O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
27.08.2016

TANLOV BIZGA KATTA MAKTAB BOLDI

Davlat va jamiyat hayotini demokratlashtirishda xotin-qizlar ishtirokini kengaytirish muhim ahamiyatga ega. Partiyamiz Saylovoldi dasturida ham xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik tuyg‘usini kuchaytirish, haq-huquqlarini himoya qilish masalalarida muhim vazifalar belgilangan. «Ozbekiston XDPning eng faoli» korik-tanlovi ularning ijrosiga xizmat qilmoqda.

Tanlovning Mirobod tuman bosqichida 5 nafar ishtirokchi 3 shart boyicha bellashdi.

Qonunlarimiz hayotimiz asosidir shartida ishtirokchilar partiyamiz elektorati manfaatlariga daxldor qonunlar mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida fikr yuritishdi. Shu bilan birga, partiya dasturiy maqsadlaridan kelib chiqib, qonunlarni yanada takomillashtirish yuzasidan oz takliflarini ham bildirishdi.

Ishtirokchi Gavhar Ashurova mehnatni muhofaza qilish togrisidagi, Xonposhshaxon Tolaganova Ozbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish togrisidagi qonunlarni sharhlab berdi. Ularning qonun hujjatlarini yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflari barchaning e’tiborini tortdi.

Siyosiy hozirjavoblik sharti ham qiziqarli otdi. Tanlov qatnashchilari Konstitutsiyamiz,
siyosiy partiyalar faoliyatiga oid qonun hujjatlari, Oliy Majlis palatalari faoliyati va partiyamiz Saylovoldi dasturi, dunyo tarixidagi mashhur siyosatchi ayollar haqidagi rang-barang savollarga javob berishdi.

– Savol-javob men uchun tanlovning eng qiziq sharti boldi, deydi Hayotxon Otaboyeva. Tayyorgarlik jarayonida xotin-qizlar huquqlariga oid koplab qonun hujjatlarini organdim. Davlat va jamiyat boshqaruvida xotin-qizlarning rolini oshirish, onalik va bolalikni muhofaza qilish ishlari bilan yaqindan tanishdim. Tanlov bizga katta maktab boldi, desam, adashmayman.

Ishtirokchilar taqdim etgan loyihalar partiyamiz elektorati manfaatlariga qaratilgani, hayotiy masalalar kotarilgani bilan ahamiyatli boldi.

Loyiham yoshlarni sportga keng jalb etishga qaratilgan, deydi Dildora Ortiqova. Bunda asosan kam daromadli oilalar farzandlari, tarbiyasi ogir bolalarni sport togaraklariga jalb qilish masalasi ilgari surilmoqda. Yoshlarni har jihatdan soglom, barkamol qilib tarbiyalash, ularning manaviyatini boyitish oldimizda turgan dolzarb vazifalardan sanaladi.

Nihoyat, hayajonli daqiqalar yetib keldi. Hakamlar hayati umumiy ballarni elon qildi.

Uchinchi orin Hayotxon Otaboyeva, ikkinchi orin Nargiza Nasirdinova, birinchi orin Dildora Ortiqovaga nasib etdi.

Turli nominatsiyalar boyicha ham goliblar taqdirlandi. Ularga diplom va esdalik sovgalari taqdim etildi.

Tanlovning Mirzo Ulugbek, Chilonzor, Sergeli, Yunusobod, Yakkasaroy tuman bosqichlari ham kotarinki ruhda otdi.

Gulruh ODASHBOYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: