O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
06.08.2016

OZGARISHLAR OZ EMAS,

lekin bugungi hayot yanada faollikni talab etmoqda

Andijon viloyatiga xizmat safariga borganimizda bir tanishim suhbat orasida partiya boshlang‘ich tashkilotlarining vazifasi nimalardan iboratligini sorab qoldi. Partiyaning dasturiy maqsadi, goyasi hamda olib borayotgan targibot ishlari kop jihatdan boshlangich tashkilotga bogliqligini tushuntirdim. Partiya a’zolari, elektorat vakillari siyosiy, huquqiy bilimini oshirishda ham quyi bogin faoliyati muhimligini aytdim. Tanishim boshlangich partiya tashkilotlari faoliyati bilan bogliq boshqa masalalarga ham qiziqdi. Unga yol-yoriq korsatdim va gazetamizning kelgusi sonlaridan birida Andijondagi boshlangich tashkilotlar haqida suhbat taqdim etamiz, dedim.

Vadaga muvofiq, Ozbekiston XDP Andijon viloyat kengashi boshlangich partiya tashkilotlari bilan ishlash sektori mudiri Sardor Qosimovga ayrim savollar bilan murojaat qildik.

— Siz rahbarlik qilayotgan sektor tashkil etilganidan buyon tizimda qanday yangiliklar joriy etildi, qanday ozgarishlar boldi?

Sektorimiz tuzilganiga kop vaqt otmagan bolsada, muayyan ishlarni amalga oshirdik, deb oylayman. Birinchi navbatda boshlangich tashkilotlar qaysi sohalarda tuzilganini organdik. 164 nafar deputatni ularga biriktirdik. Shu orqali deputatlar yetakchilar bilan doimiy aloqa yolga qoyildi. Bu quyi bogin faoliyatini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Joriy yilning mart oyida partiyamiz tashabbusi bilan bolib otgan respublika seminarida boshlangich partiya tashkilotlari xonalarida stendlar, yani axborot burchaklarini tashkil etish haqida muhim tavsiya va malumotlar olgandik. Boshlangich tashkilotlar faolligini oshirishda bu qol kelmoqda. Zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanilyapti. Partiya safiga qoshilish istagini bildiruvchilar faoliyatimiz haqida kengroq tushunchaga ega bolyapti. Sorovnomalar komputerda toldirilmoqda.

Ayni paytda viloyatimizda 870 boshlangich partiya tashkiloti tashkil etilgan. Ularga 32 ming nafardan ortiq azo birlashgan. Boshlangich partiya tashkilotlarining 525 tasi mahalla fuqarolar yiginlarida, 26 tasi ishlab chiqarish korxonalarida, 42 tasi qishloq xojaligi, 85 tasi xizmat korsatish sohasida, 101 tasi sogliqni saqlash muassasalarida va qolgan 91 tasi boshqa tashkilotlarda tuzilgan.

Tadbirlarni koproq quyi boginda tashkil etishga, azolar bilan yaqindan muloqotda bolishga harakat qilyapmiz. Ularda rasmiyatchilik, doimiy gaplardan qochishga urinyapmiz.

Elektorat manfaatlarini himoya qilishda boshlangich partiya tashkilotlarining ishtiroki nimalarda korinyapti?

Quyi bogin saylovchilar, elektorat vakillari bilan yonma-yon, hamnafas va hamfikr boladi. Demak, odamlarning kayfiyati, oy-hayollari ularga koproq ayon. Shuning uchun biz boshlangich tashkilotlar ishini jonlantirish, aholi bilan muloqotlar otkazishga etibor beryapmiz. Masalan, boshlangich partiya tashkilotlari bilan hamkorlikda Kochma jamoatchilik qabulxonalari muntazam tarzda tashkil etilyapti. Saylovchilar, partiyamiz azolari hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga tosiq bolayotgan masalalar yuzasidan deputatlar, mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga murojaat qilish imkoniga ega bolyapti. Hozirga qadar boshlangich partiya tashkilotlariga tushgan murojaatlar asosida 46 masala partiya guruhlari tomonidan organildi. Ularning aksariyati doimiy komissiya va sessiyalarga kiritildi. Bundan tashqari, 213 deputatlik sorovi yuborildi.

Korinib turibdiki, boshlangich partiya tashkilotlari faoliyatida sezilarli darajada ozgarishlar boldi. Bu azolarning faolligi oshgani, deputatlar masuliyati kuchayganida korinmoqda.

Biroq erishilgan natijalar yetarli emas, deb oylayman. Boshlangich partiya tashkilotlari uchun onlayn muloqotlar tashkil etilsa, maqsadga muvofiq bolar edi. Ana shunda hududlar ortasida doimiy tajriba almashinuvi yolga qoyiladi, yutuq va kamchiliklarimizni ochiq-oshkora muhokama qilish imkoni yuzaga keladi. Bu faoliyatimizni yanada kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Boshlangich partiya tashkiloti faoliyatini samarali yolga qoyishda yetakchining vazifasi nimalardan iborat, deb oylaysiz? Viloyat partiya kengashi yetakchilar faolligini oshirish boyicha qanday ishlar qilyapti?

Boshlangich partiya tashkiloti faoliyati samaradorligi kop jihatdan yetakchiga bogliq. Shu bois, yetakchilarni qollab-quvvatlashimiz, ular bilan muntazam ravishda turli interaktiv tadbirlar otkazib borishimiz lozim.

Shuningdek, yetakchilar uchun maxsus oquvlar, bahs-munozaralar tashkil etilishi kerak, deb oylayman. Ana shunda ular doim oqib, izlanadi.

Partiyamiz Markaziy Kengashi qarori bilan har oyning oxirgi shanbasida «Boshlangich partiya tashkilotlari kuni» otkazilmoqda. Biz unda Boshlangich partiya tashkiloti yetakchisi qanday bolishini istaysiz?, Faoliyatimizni kuchaytirish uchun eng yaxshi taklif, Etakchining majburiyatlari kabi mavzularda bahs-munozaralar uyushtiryapmiz. Erishilgan natijalarga tanqidiy baho berib, faoliyatimizni yanada takomillashtirish masalalarini muhokama qilib boryapmiz. Ishonamanki, safimizga kelib qoshilayotgan iqtidorli yoshlar, talabchan yetakchilar ishimizda katta burilish yasaydi.

Ozbekiston ovozi muxbiri

Zilola UBAYDULLAYEVA

suhbatlashdi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: