O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
18.08.2016

SIYOSIY OQUVLAR

fikrlar xilma-xilligi asosida o‘tsin

Aholining huquqiy bilimini oshirish, ularni siyosiy kuch atrofida birlashtirish, shu orqali ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish partiya tashkilotlari oldidagi dolzarb vazifalardan biri sanaladi.

Bu borada OzXDP tomonidan siyosiy va fuqarolik ma’rifati tizimida tashkil etilayotgan tadbirlarning ahamiyati katta bolmoqda. Targibotchilar hamda ekspertlar guruhi, deputatlar va siyosatshunoslar ishtirokida otkazilayotgan davra suhbatlarida demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish, aholi turmush farovonligini oshirish masalalari atroflicha muhokama etilyapti.

Xosh, siyosiy oquvlar samaradorligini oshirish uchun nimalarga etibor qaratish, qanday usullardan foydalanish zarur?

Inoyat HOSHIMOVA, OzXDP Andijon viloyat kengashi raisi orinbosari:

— Dunyoda goyaviy tahdid va axborot xurujlari kuchayib, odamlar ongi hamda qalbini egallash yolidagi kurash tobora keskinlashib borayotgan bugungi kunda aholi orasida targibot-tashviqot ishlarini samarali olib borishni hayotning ozi talab qilmoqda. Shu jihatdan olib qarasak, siyosiy oquvlar tasirchanligini oshirishga alohida etibor qaratishimiz kerak boladi.

Partiya tashkilotlari seminar va mashgulotlarda zamonaviy uslub, vositalardan foydalanishi juda muhimdir. Masalan, muloqot, bahs-munozara, trening, davra suhbati va boshqa noananaviy usullar mashgulotlarning qiziqarli hamda jonli otishiga, tinglovchilarning mavzu muhokamasida faol qatnashishiga, fikrlar xilma-xilligiga xizmat qiladi. Mashgulotlar yuqori saviyada va qiziqarli otishi uchun rasmiy maruzalardan qochish, ishtirokchilarni guruhlarga ajratgan holda mavzu muhokamasi va takliflarga keng orin berish zarur. Shunday qilsak, har bir qatnashchi tadbirlarda faol ishtirok etishga intiladi, zarur xulosalar chiqarishga harakat qiladi. Oz-ozidan bu jarayon orqali qatnashchilarda faollik va fikr bildirish konikmasi shakllanadi, mavzuni chuqurroq ozlashtirish imkoni kengayadi.

Ollobergan MAHMUDOV, Xalq deputatlari Urganch tuman Kengashidagi OzXDP guruhi azosi:

Har bir siyosiy partiya jamiyatda mustahkam orin topish, odamlar ishonchini qozonish uchun harakat qiladi. Bu jarayonda partiya azolarining siyosiy-huquqiy ongi, tafakkurini yuksaltirish, ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi ishtirokini kuchaytirish muhim ahamiyatga ega.

Partiyamiz goyalarini odamlar orasida tushuntirish uchun tadbirlarimizni zamonaviy usullarda olib borishimiz kerak. Afsuski, ayrim tadbirlar muayyan tayyorgarliksiz otkaziladi. Yetarlicha odamni toplab, bir-ikki maruzachini taklif qilsak, tadbir otadi, degan qarash bugungi kunga mutlaqo togri kelmaydi. Oldindan puxta tayyorgarlik korilsagina, har bir oquv partiya elektoratining ijtimoiy-siyosiy bilimi va faolligi oshishiga xizmat qiladi.

Masalan, tadbirlarda partiyamiz Saylovoldi dasturi qay darajada amalga oshirilayotgani, deputatlarimiz va partiya tashkilotlarining faoliyati haqida koproq korgazmali vositalar, multimedia mahsulotlari orqali tushuncha berishimiz lozim. Shu orqali jamiyatda partiya qanday amaliy ishlar bilan shugullanayotgani, erishayotgan natijalari haqida yanada kengroq tasavvur paydo boladi. Agar mazkur yonalishlarda ishni togri tashkil etsak, bu oz-ozidan azolarimizning faolligiga, siyosiy-oquvlar saviyasiga, targibot-tashviqot ishlari tasirchanligiga ijobiy tasir korsatadi.

Shuningdek, mashgulotlarni auditoriyaning oziga xos xususiyati, yani tinglovchining kasb-kori, qiziqishini har tomonlama hisobga olgan holda tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Tadbir boshlanmasdan oldin har bir ishtirokchiga mavzu yuzasidan uslubiy qollanmalar tarqatilsa, ular muhokamaga qoyilgan mavzu yuzasidan koproq malumotga ega boladi va oz fikrini dadil ayta oladi.

Gulruhbegim SAYFIDDIN qizi yozib oldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: