O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
04.08.2016

ODAM SAVDOSI DAVR MUAMMOSI

O‘zbekiston XDP Toshkent viloyat kengashi Orta Chirchiq tumanidagi sanoat kasb-hunar kollejida odam savdosiga qarshi kurashish ishlari samaradorligini oshirish maqsadida seminar otkazdi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi a’zolari, Toshkent viloyat IIB masul xodimlari, xalq deputatlari viloyat, tuman Kengashi deputatlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Seminarda odam savdosi jinoyatini sodir etganlik uchun javobgarlik, bunday turdagi jinoyatlarga imkoniyat yaratuvchi shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish, odam savdosidan jabrlanganlarga yordam korsatish borasidagi ishlarni takomillashtirish masalalari xususida soz yuritildi.

— Bunday mudhish jinoyatlar kelib chiqishining asosiy sabablaridan biri oson daromad topish ilinjidagi noqonuniy xatti-harakatlardir, deydi OzXDP Toshkent viloyat kengashi raisi Mehroj Darxonov. Qonunbuzarlik holatlarining oldini olishda hududiy komissiyalarning faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning nodavlat tashkilotlar, ayniqsa, mahallalar bilan hamkorligini yanada kuchaytirish muhim ahamiyatga ega.

Tadbirda mavzuga oid videorolik namoyish etildi. Munozaralar jarayonida xalqimiz tabiatiga mutlaqo yot bolgan holatlarga yol qoymaslik uchun yoshlar ortasida targibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish, ularga odam savdosi nafaqat jinoyat, balki insoniylik qiyofasini yoqotgan mahluqlar kirdikori ekanligini kengroq tushuntirish zarurligi alohida takidlandi.

Bugungi seminar jinoyatchilarning shirin soziga uchib, aldanib qolayotgan yoshlarga saboq bolishi kerak, deydi Yuqori Chirchiq axborot-servis kasb-hunar kolleji oquvchisi Gulchehra Tohirova. Bunday oquv-seminarlarning tashkil etilishi biz, yoshlarni ogohlikka chorlaydi.

Tadbirda odam savdosiga qarshi kurashish boyicha olib borilayotgan ishlar togrisida aholini keng xabardor qilish, shuningdek, ushbu sohadagi qonun hujjatlari targibotini kuchaytirish masalalari boyicha ham fikr almashildi.

Navroz SHODMONQULOV,

«Ozbekiston ovozi» muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: