O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
09.06.2012

Eski davrlar otib ketdi

bugun siyosiy bilimga, demokratik islohotlar haqida yetarli tushunchaga ega bo‘lmasdan munozara yuritish qiyin

Mamlakatda kuchli fuqarolik jamiyati qurishga doir islohotlar tobora chuqurlashayotgan hozirgi davrda turli fuqarolik jamiyati institutlarining faollashib borayotgani, ularning fuqarolar manfaatlarini himoyalash va ifoda qilish borasidagi orni mustahkamlanayotgani kozga tashlanmoqda. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasidagi goyalar jamiyatning barcha sohalarida bosqichma-bosqich oz ifodasini topmoqda. Shuningdek, siyosiy partiyalarning fuqarolik jamiyati instituti sifatidagi mavqei ham kundan-kunga osib bormoqda.

Siyosiy partiyalar qonunchilik jarayonlarini demokratlashtirishda, fuqarolar manfaatlarini ifoda etish va himoyalashda, aholi siyosiy madaniyatini oshirishda muhim demokratik institut sifatidagi faoliyatini takomillashtirmoqda. Ayniqsa, siyosiy partiyalarning fuqarolar siyosiy ongini shakllantirishda, fikrlar va qarashlar rang-barangligi demokratik qadriyatlar asosida kechishida, turli xil manfaatlarni ozaro muvofiqlashtirishda, shaxs manfaatlari bilan jamiyat va davlat manfaatlarini uygunlashtirish jarayonini boshqarishdagi faoliyati toboro demokratik mazmun kasb etayapti. Keyingi yillarda siyosiy partiya nashrlarida u yoki bu partiya oz goyasini keng targib qilayotgani, jamoatchilikda plyuralistik qarashlar rivojlanishida bu muhim rol oynayotgani fikrimiz dalilidir.

Biroq, ba’zi partiya nashrlarida elon qilinayotgan maqolalar kishini taajjublantiradi. Xususan,«XXI ASR» gazetasining 2012 yil 8 mart sonida Koppartiyaviylik tamoyili nomli maqola elon qilindi. Unda quyidagi fikrlar bayon qilinadi: Partiya umummilliy siyosiy tashkilot sifatida mulkdorlar qatlami, kichik biznes, fermer va dehqon xojaliklari vakillari, bir soz bilan aytganda, ishbilarmon va tadbirkorlarni ozining ijtimoiy tayanchi, deb elon qildi. OzLiDePning umummilliy siyosiy tashkilot sifatida elon qilinishi yaqin otmishni eslatadi. Osha davrda kompartiya ozini umummilliy siyosiy tashkilot deb elon qilib, boshqa biron-bir partiya yuzaga kelishiga yol qoymagan edi. Muallif demokratik mezonlarga binoan siyosiy partiya jamiyatdagi ayrim ijtimoiy qatlamlar tashkiloti sifatida faoliyat yuritishini bilmasa kerak. Aks holda, u OzLiDePning siyosiy maqomini bu darajada oshirib yubormagan bolardi.

Muallif yana oz fikrini davom ettirib, quyidagilarni yozadi: ...Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi bozor iqtisodiyoti tamoyillarini mutlaqlashtirishni notogri hisoblab, iqtisodiyotda bozorning mutlaq hukmronligiga yol qoyib bolmaydi, bozor iqtisodiyoti xalqimiz tanlagan yolga muvofiq ijtimoiy yonaltirilgan bolishi, yani nafaqat xususiy manfaatlarga, balki jamoaviy manfaatlarga koproq xizmat qilishi zarur, degan goyani ilgari surmoqda. Xosh, nima bopti? OzXDP OzLiDeP goyasini ilgari surishi kerakmi? Qolaversa, biz otish davrini boshimizdan kechirmoqdamiz. Shunday ogir bir jarayonda bozor iqtisodiyotini mutlaq erkinlashtirishdek qarashlar bilan kelisha olmasligini XDP kop bor takidlagan. Bu partiya ijtimoiy yonaltirilgan bozor iqtisodiyoti tarafdori va shu goya uchun kurashib kelmoqda.

OzXDP dasturi bilan tanish bolgan har bir odamga ayonki, partiya bozor iqtisodiyotiga qarshi emas, balki bozor iqtisodiyoti ijtimoiy yonaltirilgan bolishi lozim, boshqacha aytganda, mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishning strategik yoli negizida ijtimoiy bozor iqtisodiyoti goyasi yotmogi lozim, degan goyani ilgari surmoqda. Bu goya faqat OzXDPga taalluqli emas. Hozirgi davrda hattoki Germaniya Federativ Respublikasi ham ozini ijtimoiy huquqiy davlat, deb elon qildi. Skandinaviya davlatlari (Norvegiya, Finlyandiya, Shvetsiya, Daniya) ham ijtimoiy yonaltirilgan bozor iqtisodiyoti asosida rivojlanib bormoqda.

Shu yilning 26 aprelida XXI ASR gazetasida Abulfayz Sayidasqarov va Akbar Muzaffarovning Yutuqlarni ozlashtirish davri otdi yoki xalq deputatlari Sirdaryo tuman kengashidagi deputatlar faoliyatining hudud ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi ozgarishlar talabiga javob bermayotgani xususida nomli maqolasi elon qilindi. Unda malumot ornida Sirdaryo tumanida 30 ta saylov okrugidan saylangan deputatlarning 13 nafari OzXDP, 11 nafari OzLiDeP, 6 nafari Milliy tiklanish partiyasi azosi ekanini takidlash lozim, degan jumla uchraydi. Mualliflar nima demoqchi? Tumanda OzXDPning eng kop deputatlik guruhi borligini etirof etmoqchimi yoki OzXDP deputatlik guruhida OzLiDePnikidan 2 nafar deputat kop, shuning uchun tumandagi barcha ijtimoiy masalalarni XDP amalga oshirsin, demoqchimi? Albatta, ular asosan ikkinchi fikrga urgu berishga harakat qilgan. Lekin ularning harakati butunlay zoe ketgan.

Mualliflar maqola nomida gap Sirdaryo tuman kengashidagi deputatlar faoliyati togrisida ekanini alohida korsatgan. Lekin Sirdaryo tumanida OzXDPni tanqid qilish uchun bironta tuzukroq fakt topolmasdan, birdaniga boshqa bir tuman — Oqoltin tumanidan misol keltira boshlaydi. Mayli, bunisini qoyib turaylik. Biroq, Oqoltin tumanidan keltirilgan misolning mantigini anglash qiyin.

Emishki, Oqoltin tumanidagi Fargona qishlogida yashovchi Abdumannob Egamov XDP azosi sifatida oz muammosiga chora izlab, 2012 yil 22 fevralda XDP Markaziy Kengashiga yozma murojaat qilgan. Unda A.Egamov ozi hamda yana bir guruh hamkasblariga nisbatan sud idoralarining qarorlaridan norozi ekanini bildirib, OzXDPning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasining qonuniy vakolatlaridan foydalangan holda, oz manfaat va huquqlarini himoya qilishini soragan. Lekin XDP yordam bermagan ekan emish. Nahotki, mualliflar siyosiy partiya Markaziy Kengashi bilan Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi maqomlarini bilmaydi. Partiya Markaziy Kengashi bu partiyaga tegishli, yani, jamoat tashkiloti hisoblanadi, Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi esa davlat hokimiyatiga tegishli. Qolaversa, sud qarorini yuqori sud instansiyalari bekor qilishi mumkin, xolos. Demokratik davlatda nafaqat biron-bir partiya, balki davlat idoralari ham sud qarorini ozgartirish vakolatiga ega emas. Eski davrlar otib ketdi. Endi partiya davlat idorasiga topshiriq bera olmaydi. Advokatlar uyushmasi bilan siyosiy partiya hech qachon bir-birini takrorlay olmaydi.

Mualliflar Fuqarolarning murojaatlari togrisidagi Ozbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga tayanib, OzXDP Markaziy Kengashiga quyidagi iddoani yollaydi: fuqarolarning davlat organiga kelib tushgan murojaatlari ana shu organning ozi yoki zimmasiga murojaatlarni korib chiqish vazifasi yuklatilgan mansabdor tomonidan korib chiqiladi. Nahotki, mualliflar davlat organi va mansabdor bilan siyosiy partiya markaziy kengashining farqiga bormaydi? Axir, siyosiy partiya markaziy kengashi jamoat tashkiloti. Korinib turibdiki, maqola juda yuzaki yozilgan, mualliflar mamlakat siyosiy tizimiga doir oddiy tushunchaga ham ega emas.. Savol tugiladi: muxbir yoki muallif siyosiy jihatdan bilimdon bolmasligi, siyosiy partiya haqida tushunchasi yuzaki bolishi mumkin, ammo gazeta tahririyati qanday qilib bu maqolani chop etishni maqul korgan?..

Xolis oylab, xulosa qiladigan bolsak, asossiz gaplar bilan siyosiy maydonda bahs yuritib bolmaydi. Bu kabi mantiqsiz tortishuvlar hech kimga naf keltirmaydi.

Muqimjon OstonaQulov


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: