O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
16.08.2016

HECH KIM ETIBORDAN CHETDA QOLMAYDI

Inson qadr-qimmatini ulug‘lash, bir-biriga tayanch va suyanch bolish — xalqimizga xos fazilat. Shu bois mamlakatimizda bu masalaga alohida e’tibor qaratilmoqda, jismoniy imkoniyati cheklangan kishilar ozlarini jamiyatning faol azosi sifatida his qilishi, iqtidori va qobiliyatini royobga chiqarishi uchun zarur sharoit yaratib berilmoqda.

Malumki, Ozbekiston XDP Saylovoldi dasturida jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolarni ijtimoiy himoyalash, ularning hayot darajasini yanada yaxshilash, moddiy va manaviy qollab-quvvatlash borasida qator vazifalar belgilangan. Shunga muvofiq, partiya tashkilotlari qator tashabbuslarni ilgari surmoqda.

Xususan, mamlakatimizning barcha hududlarida «Kuchli ijtimoiy himoya asosiy maqsadimiz» shiori ostida aksiya otkazilmoqda. Kuni kecha ana shunday tadbirlar Toshkent shahrining Olmazor, Chilonzor, Yakkasaroy, Mirobod tumanlarida tashkil etildi. Ularda partiya faollari, mahalliy Kengash deputatlari, mahalla ahli, tibbiyot xodimlari va yoshi ulug otaxon-onaxonlar ishtirok etdi. Kam taminlangan, boquvchisini yoqotgan va nogironlar holidan xabar olindi, samimiy suhbatlar otkazildi. Bundan tashqari, partiya faollari tomonidan yordamga muhtoj oilalarning xonadonlari obodonlashtirildi.

Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi dasturida imkoniyati cheklangan, ijtimoiy qollab-quvvatlashga ehtiyojmand nogironlar, yakka-yolgiz keksalarni qollab-quvvatlashga alohida etibor qaratilgan, deydi OzXDP Olmazor tuman kengashi raisi Kamoliddin Akromov. Aksiya doirasida otkazilayotgan turli tadbirlarda elektoratimiz vakillariga partiyamiz dasturiy maqsadlari tushuntirilib, fuqarolarni oylantirayotgan masalalar muhokama qilinmoqda. Bir soz bilan aytganda, partiyamiz komakka muhtoj kishilar manfaati bilan bogliq ijtimoiy vazifalarni hal qilishga alohida etibor qaratmoqda. Biz aynan shu maqsadda keksalarimiz xizmatida boldik.

Shuni mamnuniyat bilan aytish mumkinki, aksiya doirasida partiyamiz faollari, deputatlar barcha hududlarga yetib borishga erishishdi, deydi OzXDP Toshkent shahar kengashi raisi orinbosari Nilufar Yoldosheva. Elektorat manfaatlari himoya qilinmoqda. Odamlarni oylantirayotgan muayyan ijtimoiy masalalar bartaraf etildi, kopchilikning ogiri yengil boldi. Demak, malum manoda maqsadimizga yetdik.

Partiya faollari aksiya davomida koplab hamyurtlarimiz xonadonlarida bolishdi. Ularni yaqinlashib kelayotgan eng ulug, eng aziz bayramimiz bilan tabriklashdi, sovga-salomlar topshirildi.

Navroz SHODMONQULOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: