O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
03.09.2016

OZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI ISLOM ABDUFANIYEVICH KARIMOV

Vatanimiz, butun o‘zbek xalqi ota ogir judolikka uchradi. Buyuk davlat va siyosat arbobi, Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abduganiyevich Karimov shu yil 2 sentabr kuni ogir kasallikdan song vafot etdi.

Islom Abduganiyevich Karimov 1938 yil 30 yanvarda Samarqand shahrida xizmatchi oilasida tugildi. Orta Osiyo politexnika instituti va Toshkent xalq xojaligi institutini muhandis-mexanik va iqtisodchi mutaxassisliklari boyicha tugatdi.

Mehnat faoliyatini 1960 yilda Toshkent qishloq xojalik mashinasozligi zavodida boshladi. 1961 yildan 1966 yilgacha Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida muhandis, yetakchi muhandis-konstruktor bolib ishladi.

1966 yilda Ozbekiston SSR Davlat plan komitetiga ishga otib, mutaxassislikdan Respublika Davlat plan komiteti raisining birinchi orinbosari lavozimigacha bolgan yolni bosib otdi.

Islom Abduganiyevich Karimov 1983 yilda Ozbekiston SSR Moliya ministri, 1986 yilda Ozbekiston SSR Ministrlar Soveti Raisining orinbosari, Respublika Davlat plan komitetining raisi etib tayinlandi.

U 1986-1989 yillar mobaynida Qashqadaryo viloyati partiya komitetining birinchi kotibi lavozimida ishlab, ozining katta rahbarlik va tashkilotchilik qobiliyati, fidoyiligi va qat’iyati, el-yurt dardini, odamlarning tashvish va muammolari, ularning talab va manfaatlarini yurakdan his qilishi bilan goyat ogir ijtimoiy-iqtisodiy ahvolga tushib qolgan viloyatdagi vaziyatni qisqa vaqt ichida tubdan ozgartirishga erishdi.

Islom Abduganiyevich Karimov 1989 yilning iyunidan Ozbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotibi etib saylandi.

Osha paytda respublikamiz fuqarolar urushi, qon tokish, millatlar va konfessiyalararo mojarolar yoqasida turgan edi. Voqealarning xuddi shunday rivoji qoshni mamlakatlarda amalga oshirilgan edi. Ana shunday ota ogir davrda u ozining voqealarni oldindan kora bilish qobiliyati, kuchli irodasi va qatiyati bilan xalqimiz va mamlakatimizni shunday achinarli qismatdan saqlab qoldi.

Aynan osha davrda xalqimiz Islom Abduganiyevich Karimov timsolida mard, bukilmas iroda egasi va sodir bolayotgan favqulodda murakkab hodisalarning mohiyatini davlat manfaatlari nuqtai nazaridan kora oladigan, oz Vatani va xalqi, har bir yurtdoshining taqdiri uchun alohida masuliyatni his eta oladigan haqiqiy rahbarga ega boldi.

1990 yil 24 mart kuni Ozbekiston SSR Oliy Kengashining sessiyasida Islom Abduganiyevich Karimov Ozbekiston SSR Prezidenti etib saylandi. 1991 yil 29 dekabrda muqobillik asosida otkazilgan umumxalq saylovida Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti etib saylandi.

Islom Abduganiyevich Karimov 25 yil davomida mustaqil Ozbekistonni boshqarib, ochiq fuqarolik jamiyati va bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat qurishning chuqur oylangan strategiyasini ishlab chiqqan va uni amalga oshirgan buyuk davlat arbobi sifatida mamlakatimizda va xalqaro maydonda yuksak obro-etibor qozondi.

Ozbekistonning suvereniteti va mustaqilligini saqlash va mustahkamlash Prezident Islom Karimov uchun hamisha eng oliy ustuvor vazifa bolib keldi va u olib borgan siyosatning asosiy ozak tamoyili bolib qoldi.

Ozbekiston xalqi istiqlol yillarida erishilgan barcha olamshumul yutuqlar va natijalarni mamlakatimizning Birinchi Prezidenti nomi va faoliyati bilan uzviy bogliq deb biladi.

U haqli ravishda demokratik talablar va xalqaro mezonlarga tola javob beradigan Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining muallifi bolib, uni hayotga amaliy jihatdan tatbiq etishning haqiqiy kafolatiga aylandi.

1991 yilda Ozbekiston paxta yakkahokimligining halokatli tasiri oqibatida iqtisodiyoti biryoqlama, mort va nochor rivojlangan, aholining hayot darajasi goyat achinarli ahvolga tushib qolgan qoloq agrar mamlakat edi. Respublika hayotiy muhim tovarlarning kopgina turlarini, birinchi navbatda galla va energiya resurslari boyicha mahsulotlarni ozida ishlab chiqarmas va bu boradagi oz ehtiyojlarini taminlay olmas edi.

Islom Abduganiyevich Karimov iqtisodiy mustaqillikka erishmasdan turib, siyosiy mustaqillikni taminlash mumkin emas, degan fikrning qatiy tarafdori edi. Aynan shuning uchun ham Yurtboshimiz tomonidan mashhur besh tamoyil asosida butun dunyoda taraqqiyotning «ozbek modeli» deb etirof etilgan Ozbekiston iqtisodiyotini tubdan isloh etish va tarkibiy ozgarishlarni amalga oshirish dasturi ishlab chiqildi. Bu modelning tub negizini Islohot — islohot uchun emas, avvalo inson uchun degan strategik yonalishni amalga oshirish tashkil etadi.

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan Ozbekistonda keng kolamli tarkibiy islohotlar amalga oshirildi, neft kimyosi, kimyo, avtomobil sanoati, qishloq xojaligi va temir yol mashinasozligi, farmatsevtika, elektrotexnika, toqimachilik sanoati, zamonaviy qurilish materiallari sanoati kabi yuqori texnologiyalarga asoslangan mutlaqo yangi sanoat tarmoqlariga asos solindi.

Ustyurt va Shortan gaz-kimyo majmualari, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Qongirot soda zavodi, Dehqonobod kaliyli ogitlar korxonasi, Andijon, Samarqand, Toshkent va Xorazm viloyatlaridagi avtomobil zavodlari singari dunyo miqyosidagi noyob sanoat obyektlari barpo etildi.

Respublikamizda zamonaviy yol-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalari, jumladan, Qamchiq tog dovoni orqali otadigan noyob tunnelni oz ichiga olgan Angren Pop temir yol tarmogi, Toshguzar Boysun Qumqorgon temir yoli bunyod etildi. Toshkentdan Samarqand, Buxoro va Qarshi shaharlari yonalishlari boyicha yuqori tezlikda harakatlanadigan poyezdlar qatnovi yolga qoyildi, xalqaro aeroportlar modernizatsiya qilindi, Navoiy aeroporti negizida xalqaro logistika markazi tashkil etildi va Ozbek milliy avtomagistrali qurilishi yakuniga yetkazildi.

Ozbekistonning dunyoda eng jadal suratlar bilan rivojlanib borayotgan iqtisodiyotga ega bolgan beshta davlat qatoridan joy olgani Prezident Islom Abduganiyevich Karimov tomonidan olib borilgan islohotlarning amaliy ifodasi boldi.

Islom Abduganiyevich Karimov qishloq xojaligidagi chuqur ozgarishlarni amalga oshirish, yerning haqiqiy egasi bolgan yangi mulkdorlar sinfi fermerlik harakatini shakllantirishning tashkilotchisi edi. Uning tashabbusi bilan jahon amaliyotida oxshashi bolmagan, qishloqlar qiyofasini tubdan ozgartirishga qaratilgan, qishloq ahlining hayot darajasi va sifatini shahardagidan kam bolmasligini taminlaydigan namunaviy uy-joylar qurish dasturi amalga oshirilmoqda.

Islom Abduganiyevich Karimov Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qomondoni sifatida Ozbekiston Respublikasining mustaqilligini, uning hududiy yaxlitligi va sarhadlarimiz daxlsizligini, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini ishonchli himoya qilishga qodir bolgan zamonaviy Qurolli Kuchlarni tubdan isloh etish, ularning jangovar salohiyati va qudratini oshirishni taminladi.

U tub negizida boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik va vujudga kelayotgan qarama-qarshilik va mojarolarni faqatgina tinch, siyosiy yol bilan hal etishga asoslangan tinchlikparvar siyosat mujassam bolgan Ozbekiston Respublikasining Tashqi siyosat konsepsiyasini ishlab chiqdi va amalga oshirdi. Davlatimiz rahbari mintaqamizda va butun dunyoda tinchlik va barqarorlikni saqlashga ulkan hissa qoshdi.

Islom Abduganiyevich Karimovning tashabbusi asosida, eski qolip va mezonlardan butunlay voz kechgan holda, keng miqyosdagi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, talim-tarbiya tizimini eng zamonaviy xalqaro standartlar boyicha tubdan ozgartirishga qaratilgan islohotlar dasturi ishlab chiqildi va hayotga joriy etildi.

Islom Abduganiyevich Karimov mamlakatimizning bugungi va ertangi kunining hal qiluvchi kuchiga aylanib borayotgan yoshlarimizning ongu tafakkuri va dunyoqarashini butunlay ozgartirgan, navqiron avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishning yangi prinsipial tizimini tashkil qilish va uni hayotga joriy etish ishlariga bevosita rahbarlik qildi.

Mamlakatimiz rahbari milliy-manaviy qadriyatlarimizga hurmat-ehtirom bilan munosabatda bolish, muqaddas dinimiz, urf-odatlarimiz, bebaho tarixiy merosimizni asrab-avaylash va rivojlantirishni davlat siyosati darajasiga kotardi, xalqaro maydonda Ozbekistonning obro-etiborini oshirishga katta hissa qoshdi.

U fuqarolik jamiyati institutlari, avvalo, mahallaning davlat va jamiyat boshqaruvidagi nufuzini oshirish, ularning vakolat va huquqlarini kengaytirish masalasiga alohida etibor qaratdi.

Islom Abduganiyevich Karimovning poytaxtimiz Toshkent shahri, mamlakatimizning barcha shahar va qishloqlari qiyofasini zamonaviy memorlik talablari asosida tubdan ozgartirish borasidagi keng kolamli bunyodkorlik ishlarini el-yurtimiz yaxshi biladi va yuksak qadrlaydi.

Islom Abduganiyevich Karimov suveren va mustaqil Ozbekistonni barpo etish, xalqparvar demokratik huquqiy davlat yaratish, fuqarolar tinchligi va milliy totuvlikni taminlash ishiga qoshgan ulkan hissasi hamda bu borada matonat va jasorat korsatgani uchun Ozbekiston Qahramoni unvoni, Mustaqillik va Amir Temur ordenlari bilan taqdirlangan.

Islom Abduganiyevich Karimov Ozbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy azosi edi. Ayni vaqtda u iqtisodiyot, ilm-fan, talim-tarbiyani rivojlantirishga qoshgan ulkan hissasi uchun koplab xorijiy mamlakatlar universitet va akademiyalarining faxriy fan doktori hamda akademigi etib saylangan. Shuningdek, u bir qancha xorijiy davlatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlarning faxriy unvon, orden va medallari bilan ham mukofotlangan edi.

Islom Abduganiyevich Karimov oz xalqini cheksiz mehr-muhabbat bilan sevar edi va ozining songgi kunlariga qadar butun hayotini Ozbekistonga xizmat qilishga bagishladi.

Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, ozbek xalqining buyuk farzandi Islom Abduganiyevich Karimovning sonmas xotirasi barcha minnatdor yurtdoshlarimizning, butun xalqimizning qalbida abadiy saqlanib qoladi.

Sh. M. Mirziyoyev, N. T. Yoldoshev, N. M. Ismoilov,

R. R. Inoyatov, R. S. Azimov, D. A. Nazarmuhamedov,

X. M. Sultonov, Sh. I. Solihov, I. M. Mirzaaliyev


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: