O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
03.09.2016

OZBEKISTON RESPUBLIKASINING BIRINCHI PREZIDENTI I.A.KARIMOVNING DAFN MAROSIMINI OTKAZISH BOYICHA DAVLAT KOMISSIYASINI TASHKIL ETISH TOGRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi, Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi va Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov vafot etgani munosabati bilan Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi, Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi va Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning dafn marosimini otkazish boyicha quyidagi tarkibda Davlat komissiyasi tashkil etilsin:

Mirziyoyev Sh.M. – Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri, komissiya raisi;

Yoldoshev N.T. Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi, komissiya raisining orinbosari;

Ismoilov N.M. Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri, komissiya raisining orinbosari;

Inoyatov R.R. Ozbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining raisi;

Azimov R.S. Ozbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi orinbosari, Moliya vaziri;

Haydarov Z.H. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni Ishlar boshqaruvchisi;

Nazarmuhamedov D.A. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi;

Sultonov X.M. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi;

Mahmudov V.V. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik Kengashi kotibi;

Erniyazov M.T. Qoraqalpogiston Respublikasi Joqorgi Kengesining Raisi;

Axmedbayev A.A. Ozbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri;

Berdiyev Q.R. Ozbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri;

Komilov A.H. Ozbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri;

Qurbonov R.D. “Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi” aksiyadorlik jamiyati direktori, Ozbekiston Qahramoni;

Mirboboyev B.Sh. Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining raisi;

Ramatov O.J. Ozbekiston temir yollari aksiyadorlik jamiyatining raisi, Ozbekiston Qahramoni;

Sanaqulov Q.S. Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh direktori, Ozbekiston Qahramoni;

Mirzayev Z.T. Samarqand viloyati hokimi;

Ganiyev B. Kamolot Yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi raisi;

Usmonov Sh.G. Respublika Nuroniy jamgarmasi raisi;

Usmonov R.D. Toshkent shahar hokimi;

Sharapova M.A. Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi 2-ixtisoslashtirilgan umumiy orta ta’lim maktab-internatining matematika fani oqituvchisi, Ozbekiston Qahramoni.

2. Davlat komissiyasi:

Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning xohish-irodasiga muvofiq dafn marosimini Samarqand shahrida 2016-yil 3-sentabrda tashkil etsin;

2016-yil 3-sentabrdan Ozbekiston Respublikasida uch kunlik motam elon qilinsin va respublikaning barcha hududlarida motam tadbirlari otkazsin;

xalqimizning, korxonalar, tashkilotlar, talim muassasalari va keng jamoatchilikning fikrini hisobga olib, bir oy muddatda Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abduganiyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish boyicha takliflar kiritsin.

Ozbekiston Ozbekiston Ozbekiston
Respublikasi Oliy Respublikasi Oliy Respublikasining
Majlisi Qonunchilik Majlisi Senatining Bosh vaziri
palatasining Spikeri Raisi
N.Ismoilov N.Yoldoshev Sh.Mirziyoyev

Toshkent shahri,
2016-yil 2-sentabr


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: