O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
09.08.2016

TAJRIBA ALMASHISH DAVOM ETMOQDA

«Boshlang‘ich tashkilot partiya dasturiy maqsadlarini targib qiluvchi asosiy kuch hisoblanadi. Shuning uchun uning faoliyatini kuchaytirishga, a’zolarning fikr-mulohazalari, takliflari asosida ishlashga etibor beryapmiz. Elektorat vakillarining siyosiy-huquqiy bilimini oshirish uchun oquv-mashgulotlari, davra suhbatlari, deputatlar bilan uchrashuvlar tashkil etilyapti».

Tahririyatga Ozbekiston XDP Toshkent viloyat kengashi tashabbusi bilan Qibray tumanida Boshlangich tashkilotlar – partiyaning asosiy tayanchi mavzusi boyicha seminar-trening otkazilishi haqida xabar berildi. Bu tadbirda qanday fikr-mulohazalar bildirilishi bilan qiziqib yolga tushdik.

Bizni Qibray tuman kengashi raisi Gavhar Bekjanova kutib oldi. Viloyat kengashi masul xodimlari, Chirchiq shahar, Qibray, Bostonliq, Yuqori Chirchiq va Parkent tuman kengashlari raislari tadbirni namunali boshlangich tashkilotlar faoliyati bilan tanishishdan boshlaydigan bolishdi.

Qibray tuman kengashi raisi tumanda azolarimiz soni 1617 nafarga yetgani, 39 boshlangich partiya tashkilot faoliyat yuritayotgani haqida malumot berdi. Boshlangich tashkilotlar bilan hamkorlik va uning samaralari haqida toxtalib otdi.

Dastlab Dormon qishloq fuqarolar yiginiga kirib bordik. U yerda boshlangich tashkilotlar faoliyati bilan bogliq koplab savollarga javob oldik. Bu yerda boshlangich tashkilot azolari, hududdan saylangan deputatlar, partiya faollari haqida axborot burchagi tashkil etilgan.

— Boshlangich tashkilot partiya dasturiy maqsadlarini targib qiluvchi asosiy bogin hisoblanadi, deydi Vasila Mahmudova. Shuning uchun biz uning faoliyatini kuchaytirish, azolarning fikr-mulohazalari, takliflari asosida ishlashga etibor beryapmiz. Elektorat vakillarining siyosiy-huquqiy bilimini oshirish uchun oquv mashgulotlari, davra suhbatlari, deputatlar bilan uchrashuvlar tashkil etilyapti. Yana bir masalaga alohida toxtalmasak bolmaydi. Tadbirlarni ochiq va samimiy muloqot tarzida tashkil etyapmiz. Maqsadimiz faqat maruza oqish emas, balki elektorat muammolarini organish, ularni hal qilish boyicha partiya guruhlariga taklif kiritishdan iborat bolayapti.

Partiya faollaridan iborat guruh Baytqorgon mahalla fuqarolar yiginidagi hududiy tashkilot faoliyati bilan ham tanishdi. Aholi murojaatlari mazmuni, ularning natijasi haqida soz yuritildi.

Boshlangich tashkilotlar faoliyati kuchayishida tajriba va fikr almashish katta ahamiyatga ega. Bugun bir necha boshlangich partiya tashkilotlarida boldik. Ularning ishlarini kuzatdik. Yetakchilar, faollarimiz bilan suhbatlashdik. Togrisi, partiya faoli sifatida kop narsa organdim. Bu tadbirlar hammamizga foyda beradi, deb oylayman, deydi Yuqori Chirchiq tuman kengashi raisi Latifjon Mansurov biz bilan suhbatda.

Navbatdagi manzilimiz Farhod-Madad xususiy klinikasidagi boshlangich partiya tashkiloti boldi.

Tadbir davomida kamchiliklar togrisida ham fikr-mulohazalar bildirildi. Xususan, hududdagi boshlangich tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini yaxshilash kerakligi takidlandi.

Chirchiq shahar kengashi raisi Doniyor Azizxojayev, Yuqori Chirchiq tuman kengashi raisi orinbosari Yashin Ahmedov, xalq deputatlari Qibray tuman Kengashi deputati Farhod Mirahmedov va boshqalar boshlangich tashkilotlar faoliyatini yanada kuchaytirish yuzasidan oz takliflarini berishdi.

Elektorat bilan ishlashda zamonaviy texnologiyalardan keng foydalanish, yetakchilar malakasini oshirish, quyi boginni meyoriy hujjatlar bilan taminlash, elektorat manfaatlari himoyasiga qaratilgan tashabbuslarni qollab-quvvatlash masalalari yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqildi.

Tadbir yakunida faol yetakchilar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi. Shu tarzda bir kunlik seminar oz nihoyasiga yetdi.

Zaynura TOSHMURODOVA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: