O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
23.08.2016

PREZIDENTGA MAKTUBLAR KITOBINING TORTINCHI JILDI NASHRDAN CHIQDI

«Ma’naviyat» nashriyoti tomonidan Prezidentga maktublar kitobining navbatdagi — to‘rtinchi jildi chop etildi.

Ushbu kitobdan 2013 2016 yillar davomida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nomiga mamlakatimiz va xorijiy davlatlar fuqarolari hamda nufuzli xalqaro tashkilotlarning rahbarlari, taniqli siyosatchilar, jamoat arboblari tomonidan kelgan xatlar va ularga javob maktublaridan ayrim namunalar orin olgan.

Mazkur xatlarni oqir ekansiz, turli soha va tarmoqlarda mehnat qilayotgan, yoshi, kasbu kori, millati va dunyoqarashiga kora bir-biridan farq qiladigan maktub egalarining oy-fikrlari, orzu-intilishlari naqadar xolis va samimiy ekani, ularni umumiy bir xususiyat ona Vatanimizga, xalqimizga, Prezidentimizga mehr va ishonch birlashtirib turganini yaqqol his qilasiz.

Vatanimizning turli hududlaridan Yurtboshimiz nomiga yuborilgan xatlar Ozbekistonning bugungi taraqqiyot manzarasini, barcha soha va tarmoqlarda erishayotgan yutuq va marralarimizning miqyosi va kolami, ularning yurtdoshlarimiz hayotiga korsatayotgan ijobiy tasirini bamisoli yorqin kozgudek namoyon etishi bilan ahamiyatlidir.

Bugungi kunda shiddat bilan ozgarib borayotgan zamonning ozi shuni korsatmoqdaki, odamlarimiz avvalo oziga, oilasiga bevosita daxldor bolgan voqea-hodisalardan, ozgarishlardan togri xulosa chiqarib, bu jarayonda ozining orni va tasiri qanday ekanini tushunib, anglab, hayotga, kelajakka katta ishonch bilan yashamoqda. Ayni mana shu xususiyat barcha maktublarning bosh goyasi, bosh mavzusi, desak, xato bolmaydi.

Ushbu xatlarning asosiy qismida korsatilgan mehr-oqibat va yaxshilik, etibor va gamxorlik uchun davlatimizga, xalqimizga, Prezidentimizga samimiy minnatdorlik tuygulari ifoda etilgan. Bu bejiz emas. Nega deganda, xalqimiz doimo yaxshilikka intilib, yaxshilikni qadrlab yashaydi.

Muxtasar aytganda, bu xatlar yurtdoshlarimizning dunyoqarashi, ongu tafakkuri ozgarib, ularning grajdanlik pozitsiyasi tobora mustahkamlanib borayotganidan dalolat beradi. Bu ayni paytda xalqimiz ijtimoiy kayfiyatining muhim ustuvor korsatkichidir.

Mazkur kitobda jam bolgan xatlarda oddiy maktab oquvchisidan tortib kopni korgan tajribali insonlargacha, ishchi va muhandislar, dehqon va fermerlar, tadbirkor va ishbilarmonlardan tortib shifokor, muallim va murabbiylargacha, ilmiy-ijodiy soha vakillaridan tortib harbiy xizmatchilargacha, qisqacha aytganda, butun xalqimizning ovozi baralla eshitilib turadi, desak, mubolaga bolmaydi.

Maktub mualliflari orasida xorijiy davlatlarning fuqarolari, atoqli davlat va siyosat arboblari ham borligi Prezidentimizning serqirra faoliyati xalqaro miqyosda, chet ellarda ham katta qiziqish uygotayotgani mamlakatimiz qolga kiritayotgan ulkan marralar jahonda tan olinayotgani va keng etirof etilayotganining yana bir amaliy ifodasidir.

Bunday xatlarda tinchlik va xavfsizlikni saqlash, Ozbekiston bilan chet davlatlar hamkorligining turli qirralari, xalqimizning qadimiy va boy tarixi, uning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qoshgan hissasi, Markaziy Osiyo mintaqasi va jahon miqyosidagi dolzarb masalalar yechimi boyicha Prezident Islom Karimov tomonidan ilgari surilayotgan amaliy taklif va xulosalarning ahamiyati haqida soz boradi.

Oylaymizki, bu toplam Ozbekiston Prezidentining mustaqil taraqqiyotimizning ota murakkab va yuksak masuliyatli davridagi samarali faoliyati, mamlakatimizda yangi hayot, yangi jamiyat qurish yolida xalqimiz qolga kiritayotgan tarixiy yutuq va marralar, fuqarolarimizning jamiyat hayotidagi ozgarish va yangilanish jarayonlariga daxldorlik hissi va burchi, shu bilan birga, davlatimiz rahbari tomonidan xalqaro jamoatchilik vakillari bilan olib borilayotgan samimiy va amaliy muloqotlar haqida kitobxonlarimiz tasavvurlarini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: