O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
04.08.2016

YAPONIYA DELEGATSIYASINING TASHRIFI

O‘zbekiston Respublikasi bilan Yaponiya ortasida kop qirrali hamkorlik aloqalari izchil rivojlanib bormoqda.

Ikki mamlakatning madaniy-gumanitar sohadagi ozaro hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish va kengaytirish maqsadida 2016 yil 3 avgust kuni Yaponiya Bosh vaziri Shindzo Abening rafiqasi Akie Abe hamda yapon madaniyat va san’at namoyandalaridan iborat delegatsiya mamlakatimizga tashrif buyurdi.

Toshkent xalqaro aeroportida Yaponiya Bosh vazirining rafiqasi Akie Abeni Ozbekiston Respublikasi Prezidentining rafiqasi Tatyana Karimova kutib oldi.

Ozbekiston bilan Yaponiya ortasidagi munosabatlar Prezidentimizning 2002 yil iyul oyida Yaponiyaga rasmiy tashrifi chogida imzolangan Dostlik, strategik sheriklik va hamkorlik togrisidagi qoshma bayonot ruhida barqaror rivojlanib bormoqda. Davlatimiz rahbarining 2011 yil fevral oyida Yaponiyaga hamda Yaponiya Bosh vazirining 2015 yil oktabrda Ozbekistonga rasmiy tashriflari ozaro munosabatlarni yangi bosqichga kotardi.

Mamlakatlarimiz ortasidagi hamkorlikni mustahkamlashda madaniy-gumanitar aloqalar muhim ahamiyat kasb etmoqda. «Taraqqiyotga rasmiy yordam» dasturi doirasida hamda Yaponiya Xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) orqali ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sohalarda qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Yaponiyada Ozbekiston madaniyati va kinosi kunlari tashkil etilmoqda. Kunchiqar yurt ijodkorlari mamlakatimizda otkazilayotgan xalqaro anjumanlar, xususan, Sharq taronalari xalqaro musiqa festivalida faol qatnashib kelmoqda.

Tokioda buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiyga haykal ornatilgani, Toshkentda Yapon bogi tashkil etilgani, Ozbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi xalqaro madaniyat karvonsaroyiga yaponiyalik olim va musavvir Ikuo Xirayama nomi berilgani xalqlarimizning madaniy yaqinligi ifodasidir.

Delegatsiyaning tashrifi davomida Ikkinchi jahon urushi yillarida taqdir taqozosi bilan yurtimizga kelib qolgan yapon askarlari dafn etilgan xotira majmuasini ziyorat qilish, Ozbekiston Amaliy sanat muzeyi bilan tanishish, Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida Yaponiyaning Dram Tao ijodiy jamoasining konsert dasturi namoyish etilishi belgilangan.

OzA.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: