O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
27.08.2016

MUROJAAT ETIBORSIZ QOLMAYDI

O‘zbekiston XDP Xorazm viloyat, shahar va tuman kengashlari qoshida faoliyat yuritayotgan Jamoatchilik qabulxonalari elektorat murojaatlarini organish va ularga yechim topishda muhim orin tutmoqda.

Jamoatchilik qabulxonalariga shu yilning otgan davri davomida fuqarolar tomonidan 248 murojaat tushdi. Shundan 80 foizi ijobiy hal qilindi. Xususan, 44 nafar fuqaro ish bilan ta’minlashda komak sorab murojaat qilgan bolsa, ularning hozirgacha 36 nafari ishga joylashgan. 8 nafarining bandligini taminlash boyicha ish olib borilmoqda. 10 nafardan ortiq fuqaroga esa oz ishini boshlashi uchun imtiyozli kredit olishda yordam berildi.

Bugun kim murojaat qilar ekan, deb kutib otirmasdan, odamlar orasiga kirib borish elektorat manfaatlarini himoya qilishning eng samarali yolidir. Shuning uchun joriy yilning otgan davrida 13 marta kochma Jamoatchilik qabulxonasi tashkil qilindi. Ularga fuqarolar tomonidan 105 murojaat boldi.

Qabulxonalarga tushgan murojaatlar boyicha tegishli tashkilotlarga 100 dan ortiq deputatlik sorovi yuborilib, aksariyati ijobiy hal qilindi. Jumladan, deputat sorovi asosida Urganch tumanidagi «Chotkopir» qishlogida suv quvurlari yotqizilyapti.

Bank plastik kartochkalari orqali tolovni amalga oshirishdagi muammolar togrisida bolayotgan murojaatlar yechimiga ham alohida etibor qaratildi. Ushbu masala yuzasidan tushgan murojaatlar asosida xalq deputatlari Urganch tuman Kengashidagi partiyamiz guruhi terminal tarmogi va onlayn tolovlar tizimini yanada kengaytirish togrisidagi masalani atroflicha muhokama qildi. Shuning uchun mazkur masala Urganch tuman Kengashi sessiyasiga olib chiqildi va tegishli qaror qabul qilinishiga erishildi.

Aytish kerakki, Jamoatchilik qabulxonalariga tushayotgan murojaatlarning aksariyati moddiy yordam, ish bilan taminlash, kommunal soha, ichki yollarni tamirlash masalalari bilan bogliq bolmoqda.

Har oyda ikki tumanda Mehnat bosh boshqarmasi, Mahalla xayriya jamoat fondi viloyat bolimi, Mikrokreditbank OATB, Byudjetdan tashqari pensiya jamgarmasi boshqarmasi, davlat soliq boshqarmasi hamkorligida Kuchli ijtimoiy siyosat — xalq farovonligi va jamiyat ijtimoiy barqarorligining muhim omili mavzusida davra suhbatlari otkazilmoqda. Shu tariqa vaqtincha ishsiz elektorat vakillariga huquqiy maslahat va amaliy komak berilyapti.

Jamoatchilik qabulxonalari faoliyatini takomillashtirish uchun murojaatlarni elektron shaklda ham qabul qilishni yolga qoyish, bu borada targibot ishlarini yanada kuchaytirishimiz zarur, deb oylayman. Chunki qancha kop odam Jamoatchilik qabulxonasi haqida bilsa, muammolarni hal qilishda yordam berishimizga ishonsa, partiyamizning nafaqat obrosi, balki tasir kuchi ham oshib boradi. Yaqin kunlarda viloyat kengashining saytida onlayn qabul yolga qoyiladi.

Nodira ODAMBOYEVA,

OzXDP Xorazm viloyat kengashi bolim mudiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: