O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Yanvar 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
02.08.2016

MUSTAQILLIK BERGAN IMKONIYATLAR SAMARASI

Vatanimiz mustaqilligining yigirma besh yillik shodiyonalariga qizg‘in hozirlik korilayotgan shu kunlarda xalqimiz bosib otgan yolga nazar tashlar ekanmiz, bugungi farovon kunlar, ulkan yutuq va marralar zamirida Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida xalqimiz manfaatlari yolida uzoqni kozlab amalga oshirilayotgan izchil islohotlar va xalqimizning fidokorona mehnati mujassam ekani namoyon boladi.

Prezidentimizning joriy yil 2 iyundagi «Ozbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma besh yillik bayramiga tayyorgarlik korish va uni otkazish togrisida»gi qarorida ta’kidlanganidek, oldin tasavvur qilish ham mushkul bolgan bunday olamshumul natijalarning asosiy omilini, avvalambor, taraqqiyot yolimizda tosiq bolgan turli qiyinchilik, yetishmovchilik, ogir hamda mashaqqatli sinovlarni yengib otishda odamlarimiz, butun xalqimizning dunyoqarashi, mehnatga, hayotga munosabati ozgarib, ularning siyosiy ongi, ijtimoiy faolligi, yon-atrofdagi voqealarga daxldorlik hissi tobora kuchayib borayotganida korish mumkin.

Mustabid tuzum davrida iqtisodiyoti bir yoqlama rivojlangan, asosan, xomashyo yetkazib beruvchi agrar respublika hisoblangan Ozbekiston atigi chorak asrda barchaning havasu hayratiga sabab bolayotgan beqiyos ozgarish va yangilanishlarga erishdi. Chunonchi, mustaqillik yillarida mamlakatimiz iqtisodiyoti qariyb 6 barobar oshgani, unda sanoatning ulushi 34 foizga yetib, aholi jon boshiga togri keladigan real daromadlar 12 barobardan koproq ortgani, eksport tarkibida tayyor mahsulotlar hajmi 70 foizdan ziyodni tashkil etayotgani yol boshidayoq Prezidentimiz rahnamoligida har tomonlama puxta oylangan oqilona siyosat samarasidir.

MAMLAKATIMIZ SANOATINING BAYROQDORI

Mustaqillik sharofati va Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan keng kolamli islohotlar tufayli Ozbekiston bugungi kunda izchil taraqqiy etib borayotgan zamonaviy industrial mamlakatga aylandi. Buni Navoiy kon-metallurgiya kombinati erishgan ulkan muvaffaqiyatlar misolida ham yaqqol korish mumkin.

Kon-metallurgiya ishlari — murakkab soha. Bu kasb kishidan katta iroda, bardosh talab etadi. Mustaqillikning dastlabki yillarida Prezidentimizning konchilarga korsatgan etibori va gamxorligi soha fidoyilari oldiga qoyilgan vazifalarni yuqori darajada bajarishida doimo kuch va madad boldi. Ulkan ishlab chiqarish resurslariga ega kombinatda texnik va texnologik modernizatsiya jarayonlari jadal amalga oshirildi, natijada korxona jahon bozorida ham salmoqli orin egalladi.

Ozbekistonda aniqlangan qimmatbaho qazilma boyliklar zaxirasining 85 foizi Navoiy kon-metallurgiya kombinati hissasiga togri keladi. Shu bois kombinatni haqli ravishda mamlakatimiz iqtisodiyoti hamda yerosti boyliklari qazib olish sohasining bayroqdori, deyish mumkin.

BUGUNGI KOMBINAT KECHAGI ZAVOD EMAS

Malumki, mustabid tuzum davrida Qizilqumdan qazib olingan barcha boyliklar markazga tashib ketilardi. Otgan asrning 80-yillari oxiri va 90-yillar boshiga kelib kombinat moliyaviy jihatdan ogir ahvolga tushib qolgan, texnika va asbob-uskunalar manan eskirgan, konchilarning ertangi kunga ishonchi yoqolgan edi.

Prezidentimiz Islom Karimov 2015 yilda Navoiy viloyatiga tashrifi chogida Iqtisodiyotimiz lokomotivi bolgan Navoiy kon-metallurgiya kombinatini el-yurtimiz manfaatlari yolida ishlatish uchun mustaqillikning dastlabki yillarida ota ogir va murakkab davrda sizlar bilan birga qanday katta ishlarni amalga oshirganimizni, oylaymanki, kopchilik yaxshi biladi, deb takidladi.

Darhaqiqat, yurtimizda 90-yillar boshidagi turli iqtisodiy qiyinchiliklarga qaramasdan, davlatimiz rahbari kombinatning kelgusi istiqboli va rivojlanishiga alohida etibor qaratdi. Prezidentimiz tashabbusi bilan Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga yirik subsidiyalar ajratildi. Bu ishlab chiqarish hajmini sezilarli darajada kopaytirish, barcha bolinmalarni ilgor texnika va texnologiyalar bilan jihozlash, yangi korxonalarni ishga tushirish imkoniyatini yaratdi.

Mustaqillikning dastlabki yillaridagi moliyaviy qiyinchiliklarga qaramasdan, hukumatimizning 1992 yilda qabul qilgan Zarafshon-Uchquduq mintaqasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va NKMK korxonalari ishlarini barqarorlashtirishga yonaltirilgan qarori kombinat tarixida yangi davrni boshlab berdi. Ushbu hujjat asosida 1995 yilda Uchquduqda 3-gidrometallurgiya zavodi barpo etilgani va Kokpatas hamda Davgiztov konlari ishga tushirilgani konchilarga yanada kuch-gayrat bagishladi, ertangi kunga ishonchini oshirdi. Oltin madan konlarining birlashgan xomashyo bazasida 2008 yildan boshlab investitsion loyihalar asosida bir necha zamonaviy obyektlar qurildi. 3-gidrometallurgiya zavodida sulfidli madanlarni bakterial oksidlash usulida qayta ishlash texnologiyasining muvaffaqiyatli joriy etilishi kombinat muhandis-texniklarining katta yutugi hisoblanadi.

Markaziy kon boshqarmasida oltinni uyumda eritmaga otkazish majmuasi barpo etildi. Kombinat bolinmalarining portlovchi moddalarga bolgan talabini qondirish uchun Muruntov koni yonida emulsion portlovchi moddalar zavodi qurildi. Kombinat muhandislari 1994 yildan uranni yer ostida eritmaga otkazish usulida qazib olishning yangi texnologiyasini birinchi bolib amalda qolladi.

2002 yilda kombinatning Janubiy kon boshqarmasi tarkibiga Zarmitan va Marjonbuloq oltin qazib olish konlari kiritildi. 2010 yilda Samarqand viloyati Qoshrabot tumanida mustaqillik yillarida barpo etilgan ikkinchi yirik sanoat majmuasi 4-gidrometallurgiya zavodi ishga tushirildi. Ushbu zavod qurilishi bilan Zarmitan hududi infratuzilmasida ham katta ozgarishlar roy berdi. Yangi uy-joylar, madaniyat va sport inshootlari bunyod etildi.

Mustaqillikning dastlabki davridagi qiyinchiliklarga qaramasdan, Uchquduqda 3-, Qoshrabot tumanida 4-gidrometallurgiya zavodlari hamda Qizilqum fosforit majmualari barpo etilgani qator davlatlarning yuksak etirofiga sazovor boldi. Istiqlol shunday imkoniyatlar yaratib berdiki, bugungi kombinat eng zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan bolib, tashkiliy, ishlab chiqarish va samaradorligiga kora oldingisidan mutlaqo farq qiladi.

2011 yilda Muruntov konida quvvati boyicha jahonda yagona, unumdorligi soatiga 3000 tonna, qiyalik burchagi 37 gradus, kotarish balandligi 270 metrni tashkil etadigan tik-qiya konveyyeri (KNK-270)ning ishga tushirilishi kombinat hayotida muhim voqea boldi. KNK-270 majmuasi barpo etilgani konning janubi-sharqiy va sharqiy bortlaridagi zaxiralarini ochish boyicha kon ishlarini yanada jadallashtirishga xizmat qilmoqda. Amaldagi kon-texnikaviy vaziyat va konchilik ishlarining holatidan kelib chiqib, ochish sxemasining optimal varianti aniqlandi hamda Muruntov Mutenboy birlashgan konining chegaralariga tuzatishlar kiritildi. Bu konda ishlashning beshinchi navbati loyihasining iqtisodiy jihatdan samaradorligi chuqurlikni 950 metrgacha yetkazish imkonini beradi.

Kombinatning kon-transport jihozlari va texnikalarini modernizatsiya qilishga ham alohida etibor qaratilmoqda. Mustaqillik yillarida Muruntov karerida yuk kotarish quvvati 220 tonnagacha bolgan avtoagdargichlar, konchilik ishlab chiqarishini avtomatlashtirilgan texnologik tayyorlashning komputer tizimi, massivning geologik tuzilmasini saqlagan holda kop qatorli portlatishlar joriy etildi.

Mustaqillik yillarida Ozbekiston oltin ishlab chiqaruvchi davlatlarning dastlabki ontaligiga kirdi. Quvonarlisi, mamlakatimiz nafaqat qimmatbaho metallning ulkan konlariga ega, balki eng toza va yuqori sifatli oltin ishlab chiqarmoqda. 999.9 probali Qizilqum quymalari jahonning qimmatbaho metallar birjalarida Ozbekistonning ishonch yorligiga aylandi. Xususan, 1999 yilda nufuzli Tokio birjasi tomonidan Zarafshon oltiniga sifat sertifikati berilishi va dunyoning Oltin etaloni deb tan olinishi Prezidentimiz rahnamoligida sohaga qaratilayotgan alohida etibor samarasidir.

MODERNIZATSIYA VA YANGILANISHLAR SAMARALARI

Navoiy kon-metallurgiya kombinatini 2010-2015 yillarda zamonaviylashtirish, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash dasturiga muvofiq, umumiy qiymati 1 milliard 68 million 200 dollarga teng 29 loyiha amalga oshirildi.

Kombinat nafaqat oltin, kumush, uran kabi nodir metallar, balki xalq xojaligi uchun zarur mahsulotlar ham ishlab chiqarmoqda. Jumladan, 1998 yilda Qizilqum fosforit majmuasining foydalanishga topshirilishi bilan fosforit xomashyosini qazib olish va undan kimyo sohasida mineral ogitlarga qayta ishlanadigan fosfor konsentratini ishlab chiqarish ozlashtirildi. Prezidentimizning 2013 yil 23 maydagi Fosforit xomashyosini ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari togrisidagi qaroriga muvofiq, fosforit xomashyosini boyitish ishlari amalga oshirildi. Bu yuvilgan, pishirilgan fosforit konsentrati ishlab chiqarish quvvatini deyarli ikki barobar yiliga 400 ming tonnadan 716 ming tonnagacha oshirish imkonini berdi. Natijada fosfor xomashyosi ishlab chiqarish 1998 yilga nisbatan qariyb 10 barobar ortdi.

Kombinat bolinmalarida polivinilxlorid va polietilen quvurlar, suyuq shisha, temir sulfati, temir kuporosi, sulfat kislotalari ishlab chiqarish yolga qoyildi. Birgina Navoiy mashinasozlik zavodi ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan mahalliylashtirish dasturi asosida yiliga 140 milliard somlik turli mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Keyingi yillarda mazkur zavod kombinat ehtiyojlaridan tashqari mamlakatimizning qator yirik korxonalariga 60 dan ortiq turdagi import ornini bosadigan yuqori ehtiyojli mahsulotlar yetkazib bermoqda.

Navoiy kon-metallurgiya kombinati mahalliy ishlab chiqarish korxonalari bilan ozaro kooperatsiya aloqalarini yanada kengaytirmoqda. 1991 yilda mahalliy ishlab chiqaruvchilardan 6 milliard 300 million somlik mahsulot xarid qilingan bolsa, 2016 yilda Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi doirasida 686 milliard somlikdan ortiq import ornini bosadigan mahalliy mahsulotlar xarid qilish boyicha shartnomalar tuzildi.

INNOVATSIYA ISTIQBOLLARI

Prezidentimizning 2008 yil 15 iyuldagi Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni ragbatlantirish borasidagi qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi qarori ilm-fan yutuqlari va yangi texnologiyalarni amaliyotga joriy etishda muhim dasturilamal bolmoqda. Xususan, kombinatda keyingi yillarda ilmiy-tadqiqot ishlari va innovatsion loyihalar hajmi 2008 yildagi 1,3 milliard somdan 20 milliard somga yoki 15 barobar oshdi.

Kombinatda mahsulot tannarxini pasaytirish, sanoat xarajatlarini qisqartirish maqsadida samaradorligi yuqori va energiya tejamkor texnologiyalar bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. 2001 yildan boshlab umumiy ishlab chiqarish quvvati yiliga 2537 Gkal bolgan 1920 geliokollektor ornatildi. Bu korxonada yiliga 2 million 900 kVt.soat elektr energiyasi tejalishini taminlamoqda. 2019 yilga qadar yana umumiy maydoni 1357 m2, quvvati 730 ming kVt.soat bolgan 590 geliokollektor qurish kozda tutilgan.

Otgan yili geologiya-qidiruv partiyalarini elektr energiyasi bilan taminlaydigan ikkita fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi. Buning samarasida yiliga 40 ming kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarilayotir. 2017-2019 yillarda umumiy quvvati 3 MVt. bolgan fotoelektr stansiyalar joriy etish borasida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Kombinatning Dostlik agrofirmasida 2013 yildan buyon biogaz qurilmalari ishlab chiqish va joriy etish yolga qoyildi va bu yiliga 210 ming metr kub biogaz ishlab chiqarish imkonini berayotir.

Shimoliy kon boshqarmasida ikkilamchi pardan foydalangan holda elektr energiyasi ishlab chiqarish loyihasi doirasida quvvati 6 MVt.soat bolgan bug turbinasi ishga tushirilishi tufayli atmosferaga chiqarib yuborilgan ortiqcha issiqlik energiyasidan (pardan) foydalangan holda elektr energiyasi ishlab chiqarish yolga qoyildi va bu yiliga 6-7 milliard somga yaqin foyda keltiradi.

Kombinat mamlakatimizdagi koplab ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy oquv yurtlari bilan yangi texnologiyalarni joriy etish boyicha qator loyihalarni amalga oshirmoqda. Germaniya, Shvetsiya, Rossiya va boshqa davlatlar bilan yaqin ilmiy hamkorlik yolga qoyilgan. Bu fundamental, amaliy, innovatsion tadqiqotlarni jadal olib borish, ularni amaliyotga joriy etish, pirovardida fan va ishlab chiqarishning ozaro uygunligini taminlashga xizmat qilmoqda.

KOMBINATNING ENG KATTA BOYLIGI

Bugungi kunda kombinatda qariyb 60 ming ishchi-xizmatchi mehnat qilmoqda. Rahbar va mutaxassislarning 2 nafari fan doktori, 33 nafari fan nomzodidir. Barcha obyektlarni malakali yosh mutaxassislar va yuqori malakali ishchi-xodimlar bilan taminlash, kadrlar tayyorlash doimiy etiborda bolib kelmoqda.

Prezidentimiz rahnamoligida oliy oquv yurtlarining ilmiy salohiyati va nufuzini oshirish, moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, talim sifatini yuksak xalqaro talablar darajasiga kotarish, talabalarning ozlari qiziqqan sohada oqib izlanishi uchun zamonaviy sharoitlar yaratishga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Navoiy davlat konchilik instituti ham konchilik, metallurgiya, elektr energetikasi, kon elektromexanikasi kabi yonalishlar boyicha kombinatga malakali kadrlar tayyorlab beradigan dargohlardan biridir. Institutning ikki ming oringa ega zamonaviy yangi oquv binolari qurilishi yakunlandi. Ishonch bilan aytish mumkinki, yaqin kelajakda institutda nafaqat farzandlarimiz, balki xorijlik yoshlar ham tahsil oladi. Boshqacha aytganda, endi bizning yoshlarimiz ilm istab ozga yurtlarga bormaydi, aksincha, chet ellik yoshlar Ozbekistonga oqish, organish uchun keladi.

FAROVON HAYOT YUKSALISHLAR BELGISI

Xalqimiz duoga qol ochar ekan, avallo, tinchlik, salomatlik va farzandlari kamoli, baxtini tilaydi. Prezidentimiz rahnamoligida Islohot islohot uchun emas, avvalo, inson uchun, uning manfaatlari uchun degan tamoyil asosidagi mustaqil taraqqiyot yolimizning samarasi bugungi kunda hayotimizning har jabhasida oz ifodasini topmoqda.

Kombinat ishchi-xodimlarining yashash sharoitlarini yanada yaxshilash maqsadida Zarafshon shahrida 36, Uchquduq tumanida 12 kop xonadonli, Zafarobodda 10 obodonlashtirilgan kottejlar va yosh mutaxassislar uchun yotoqxona, Zarkentda 8 kop xonadonli uy hamda 4 yotoqxona qurildi. Qariyb 900 nafar ishchi-xodim qishloq joylarida namunaviy loyihadagi turar joylarga ega boldi. Zarafshon, Uchquduq, Nurobod va Marjonbuloq shaharlarida sport majmualari, madaniyat muassasalari qad rostladi.

Soglom ona va bola yili Davlat dasturi ijrosi doirasida hamda Vatanimiz mustaqilligining 25 yilligi arafasida kombinatga qarashli Qoshrabot tumanining Zarkent posyolkasida bolalar akvaparki va 44 xonadonli turar joy, Metallurg profilaktoriyasining davolash korpusi, Nuroboddagi balneologik profilaktoriya, Farhod madaniyat saroyining xoreografiya zallari foydalanishga topshiriladi. Joriy yilda Zarafshon shahridagi 3-tibbiy-sanitariya qismi bazasida zamonaviy jihozlangan Ona va bola mintaqaviy skring-markazini barpo etish rejalashtirilgan.

Mustaqillik yillarida Chorvoq suv ombori qirgogida Pahlavon sport-soglomlashtirish oromgohi foydalanishga topshirilgani kombinat ishchi-xizmatchilari farzandlarining soglom ulgayishiga xizmat qilmoqda. Metallurg, Shaxtyor sanatoriy-profilaktoriyalari, Zarafshon pansionati va Todakol dam olish bazasida zamonaviy sharoitlar yaratilgan.

Kombinat xodimlarini sifatli qishloq xojaligi va oziq-ovqat mahsulotlari bilan taminlash uchun Karmana tumani hamda Zarafshon shahrida tuxum va gosht yonalishidagi parrandachilik fabrikalari faoliyat korsatmoqda. Nurota tumanida 100 gektar maydonda intensiv bog yaratildi. Jizzax viloyatining Zomin tumanida 1600 gektar yerda poliz va sabzavot mahsulotlari yetishtirilmoqda.

ERTANGI KUNGA YUKSAK ISHONCH BILAN

Istiqlol yillarida boy mineral-xomashyo bazasi, yuqori malakali mutaxassislar mavjudligi, murakkab sharoitda ham konlarni ozlashtirishda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish Navoiy kon-metallurgiya kombinati faoliyati samaradorligini oshirish, uning orni va ahamiyatini nafaqat Ozbekiston iqtisodiyoti, balki jahonning yirik kon-metallurgiya kompaniyalari orasida ham yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamoasi bunday ulkan yutuqlarga Prezidentimiz Islom Karimovning doimiy etibori va har tomonlama qollab-quvvatlashi tufayli erishmoqda. Otgan chorak asr davomida Navoiy kon-metallurgiya kombinatida ishlab chiqarishni rivojlantirish, eng ilgor texnologiyalarni joriy etish, ishchi-xodimlar va ularning oila azolari tinch, farovon va ertangi kunga katta ishonch bilan yashashi, mehnat qilishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilmoqda.

Quvondiq SANAQULOV,

Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh direktori,

Ozbekiston Qahramoni.

OzA.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: