz ortasidagi munosabatlar har tomonlama strategik sheriklik darajasiga kotarilganini, Xitoy Ozbekiston bilan hamkorlikni izchil rivojlantirishga tayyor ekanini qayd etdi.

Qozogiston Respublikasi Bosh vaziri Karim Masimov Qozogiston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning xalqimizga hamdardlik bildirilgan maktubini oqib berdi. Unda Qozogiston xalqi Islom Karimov vafot etgani togrisidagi mashum xabarni chuqur qaygu bilan qabul qilgani aytilgan. Mustaqillik yillarida Ozbekiston hayotida roy bergan keng kolamli ozgarishlar, mamlakatning iqtisodiy salohiyati va xalqaro hamjamiyatdagi nufuzi yuksalgani, aholi turmush darajasi oshgani bevosita Islom Karimov nomi bilan bogliq ekani takidlangan. Qozogiston va Ozbekiston ortasidagi yaxshi qoshnichilik munosabatlarini mustahkamlashga ulkan hissa qoshgan Islom Karimovning oila azolariga, butun xalqimizga hamdardlik bildirilgan.

Belarus Respublikasi Bosh vaziri Andrey Kobyakov Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko va belarus xalqi nomidan Islom Karimovning oila azolari, yaqinlariga, butun xalqimizga chuqur hamdardlik bildirdi. Buyuk inson, ulug Yolboshchi bolgan Islom Karimov butun kuch va imkoniyatlarini oz xalqi, Vatani ravnaqiga sarf etganini takidladi. Prezidentimizning Yangi uy qurmay turib, eskisini buzmang degan hikmatli sozlari mustaqil va qudratli Ozbekiston Respublikasini barpo etishda asos bolganini, bugun mamlakatimiz koptarmoqli iqtisodiyotga ega, tinchlik elchisi bolgan davlatga aylanganini qayd etdi.

Qirgiziston Respublikasi Bosh vaziri Sooronbay Jeenbekov Qirgiziston Prezidenti Almazbek Atamboyevning Ozbekistonning Birinchi Prezidenti vafoti munosabati bilan xalqimizga chuqur taziya bildirilgan maktubini oqib berdi. Unda buyuk davlat arbobi, dono siyosatchi Islom Karimovning qatiy say-harakatlari bilan ikki mamlakat ortasidagi hamkorlik va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalarga ijobiy yechim topilgani, bu bugungi kunda ham xalqlarimiz manfaatlariga xizmat qilayotgani takidlangan.

Musulmonchilik urf-odatlariga binoan Registon majmuasidagi Tillakori madrasasida janoza namozi oqildi.

Islom Karimov ozining vasiyatiga binoan ota-onasi mangu qonim topgan Shohi Zinda qabristonida dafn etildi.

Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz mustaqilligi va yangi davlatchiligining asoschisi, buyuk siyosatchi, tinchlikparvar va xalqparvar davlat rahbari, dono islohotchi va komil inson Islom Karimovning sonmas xotirasi qalbimizda abadiy saqlanib qoladi. Bu vidolashuv marosimida ishtirok etgan on minglab vatandoshlarimiz, butun xalqimiz dilidagi sozlardir.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: