O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
23.08.2016

ELEKTORAT VAKILLARI BILAN MULOQOT

O‘zXDP Toshkent viloyat kengashi tashabbusi bilan Zangiota tumanida «Kuchli ijtimoiy himoya — asosiy maqsadimiz» aksiyasining hududdagi yakuniy bosqichi otkazildi.

Unda viloyat, tuman partiya kengashlari mas’ul xodimlari, deputatlar, Targibotchilar guruhi azolari va hamkor tashkilotlar vakillari aksiya doirasida qilingan amaliy ishlar haqida toxtalib otishdi. Qayd etildiki, tadbirlar davomida kam daromadli, boquvchisini yoqotgan oilalar vakillari, nogironlar, yolgiz keksalar holidan xabar olindi. Ularga sovga-salomlar ulashilib, muammolarini hal etishda, xonadonlarini obod qilishda komaklashildi.

Partiyamiz uchun asosiy yonalish bu elektorat manfaatlarini himoya qilishni yangi bosqichga kotarishdan iborat, deydi OzXDP Toshkent viloyat kengashi raisi Mehroj Darxonov. Shuning uchun biz ijtimoiy muhofazani mazmunan boyitish, uning kolamini kengaytirishga etiborni kuchaytirganmiz. Aksiya davomida aholining ijtimoiy qollab-quvvatlashga ehtiyojmand qatlamlari manfaatlariga daxldor bolgan qator ijtimoiy masalalar qamrab olindi.192 kam taminlangan, boquvchisini yoqotgan oila, 35 nafar yolgiz yashovchi nuroniylar, 181 nafar jismoniy imkoniyati cheklanganlar, 20 nafar bemor va 74 nafar keksa yoqlandi. Bular oz navbatida aholini har tomonlama qollab-quvvatlash, ijtimoiy komakka muhtojlarga yaqindan yordamlashish, ularning issiq-sovugidan xabardor bolishda muhim ahamiyatga ega, deb oylayman.

Siyosiy partiyaning har bir loyihasi, tashabbusi elektorat manfaatlariga xizmat qilishi kerak, albatta. Aksiya davomida partiyamizning barcha darajadagi tashkilotlari ana shu qoidaga muvofiq ish yuritdi, deb bemalol ayta olaman.

Prezidentimizning Ozbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma besh yillik bayramiga tayyorgarlik korish va uni otkazish togrisidagi qarori ijrosi doirasida tashkil etilayotgan ushbu aksiya ijtimoiy himoyaga qaratilgani bilan ahamiyatlidir, deydi viloyat partiya kengashi raisi orinbosari Sherali Qutlimurodov. Tadbirlar davomida nafaqat kam taminlangan, boquvchisini yoqotgan oilalar va nogironlar holidan xabar olindi, balki mustaqillik yillarida yurtimizda roy berayotgan ulkan ozgarish va yangilanishlar keng targib qilindi. Hududlarni obodonlashtirish ishlarida ham faol ishtirok etdik. Elektorat vakillari bilan aholining tinch va farovon hayotini taminlashga qaratilayotgan etibor, sogliqni saqlash, talim, madaniyat va sport kabi sohalarda erishilayotgan yutuqlar xususida qizgin suhbatlar boldi, fikr almashildi. Uchrashuvlar paytida ijtimoiy masalalarda qator murojaatlar tushdi. Deputatlar, mahalliy hokimliklar va hamkor tashkilotlar yordamida ularning aksariyati hal etildi. Demak, malum manoda maqsadimizga erishdik.

OzXDP faollari xonadonimizga tashrif buyurishganida, togrisi, juda hursand boldik, deydi zangiotalik Muxtor Azamxojayev. Mustaqilik bayrami bilan tabriklab bizga sovga ulashishdi. Asosiysi sovga-salom emas, etibor. Bizni yoqlab, kongil sorab kelishgani uchun minnatdorchilik bildiraman.

Deputatlar bilan dildan suhbat qurdim, urush davrida otgan bolaligim, osha paytlardagi qiyinchiliklar haqida sozlab berdim, deydi Halima Umarova. Bayram arafasida bizlardan xabar olib yurgan partiya faollariga katta rahmat...

Shu kuni bunday xursandchilik va minnatdorchilik sozlarini kop eshitdik. Yoqlov tadbirlaridan elektoratimiz vakillari mamnun ekanliklarini bot-bot takrorlashdi. Inson qadr-qimmati, mehr-muhabbati hamma narsadan ustun ekanligi yana bir bor namoyon boldi.

Zaynura TOSHMURODOVA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: