O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
20.08.2016

SESSIYADA BANDLIK DASTURI IJROSI KORIB CHIQILDI

Mahalliy Kengashlardagi O‘zXDP guruhlari bandlik dasturi ijrosi boyicha deputatlik nazoratini kuchaytirishga, shu masalada tashabbuslar bilan chiqishga alohida e’tibor qaratmoqda. Maqsad rejalashtirilgan ish orinlari oz vaqtida ochilishi, barqaror bolishiga erishishdir.

Toraqorgon tuman Kengashidagi OzXDP guruhi kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ish bilan taminlash masalasini oz nazoratiga olgan. Deputatlar tomonidan bitiruvchilar bilan uchrashuvlar otkazilib, tort tomonlama shartnomalar qanday ijro etilayotgani, amaliyot otash, ishga joylashish masalalari organib chiqildi.

Malum bolishicha, 2014-2015 oquv yilida tumandagi kasb-hunar kollejlarini 3214 nafar yigit-qiz tamomlagan bolsa, ular bilan tuzilgan shartnoma talablari ayrim korxona-tashkilotlar tomonidan bajarilmagan holatlar kuzatilgan. Nazorat-tahlil davomida bu borada qator kamchiliklarga ham yol qoyilgani, buning sabablari aniqlandi. Shundan song deputatlik guruhimiz masalani tuman Kengashining tegishli doimiy komissiyasi va sessiya muhokamasiga olib chiqishga qaror qildi.

— Aholining bandlik darajasini oshirish, daromad manbalarini kengaytirish tarafdori bolgan partiyamiz uchun bu masala dolzarb ahamiyatga ega, deydi Toraqorgon tuman Kengashidagi OzXDP guruhi rahbari Ahmadali Musaboyev. Shunday ekan, bandlik dasturi oz vaqtida, toliq bajarilayaptimi, degan savol haqida hammamiz birdek oylashimiz, ish orni yaratish, odamlar turmushini yengillashtirishga harakat qilishimiz lozim, albatta.

Nazorat-tahlil davomida aholi, ayniqsa, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ish bilan taminlash borasida qator amaliy say-harakatlar olib borilgani malum boldi. Masalan, bitiruvchilarning talimga mos ravishda amaliyot otashi va ishga joylashishi boyicha ijobiy natijalarga erishilgan. Yoshlar bandligini taminlash, bu boradagi tashabbuslarga yol ochib berishda mahalliy hokimlikning masuliyati oshgan.

Biroq ayrim joylarda uch tomonlama shartnomalar toliq bajarilmayotganligi, bitiruvchilar uchun ajratilgan ish orinlari ularning mutaxassisligiga togri kelmasligi bilan bogliq muammolar uchramoqda. Bundan tashqari, ishga joylashgan bitiruvchilarning muayyan qismi kop otmay boshab ketayotgani kishini oyga toldiradi.

Bitiruvchilar ishga joylashishi ularning kelajagi bilan bogliq dolzarb masaladir, deydi tuman Kengashidagi OzXDP guruhi azosi Shoira Rahimova. Kollej korxona hamkorligini yolga qoyish, mehnat yarmarkalarini tizimli otkazish, yoshlar oz ishini tashkil etishiga komaklashish, imtiyozli mikrokreditlar ajratish kabi tadbirlar oz samarasini berayapti. Ammo kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish boyicha qator kamchiliklarga yol qoyilyapti. Bu masala OzXDP guruhi yigilishida atroflicha muhokama etildi, taklif va mulohazalar bildirildi. Deputatlar mazkur yonalishda olib borilayotgan ishlar boyicha mutasaddi tashkilotlar hisobotlarini sessiyalarda eshitish, shu asosda qatiy qaror qabul qilish kerak, degan yakdil fikr bildirishdi.

Masala sessiyada ham qizgin muhokama etildi. Kasb-hunar kollejlari direktorlari, tuman bandlikka komaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi rahbarlari zimmasiga aniq vazifalar yuklatildi.

Biror masalaning organilishi, sessiya kun tartibiga kiritilishi va muayyan qaror qabul qilinishi bilan kotarilgan muammo toliq yechim topdi, deb bolmaydi, albatta. Bu borada amaliy natijaga erishish uchun izchil faoliyat yuritish zarur. Yani, sessiya qarorlari ijrosini muntazam monitoring qilib borishimiz talab etiladi.

Samarqand shahar Kengashidagi OzXDP guruhida 6 nafar deputat faoliyat yuritadi.Ular aholi, xususan, kasb-hunar kolleji bitiruvchilarini ishga joylashtirish, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy holatidan kelib chiqib, bandlikni taminlashga katta etibor qaratyapti.

Xususan, yaqinda partiyamiz guruhi 2016 yilda ish orinlari tashkil etish va aholi bandligini taminlash dasturi ijrosi boyicha nazorat-tahlil olib bordi. Dasturda belgilangan obyektlarning oz vaqtida ochilishi, vaqtincha faoliyatini toxtatib turgan ishlab chiqarish tarmoqlarida uchrayotgan muammolarni bartaraf etish, kasanachilik, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali yangi ish joylari yaratish bilan bogliq masalalar organildi.

Deputatlarning qayd etishicha, shaharda yilning otgan 6 oyi davomida 5814 ish orni yaratilgan. Shundan sanoatda 528, xizmat korsatishda 183, uy mehnatini tashkil qilish hisobiga 644 ish joyi ochilgan. Shaharda aholi bandligini taminlash, ularni bosh ish orinlari bilan tanishtirish maqsadida muntazam ravishda mehnat yarmarkalari tashkil etib kelinmoqda.

Deputatlar nazorat-tahlil ishlari natijalarini umumlashtirib, ularni sessiya muhokamasiga olib chiqishdi. Unda mahalliylashtirish va boshqa qator maqsadli dasturlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi ish orinlari ochilishi uchun qulay sharoit yaratayotgani qayd etildi.Bandlik dasturi ijrosini taminlash, bitiruvchilarning ishga joylashgani haqidagi malumotlarning haqqoniyligiga erishish bilan bogliq masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Shundan song dastur ijrosida aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqildi. Deputatlarning qayd etishicha, kollejlarning kasbga tayyorlash yonalishlarini hudud iqtisodiyoti bilan muvofiqlashtirish bitiruvchilarni ishga joylashtirishda muhim ahamiyatga ega. Chunki bitiruvchi talab va ehtiyoj bor joyga keladi, muhimi, qiyinchiliksiz ish boshlaydi.

Yol qoyilgan kamchiliklarning oldini olish maqsadida shahar hokimligi, masul boshqarmalar bilan hamkorlikda ishni tizimli va samarali tashkil etishimiz kerak, deydi Samarqand shahar Kengashidagi OzXDP guruhi azosi Farrux Sadullaev. Dasturga kiritilgan har bir loyiha tashabbuskori bilan uchrashib, uni amalga oshirish yol-yoriqlarini maslahatlashsak, shunda yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish choralari aniq belgilanadi.

Shuningdek, joylarda uy mehnati, oilaviy tadbirkorlikni keng yolga qoyish lozim. Buning uchun, kerak bolsa, uyma-uy yurib, odamlar bilan yuzma-yuz uchrashish talab etiladi. Ishlab chiqarishning qaysidir turiga qiziqishi bor, biroq qolida mablagi yoqligi uchun ish boshlashga qiynalib yurgan odamlarni aniqlash zarur. Ularga mehnat qonunchiligini keng tushuntirish, biznes-reja ishlab chiqish tartibi haqida malumot berish, sarsongarchiliklarsiz kredit olishi uchun yaqindan komaklashish kerak, deyishdi OzXDP deputatlari.

Partiya guruhi bildirgan takliflar deputatlar tomonidan qizgin muhokama etildi va sessiya tegishli qaror qabul qildi.

Unga kora, Samarqand shahar bandlikka komaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi, soliq inspeksiyasi, statistika bolimi rahbarlari zimmasiga aniq vazifalar yuklatildi. Bandlik dasturi ijrosining borishi ustidan tizimli monitoring ishlari olib borilishi hamda barcha sohalar, yonalishlar boyicha hisobotlarning haqqoniyligini taminlash, joylarda xizmat korsatish, oilaviy tadbirkorlik va uy mehnatini rivojlantirishga etiborni kuchaytirish boyicha choralar belgilandi. Infratuzilma obyektlarini qurish va ishlab turganlarini kengaytirish, ishlamayotgan korxonalar faoliyatini qayta tiklash boyicha muhim tavsiyalar ishlab chiqildi.

Laziza SHEROVA,

«Ozbekiston ovozi» muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: