O'zb  
 
03.09.2016

ISLOM ABDUGANIYEVICH KARIMOVNING KASALLIGI VA VAFOTI SABABLARI TOGRISIDA TIBBIY XULOSA

Bemor I.A.Karimov, 78 yoshda, 27-avgust kuni ertalab soat 09.00 da hushsiz holatda zudlik bilan O‘zbekiston Respublikasi Sogliqni saqlash vazirligi Tibbiyot-sanitariya birlashmasining Markaziy klinik shifoxonasiga olib kelindi.

Otkazilgan tekshiruvlar, jumladan, bosh miya komputer tomografiyasi bemorda bosh miya qon aylanishi otkir buzilishi subaraxnoidal qon quyilish asorati bilan (insult) aniqlandi. Arterial qon bosimi 250/120 mm. simob ustuniga teng. Bemorda yurak faoliyatining toxtashi kuzatildi. 20 daqiqa davomida olib borilgan reanimatsion muolajalar natijasida yurak faoliyatini tiklashga erishildi. Bemor miya ozagi faoliyati buzilishi oqibatida atonik koma holatiga tushdi va sun’iy nafas olish apparatiga otkazildi.

27-avgustdan 28-avgustga otar kechasi bemor yetakchi xorijiy klinikalarining neyroxirurglari, kardiolog va reanimatologlari – A.N.Bakulev nomidagi Yurak-tomir xirurgiyasi ilmiy markazi direktori, akademik L.Bokeriya, N.N.Burdenko nomidagi neyroxirurgiya ilmiy markazi direktori, akademik A.A.Potapov (Rossiya), Gannover xalqaro neyroxirurgiya institutining vitse-prezidenti va ijrochi direktori, professor Amir Sami (Germaniya), Kardiotorakal markaz direktori, professor Jilli Dreyfus (Monako), Xeydelberg universiteti klinikasining kardiologiya bolimi rahbari, professor Xyugo Katus (Germaniya), Xelsinki universiteti Markaziy gospitalining neyroxirurgiya bolimi professori Yuka Xernisniyemi (Finlyandiya) tomonidan tibbiy korikdan otkazildi.

Ozbekiston mutaxassislari bilan hamkorlikda otkazilgan konsilium natijasida keyingi davolash rejasi belgilab olindi.

Bemorning nevrologik holati avval boshdan atonik koma sifatida qayd etildi. Nevrologik statusda diffuz mushak atoniyasi, arefleksiya kuzatildi. Bemorga uch marotaba dinamik elektroensefalografik tekshiruv otkazilib, unda bosh miyaning bioelektrik faolligining susayishi aniqlandi.

Otkazilgan intensiv terapiya jarayonida bemorning ichki azolari (qon tomir, nafas olish, qon ivish tizimlari, buyrak va jigar) faoliyatining asta-sekin buzilishi poliorgan yetishmovchiligi kuzatildi.

Yuqorida qayd etilgan toliq hajmdagi diagnostika-davolash muolajalari va intensiv terapiya chora-tadbirlari otkazilganiga qaramasdan 2016-yil 2-sentabr kuni soat 20.15 da yurak faoliyati toxtadi.

Amalga oshirilgan intensiv reanimatsiya tadbirlari natija bermadi va bemorda soat 20.55 da biologik olim holati qayd etildi.


Sogliqni saqlash vaziriA.Alimov

Ozbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, tibbiyot fanlari doktori, professorSh.Karimov

Tibbiyot fanlari doktori, professorV.Avakov

Tibbiyot fanlari doktori, professorB.Gafurov

Tibbiyot fanlari doktori,professorG.Qoriyev

Tibbiyot fanlari doktori, professorR.Qurbonov

Tibbiyot fanlari doktori, professorK.Mahkamov

Tibbiyot fanlari doktori,shaxsiy shifokorP.Chernish


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: