O'zb  
 
01.09.2016

SAMIMIY QUTLOVLAR

Mamlakatimiz mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, taniqli jamoat arboblari, ishbilarmon va akademik doiralar vakillaridan samimiy qutlovlar kelib turibdi. Ularda davlatimiz rahbariga baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, Ozbekiston xalqiga tinchlik-omonlik, doimiy ravnaq hamda farovonlik kabi ezgu istaklar izhor etilgan.

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning maktubida shunday deyiladi:

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti

Islom Karimov Janobi Oliylariga

Muhtaram Islom Abduganiyevich!

Ozbekiston Respublikasi mustaqilligi e’lon qilinganligining 25 yilligi bilan Sizni samimiy muborakbod etaman.

Mamlakatingiz ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, gumanitar va boshqa sohalarda salmoqli yutuqlarga erishdi. Ozbekistonning jahon maydonidagi obro-etibori benihoya yuqoridir.

Dostlik va ozaro hurmatning ezgu ananalariga tayanuvchi davlatlarimiz ortasidagi munosabatlar strategik sheriklik va ittifoqchilik ruhida faol rivojlanib bormoqda. Ishonchim komilki, biz ozaro manfaatli ikki tomonlama hamkorlikni bundan buyon ham barcha yonalishlarda mustahkamlab, dolzarb xalqaro masalalarni yechishda say-harakatlarimizni samarali ravishda muvofiqlashtirib boraveramiz. Bu Rossiya va Ozbekiston xalqlarining tub manfaatlariga javob beradi, mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikni taminlashga xizmat qiladi.

Muhtaram Islom Abduganiyevich, Sizga chin qalbdan mustahkam soglik va muvaffaqiyatlar, Ozbekistonning barcha fuqarolariga baxt-saodat va ravnaq tilayman.

Ehtirom ila,

Vladimir PUTIN,

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti

Shuningdek, quyidagilar oz tabriklarini yollashgan:

Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Qirolichasi – Yelizaveta II

Yaponiya Imperatori — Akixito

Belgiyaliklar Qiroli Filipp

Fransiya Respublikasi Prezidenti Fransua Olland

Hindiston Respublikasi Prezidenti Pranab Mukerji

Qozogiston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev

Moldova Respublikasi Prezidenti Nikolaye Timofti

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogon

Turkiya Respublikasi Bosh vaziri Binali Yildirim

Chexiya Respublikasi Prezidenti Milosh Zeman

Slovakiya Respublikasi Prezidenti Andrey Kiska

Bolgariya Respublikasi Prezidenti Rosen Plevneliyev

Malayziya Qiroli Abdul Xalim Muadzam

Shoh Yang di-Pertuan Agong XIV

Falastin Davlati Prezidenti, Falastin Ozodlik Tashkiloti Ijroiya Qomitasi Raisi Mahmud Abbos

Bangladesh Xalq Respublikasi Prezidenti Abdul Hamid

Isroil Davlati Prezidenti Reuven Rivlin

Singapur Respublikasi Prezidenti Toni Tan Keng Yam

Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vazirining orinbosari, Ichki ishlar vaziri Sayf bin Zoid Ol Nahayon

Belgiya parlamenti Vakillar palatasi raisi Zigfrid Brake

Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Rashid Alimov

Qutlovlar kelishi davom etmoqda.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: