Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
05.06.2012

Kishilar ijtimoiy faolligini oshirish – xomxayol emas

Yoki O‘zXDPning mehnatga qobiliyatli aholini ish bilan bandligini ta’minlash borasidagi qarashlari va intilishlariga «adolat» uchun kurashga bel bog‘lagan «Adolat» SDP nega qarshi chiqmoqda?

Siyosiy partiyaning jamiyatdagi o‘rni va nufuzi aniq va hayotiy g‘oyaga, dasturga ega bo‘li­shi hamda uni izchil amalga oshirishiga bog‘liq.

Mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga har bir siyo­siy partiya o‘z Saylovoldi dasturi va pozitsiyasidan kelib chiqib yondashadi. Masalan, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi vatanimiz iqtisodiyotini rivojlantirish­ning strategik yo‘li negizida ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti g‘oyasi bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi. Bu borada aholining yuksak darajada ijtimoiy hi­moyalanganligi odamlar farovonligi va jamiyat barqarorligining ishonchli poydevori ekanini ta’kidlaydi.

Partiya dasturida ijtimoiy siyo­satning maqsadliligi, aholining ijtimoiy manfaatlari aniq ko‘rsatilgan. Masalan, mehnatga qobiliyatli aholi uchun — odamlarning munosib haq to‘lanadigan ishga intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning shaxsiy tashabbusi va tadbirkorligini rag‘batlantirish muhimligi qayd etilgan. O‘zXDP o‘z g‘oyalarini amalga oshirish maqsadida doimiy ish va barqaror daromad manbaiga ega bo‘lmagan kishilar, ishga joylashishda qiyinchilikka duch kelayotgan yoshlar, asosiy daromadini meh­natdan oladigan, ish beruvchilar oldida ishonchli himoya qilinishi lozim bo‘lgan odamlar, nafaqaxo‘rlar, nogironlar va kam ta’minlangan aholi manfaatlarini himoya qi­lish borasida qator loyihalarni ilgari surayapti. Kuchli ijtimoiy himoya tizimini qo‘l­lab-quvvat­lagan holda amaliy ish olib borayapti.

Ammo O‘zXDPning bu boradagi das­­turiy maqsadi va sa’y-harakatlarini «adolat»chilar «utopiya», ya’ni xomxayol sifatida talqin qi­lishga urinmoqda. «Adolat» gazeta­sining shu yil 25 may sonida e’lon qilingan «Va’da berish oson...» sarlav­hali maqoladagi fikrlardan shunday xulosa chiqarish mumkin.

Yunon tilidan tarjima qilinganda «yo‘q joy», «xayoliy joy» degan ma’nolarni anglatadigan «utopiya» atamasi badiiy adabiyotda ilmiy-fantastik janrni ifodalaydi. Bu yo‘nalishdagi asarlarda odatda muallif o‘z orzusidagi ideal jamiyat, ideal ijtimoiy tuzumni xayolan tas­virlaydi. Ya’ni, «utopiya» ijtimoiy asoslab berilmagan ideal ijtimoiy tuzum tasviridir.

Bu so‘zlarni keltirishimizga «Va’da berish oson» maqolasida XDP­ning mehnatga qobiliyatli aho­lini ish bilan to‘liq bandligini ta’­minlash borasidagi qarashlari va intilishlariga noreal munosabat bildirilgani turtki bo‘ldi. Jumladan, unda yozuvchi Jorj Oruell­ning o‘tgan asr o‘rtalarida antiutopiya janrida yaratilgan «1984» nomli romani, aniqrog‘i, undagi ba’­zi voqeliklar bayon etilib, par­tiya­miz g‘oyalari go‘yo «utopizm» ekaniga ishora qilingan.

Shu o‘rinda bir mulohaza. Maqo­la muallifi ta’kidlaganidek, bu asarda eng avvalo yagona partiya mafkurasi hukmronligi tufayli jamiyat oxir-oqibat parokanadalikka yuz tutgani, iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy tanazzul boshlangani, hukmron partiya ishsizlikni tag-tugi bilan yo‘q qilgan bo‘lsa-da, bu jamiyat taraqqiyot va intilishdan mahrum ekani ifodalanadi.

Darhaqiqat yagona hukmron par­tiya odamlar boshiga qanday kulfatlar yog‘dirishi mumkinligi yaqin o‘tmishda to‘liq namoyon bo‘ldi. Ammo o‘ylab ko‘raylik, bu gaplarning O‘zXDPga nechog‘lik daxli bor? Mamlakatimizda demokratik tamoyillarni qaror toptirishning muhim omilla­ridan bo‘lgan ko‘ppartiya­viylik tizimi shakllangani, bugun fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga xizmat qi­layotgan par­tiyalararo raqobat izchil tus olayotgani hech kimga sir emas-ku! Nahotki, «adolat»chilar bu kabi ta’na­lar bilan kishilarda, ayniqsa, yosh­larda noto‘g‘ri tushuncha va tasavvurlar paydo qilishini o‘ylamasa?

Bundan tashqari, «adolat»chilar da’vo qilganidek, XDP ish bilan farovonlikni hamma uchun naqd qilib qo‘yayotgani yo‘q. Ish o‘rni yaratish masalasi bevosita siyosiy partiya vakolatiga kirmaydi. Par­tiya g‘oyani ilgari suradi, uni amalga oshirish yo‘llarini taklif etadi, uning ijrosiga xizmat qiladigan chora-tadbirlarni ko‘radi. O‘zXDP hech bir inson jamiyat e’tiboridan chetda qolmasligi, har bir inson mehnat qilish huquqidan mahrum bo‘lmasligi, munosib hayot kechirish uchun kurash olib borishni ezgu maqsad, deb biladi.

Partiyamizning bozor iqtisodiyo­ti sharoitiga moslasha olmagan, vaqtincha ishsiz yurgan, taqdir taqozosi bilan nogiron bo‘lib qolgan, ammo ishlash qobiliyatiga ega, eng muhimi, kasanachilik, oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagi bor elektorat vakillariga qo‘l kelayotgan loyihalar o‘tkazishi zamirida ham ana shunday insonparvar g‘oya mujassam. Odamlarning ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qiladigan bu intilishlar utopiya ham, xomxayol ham emas.

Yana bir gap. Maqolada keltirilishicha partiyamiz keyingi paytlarda elektorati doirasini yanada kengaytirishga, ya’ni, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami yoniga tadbirkorlarni ham jalb etishga astoydil urinayotgan emish.

Yuqorida ta’kidlanganidek, O‘zXDP mehnatga qobiliyatli aholi uchun odamlarning munosib haq to‘lanadigan ishga intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning shaxsiy tashabbusi va tadbirkorligini rag‘batlantirishni o‘z vazifasi deb biladi va shundan kelib chiqib, amaliy ish qilayapti. Yoki «adolat»chilar kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi orasida tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida yurganlar yo‘q deb hisoblaydimi? O‘zXDP hamkor tashkilotlar bilan ularni o‘z ishini yo‘lga qo‘yishi uchun ko‘maklashsa, bu o‘z g‘oyalaridan chekingan, degani emas-ku!

 Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnatga qobiliyatli aholining ish bilan bandligini ta’minlashga ko‘maklashish partiyamizning asosiy vazifalaridan biri ekan, bunda tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan elektorat vakillarini e’tibordan chetda qoldirish mantiqqa zid, albatta.

Maqoladagi yana bir jumlaga e’tibor qarataylik: «...har qancha istagan taqdirda ham XDP saylovchilariga berayotgan quyuq va’dasini bajara olmaydi, bu amalda mumkin ham emas. ...Deylik, ellik mingta yangi ish o‘rni yaratildi, degan hisobot uchun shuncha kishi eskirgan texnologiya yordamida ishlab chiqarishga jalb etilsa...Bu, albatta, sakson yil orqaga qaytishdan bosh­qa hech narsa emas».

Bu fikrlar zamirida ham chuchmallik va masalaga bir yoqlama munosabat yotibdi. Ayniqsa, «eskirgan texnologiya» deganda aynan nima nazarda tutilayotganini anglash qiyin. Hech kim eskirgan texnologiya tarafdori emas. O‘zXDP mehnatga layoqatli jami aholining to‘laqonli bandligini ta’minlashga erishish maqsadida katta sarmoya talab qilmaydigan kosibchilik, hunarmandchilik va kasanachilikni, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga ish o‘rinlari yaratilishiga intilmoqda.

Masalan, birgina kasanachilikni oladigan bo‘lsak, jamiyatda mehnat resurslaridan samarali foydalanish, qo‘shimcha daromad topish, ish vaqtining qat’iy belgilanmaganligi, maxsus binolarga ehtiyoj bo‘lmasligi va boshqa shu kabi omillar bu sohaning iqtisodiy samaradorligini ta’minlaydi. Rivojlangan mamlakatlarda ham kasanachilikni taraqqiy ettirishga katta e’tibor qaratiladi. Birgina AQShda mehnatning bu usulida ishlaydiganlar soni 5 million kishidan ortiq. Yaponiyada hatto elektrotexnika, elektronika, turizm kabi tarmoqlarda ham u keng qo‘llaniladi. Endi o‘ylab ko‘raylik, XDP ishga yaroqli elektorat vakillarini shu sohaga jalb etishga intilayotgan va eng asosiysi, o‘z maqsadiga erishayotgan ekan, buning nimasi «sakson yil orqaga qaytish» bo‘ladi?

«Adolat»chilar o‘zlarini an’anaviy sotsial-demokratiyaning ijtimoiy adolat tamoyili va keng ko‘lamli ijtimoiy dasturlarning amalga oshirilishini ta’minlaydigan kuchli davlat g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlashga qodir kuch, deb bilishadi. Shu sababli «Adolat» SDP mehnatkashlar va ish beruvchilar o‘rtasidagi ijtimoiy sherikchilik munosabatlarini mustahkamlash, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, korxonalarda ishchilarning mehnat sharoitlarini yaxshilash, biznes-tuzilmalarning ijtimoiy mas’uliyatini yanada oshirishni o‘z vazifasi, deb belgilab qo‘ygan. Biroq ular bu borada e’tirofga munosib qanday amaliy ish qilganiga javob topish mushkul. Sotsial partiya sifatida ishsizlikka qar­shi kurashishi kerak bo‘lgan «Adolat» SDP faollari aholini to‘liq ish bi­lan ta’minlash imkoni yo‘q, deb turishini qanday baholash mumkin?

Dunyoda kechayotgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz tufayli rivojlangan davlatlarda ham millionlab odam ishidan ajralgani, buning oqibatida qanday ahvol yuzaga kelayotganini hammamiz ko‘rib-bilib turibmiz. Shunday ekan, partiyamiz hammani ish bilan ta’minlashning imkoni yo‘q, deb «Adolat» SDP vakillaridek, qo‘l qovushtirib tura olmaydi. Aholini imkon qadar ish bilan ta’minlanishi uchun yaqindan ko‘maklashadi. Va albatta, saylovchiga bergan va’dasini bajarish uchun intiladi, harakat qiladi. Ijtimoiy adolat tamoyiliga yondashuvda «adolat»chilar qarashi bilan esa mutlaqo kelisha olmaydi.

Laziza SHEROVA,

«O‘zbekiston ovozi» muxbiri.

Msod� a @T���rgin-bottom:6.0pt;text-align:justify'>Shu bois institutda yuqori malakali kadrlar tarkibini shakllantirish ustuvor yo‘nalishlardan hisoblanadi. Hozir bu yerda 325 nafar xodim mehnat qilmoqda. Ularning 44 nafari ilmiy xodim, ya’ni 8 nafari tibbiyot fanlari doktori, 30 nafardan ortig‘i tibbiyot fanlari nomzodi, yana shunchasi malakali  vrachlardir. Har bir bo‘limda kamida to‘rt nafar ilmiy xodim o‘z ilmiy tadqiqotlarini olib bormoqda. Negaki institutda bemorlarni davolashda ilmiy nuqtai nazardan yondashiladi. Har yili o‘nlab shifokor va ilmiy xodimlar xorijda o‘z malakasini oshiradi.

Bunday yondashuv o‘zining yuksak samaralarini bermoqda. So‘nggi to‘rt yilda institut O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalar markazining 21 ilmiy grantini, institut xodimlarining ilmiy ishlanmalari uchun 16 patentni olishga muvaffaq bo‘ldi. Faqat mazkur muassasada mushaklar va bo‘g‘imlar EMG va ultratovush uslublari yordamida tekshiriladi.

Masalan, ilmiy-tadqiqot institutida so‘nggi yillarda dastlabki endoprotezlashdan so‘ng tos-son bo‘g‘imlarini total endoprotezlash o‘zgarishining paydo bo‘lish sabablari o‘rganib chiqildi hamda uni bartaraf etish uchun Myuller tayanch halqasi va «kosa»ni almashtirish uslubini qo‘llagan holda suyak plastikasi amalga oshirildi. Ins­titutda tizza bo‘g‘imlarini endoprotezlash uslubini o‘zlashtirish ishlari davom etmoqda. Shunday qilib, bo‘g‘imlarni almashtirish operatsiyalari sifati sezilarli darajada oshdi. Qo‘shni mamlakatlardan shunday operatsiya­larga muhtoj bemorlarning mazkur institutga murojaat etayotgani ham buning yaqqol tasdig‘idir.

Institutda tizza bo‘g‘imlari patologiyasida anatomik buzilishlarni aniqlash uchun tizza bo‘g‘imiga Omnipak kontrast moddasini yuborish orqali multispiral kompyuter tomografiyasi uslubi ishlab chiqildi va qo‘llanilmoqda. Mazkur uslubdan yelkaning aylanma manjetida o‘zgarishi bor bemorlarda yelka bo‘g‘imlarini tekshirishda ham foydalanilmoqda.

Masalan, ko‘pchilikni yelka bo‘g‘imlarining og‘rishi bezovta qiladi. Ular yillar mobaynida shamollash va nevritga qarshi fizioterapiya, turli dori va malhamlar bilan davolanadi. Biroq og‘riq yo‘qolmaydi va bu vaqt o‘tishi bilan yelka  qismida harakatlarning chegaralanishiga olib keladi. Boshqacha aytganda, odam qo‘lini ko‘tara olmaydi, kiyinishi va boshqa yumushlarni bajarishi qiyinlashadi. Mayda paylarning shikastlanishi ham bunga sabab bo‘lishi mumkin va buni eskicha uslubda davolab bo‘lmaydi. Ilmiy-tadqiqot institutida olib bori­layot­gan izlanishlar natijasida kasallik sababi aniqlanadi va ushbu nuqsonni kichik operatsiya yordamida bartaraf etish mumkin.

Biz shu yerda davolangan va shu bo‘lim xodimasi Dilorom Otametova bilan suhbatlashdik. U ko‘p yillar oldin sirpanib, yiqilib tushganini aytdi. Natijada son suya­gi singan.  Bunday jarohat o‘z vaqtida to‘g‘ri davolanmasa, og‘ir oqibatlar — nogironlik, ayrim hollarda, hatto o‘limga olib kelishi mumkin.

  Bu baxtsiz hodisa 1998 yilning avgustida sodir bo‘lgan edi, — deydi D.Otametova. — O‘shanda dunyo ko‘zimga qorong‘u ko‘rinib ketdi. Chunki, 47 yoshimda deyarli harakatsiz, to‘shakka mixlanib qoldim. Biroq mo‘‘jiza yuz berib, men yana hayotga qaytdim. Buning uchun meni oyoqqa tur­g‘izishga katta hissa qo‘shgan tajribali mutaxassislardan cheksiz minnatdorman. Operatsiyadan keyin 3 yil o‘tib, men yana o‘z ishimga qayt­dim.

Bugungi kunda Dilorom opa ins­titutdagi bo‘limlardan birida katta hamshira lavozimida ishlamoqda. U kuch-g‘ayratga to‘la. Operatsiyaga kirish uchun o‘z navbatini kutayotgan yoki operatsiyadan chiqqan bemorlar Dilorom opaga qarab, kasallikni yenga olishiga, o‘z kelajagiga ishonchi yanada ortadi.

Mazkur ilmiy-tadqiqot institutida tizza bo‘g‘imlarini almashtirish bo‘yicha operatsiyani boshidan kechirgan Muhabbat Olimxo‘jayeva ham bunga ishonadi. 

  So‘nggi bir necha yil davomida  tizzamda paydo bo‘lgan kuchli og‘riqdan aziyat chekdim, — deydi Muhabbat opa. — Og‘riqni kamaytiradigan har xil dorilar ichdim. Biroq ularning ta’siri vaqtinchalik bo‘lib, dozasini oshirishga yoki kuchlisiga almashtirishga to‘g‘ri kelardi. Buning oqibatida oshqozonim og‘rib, o‘zimni yomon his qila boshladim. Bunday operatsiyalar to‘g‘risida ko‘p eshitgandim, lekin ular  faqat xorijda va juda katta mablag‘ evaziga amalga oshirilardi. Bir kuni ommaviy axborot vositalari orqali  mamlakatimiz shifokorlari ham shunday operatsiyalarni o‘zimizda, O‘zbekistonda muvaffaqiyatli amalga oshirayotganidan xabar topdim.

...Muhabbat Olimxo‘jayevaning operatsiyasi muvaffaqiyatli o‘tib, ayanch­li kunlari ortda qoldi. Hozir o‘zini yaxshi his qilmoqda. Tez orada Muhabbat opa uyiga qaytadi. Uning bundan keyingi hayoti butunlay boshqacha bo‘lishiga ishonchi komil.

Mehribon MAMETOVA,

O‘zA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

So‘nggi yangiliklar: