O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
13.08.2016

BIZ ISTIQLOL FARZANDLARIMIZ

Poytaxtimizda 10-13 avgust kunlari Vatanimiz mustaqilligining yigirma besh yilligiga bag‘ishlab «Gozal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, Ozbekistonim!» shiori ostida Istiqlol farzandlari yoshlar festivali otkazildi.

Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati, Oliy va orta maxsus ta’lim, Xalq talimi, Madaniyat va sport ishlari vazirliklari, Toshkent shahar hokimligi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti, Nihol mukofoti, Ozbekiston belgisi kokrak nishoni sohiblari, fan olimpiadalari, xalqaro tanlovlar va sport musobaqalarida goliblikni qolga kiritgan istedodli yoshlar ishtirok etdi. Ular Oliy Majlis Senati, Qonunchilik palatasi, Konstitutsiyaviy sud, oliy talim muassasalarida bolib, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishishdi.

Ishtirokchilarning Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga tashrifi chogida ayrim yoshlarning taassurotlari bilan qiziqdik.

— Xuddi sport arenalarida turgandek hayajondaman, deydi karate boyicha Osiyo chempioni samarqandlik Sadoqat Fozilova. Mustaqillik davrida qurilgan bunday buyuk imoratlar ozini Ozbekiston farzandi hisoblagan har bir yigit-qiz qalbini faxr-iftixorga toldirishi tabiiy. Bu muhtasham koshona misolida yurtimizning mustaqillik yillarida erishgan yutuqlari, yuksak salohiyati, manaviy qudrati, shuningdek, bunyodkor xalqimizning yaratib yashashga bolgan ishtiyoqini yaqqol tasavvur etdim.

Bu yerda Qonunchilik palatasi deputatlari bilan uchrashish men uchun yana bir quvonchli voqea boldi.

Fevral-mart oylarida Tailandda otkazilgan jahon chempionatida kombat aykido boyicha golib boldim, deydi navoiylik Shahzoda Erkinova. Sovrinni qolga olayotgan, madhiyamiz yangrayotgan paytdagi hayajonimni soz bilan ifodalab berolmayman. Kozimda yosh, konglim tubida Men Ozbekiston farzandiman! degan hayqiriq bor edi.

Yurtimizda yoshlarning soglom va barkamol bolib voyaga yetishi uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Talim va sport sohalarini rivojlantirishga qaratilayotgan etibor tufayli mamlakatimizning eng chekka hududlarida ham zamonaviy talablarga javob beradigan shart-sharoitlar yaratilgan. Biz bunday gamxorlikdan xursandmiz.

Men baxtliman, deya baralla ayta olaman, deydi ohangaronlik Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Zulhayo Raimqulova. Chunki ozod va hur Vatanda yashayapman! Ozbekiston davlat konservatoriyasi talabasiman. Istiqlolni bor ovozim bilan kuylashga, yurtim sanatini jahonga tanitishga tayyorman.

Respublikamizda yoshlarning nafaqat mukammal bilim egallashi, ayni vaqtda muayyan mutaxassislikka ega bolib, jamiyatda munosib orin topishi uchun ulkan ishlar amalga oshirilayotganini har birimiz oz hayotimiz misolida korib turibmiz. Bugun yangicha dunyoqarash, qatiy ishonch va etiqodga ega, mustaqil fikrlaydigan, Vatanimizning ravnaqiga munosib hissa qoshishga intiladigan yoshlar safi tobora kengayib borayotgani fikrimiz tasdigidir.

2003 yildan buyon Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan topshirib kelinayotgan Ozbekiston belgisi kokrak nishoni ham yurtimizda yoshlarga korsatilayotgan yuksak ishonch va etiborning yana bir yorqin namunasidir, deydi Ozbekiston belgisi kokrak nishoni sohibi namanganlik Sardor Rustamov. Otgan yili men ham bu mukofotga loyiq topildim. Namangan davlat universiteti magistraturasida tahsil olyapman. Maqsadim yoshlarga zamonaviy bilim beradigan pedagog bolib yetishish.

Festival qatnashchilarining qay biri bilan suhbatlashmaylik, ularning barchasi buyuk yurt farzandi ekanidan faxrlanishini, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarining davomchisi bolishga tayyor ekanini his qildik.

Gulruh ODASHBOYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: