O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
18.08.2016

OQSAROYDA QABUL

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 17 avgust kuni Oqsaroyda Koreya Respublikasi davlat boshqaruvi va ichki ishlar vaziri Xon Yun Sukni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni mamlakatimizga tashrifi bilan qutlab, Ozbekiston Koreya Respublikasi bilan strategik sheriklik munosabatlarini yuksak qadrlashini va bu munosabatlarni yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratishini takidladi. Islom Karimov ushbu tashrif ozaro manfaatli hamkorlikni, ayniqsa, davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish va «Elektron hukumat»ni joriy etish sohasidagi aloqalarni kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etishiga ishonch bildirdi.

Koreya Respublikasi Prezidenti Pak Kin Xening 2014 yil iyun oyida Toshkentga va Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2015 yil may oyida Seulga davlat tashriflari mamlakatlarimiz ortasidagi keng kolamli hamkorlikning har tomonlama, avvalo, iqtisodiy sohada izchil rivojlanishiga yangi surat bagishladi. Ushbu tashriflar yakuniga kora yuzdan ortiq hujjat, jumladan, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik va moliyaviy sohalarda hamkorlikka oid umumiy qiymati 9,5 milliard AQSh dollaridan ziyod bolgan bitimlar imzolangan.

Janubiy Koreya Ozbekistonning asosiy investitsiyaviy va texnologik hamkorlaridan. Mamlakatimizning kop yillik ishonchli sheriklari – Janubiy Koreyaning JiEm-Koreya, Korean Eyr, KOGAZ, Lotte, JiEs, Posko-Deu, Samsung, Shingdong, Kolon kabi yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlikda neft-gaz, elektrotexnika, toqimachilik sohalari, qurilish materiallari va farmatsevtika preparatlari ishlab chiqarish borasida yirik investitsiyaviy loyihalar amalga oshirilgan va bu hamkorlik izchil davom etmoqda.

Koreya Respublikasining Ozbekiston iqtisodiyotiga yonaltirgan togridan-togri investitsiyalari hajmi 7 milliard dollardan oshdi. Mamlakatimizda Janubiy Koreya investitsiyasi ishtirokida tashkil qilingan 440 korxona faoliyat yuritmoqda, 77 kompaniyasi vakolatxonalari ochilgan.

Koreya Respublikasi Bosh vaziri Xvan Gyo Anning joriy yil may oyida Ozbekistonga tashrifi chogida Surgil koni negizida Ustyurt gaz-kimyo majmuasi ochilgani va bu zavod mamlakatlarimiz ortasidagi investitsiyaviy hamkorlikning amaldagi ifodasi bolganini alohida takidlash darkor.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi hamkorlik doirasida Janubiy Koreyaning texnik komagida Ozbekiston Respublikasida Elektron hukumat tizimini joriy etish, ushbu soha mutaxassislarini oqitish va malakasini oshirish boyicha loyiha hayotga tatbiq etildi. LG CNS kompaniyasi bilan 2014 yil iyun oyida imzolangan hamkorlik togrisidagi memorandumga muvofiq tashkil etilgan LG CNS Ozbekiston qoshma korxonasi Elektron hukumat tizimi hamda mamlakatimiz iqtisodiyotining real sektori uchun axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish borasida faoliyat yuritmoqda.

Xon Yun Suk samimiy qabul uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirib, Koreya Respublikasi Ozbekiston Respublikasi bilan keng kolamli va ozaro manfaatli hamkorlikni har tomonlama rivojlantirishga tayyor ekanini takidladi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: