O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
03.09.2016

SOGLOM AVLODNI TARBIYALASH

ko‘p jihatdan maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatiga bogliq

Bugun mamlakatimizda maktabgacha talim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, bolalar har jihatdan soglom bolib ulgayishi, oqib-organishi uchun barcha zarur chora-tadbirlar korilmoqda.

Har yili maktabgacha talim muassasalarini tamirlash, sharoitini yaxshilash, zarur vositalar bilan taminlash masalalariga davlat byudjetidan kerakli mablag ajratilyapti.

Xosh, bugun maktabgacha talim muassasalarining holati qanday? Bolalarning maktabgacha talim-tarbiyasini samarali yolga qoyish, bogchalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boyicha joylarda qanday ishlar olib borilmoqda?

«Soglom ona va bola yili» Davlat dasturining ustuvor yonalishlaridan kelib chiqib, yaqinda xalq deputatlari Namangan shahar Kengashidagi OzXDP guruhi maktabgacha talim muassasalarining faoliyati yuzasidan nazorat-tahlil ishlarini olib bordi.

Namangan shahrida bugungi kunda 60 maktabgacha talim muassasasi faoliyat korsatmoqda. Ularda 6994 nafar bola tarbiyalanmoqda. Maktabgacha talim muassasalarida 749 nafar pedagog xodim faoliyat olib bormoqda. Ularning 579 nafari orta maxsus, qolgan 170 nafari esa oliy malumotga ega.

Kadrlar salohiyatini oshirish maqsadida otgan yili maktabgacha talim muassasalarida faoliyat korsatayotgan ayrim nomutaxassis kadrlar qayta tayyorlov kurslarida oqitildi. Yangi pedagogik texnologiyalar asosida amaliy seminarlar tashkil etildi.

Ilhomjon OTABOYEV, xalq deputatlari Namangan shahar Kengashidagi OzXDP guruhi rahbari:

— Maktabgacha talim muassasalari faoliyatini yaxshilashga davlatimiz hamisha ustuvor vazifa sifatida qarab kelgan. Shuning uchun partiyamiz guruhi masalani har tomonlama chuqur organib, tahlil qildi.

Nazorat-tahlil paytida ayrim maktabgacha talim muassasalarida targibot-tashviqot, korgazmali vositalar soni kamligi, ayrim gigiyenik ashyolar va bolalar yoshiga mos oyinchoqlar yetarli emasligi aniqlandi.

Usmonjon ASQARALIYEV, xalq deputatlari Namangan shahar Kengashidagi OzXDP guruhi azosi:

Bolalar tarbiyasida tarbiyachi zimmasiga katta masuliyat yuklatiladi. Biroq faoliyati organilgan maktabgacha talim muassasalarining ayrimlarida tarbiyachilar uchun qollanmalar yetarli emasligi malum boldi. Organish vaqtida, shuningdek, ayrim bogchalarda jismoniy tarbiya va musiqa xonalari, sport maydonchalarini zarur jihozlar bilan taminlash bilan bogliq kamchiliklar ham kuzatildi.

Deputatlar organish natijalarini dastlab partiya guruhi yigilishida atroflicha muhokama etishdi. Yuzaga kelgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

OzXDP guruhi shundan song masalani xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining Yoshlar siyosati va soglom avlod masalalari boyicha doimiy komissiyasiga kiritishga qaror qildi. Doimiy komissiya yigilishida mavjud vaziyat atroflicha korilgach, bu masala xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi sessiyasiga olib chiqildi.

Sessiyada maktabgacha talim muassasalari faoliyati bilan bogliq korsatkichlar chuqur tahlil qilindi. Deputatlar, mutasaddi idoralar rahbarlarining xulosa va fikr-mulohazalari tinglandi. Shu asosda sessiya tegishli qaror qabul qildi.

Xususan, maktabgacha talim muassasalarida davlat talablarining bajarilishi va meyoriy hujjatlar bilan ishlash ahvoli, bolalarni maktabga tayyorlash ishlarining samaradorligini oshirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish, maktabgacha talim muassasalarining sanitariya holati, talim va oquv jarayoni, jismoniy tarbiya, guruh xonalarini bolalarning yoshiga mos mebellar, tibbiy xonalarni dori-darmon vositalari bilan doimiy ravishda taminlash boyicha vazifalar belgilandi.

Gulruh ODASHBOYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: