O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
28.07.2016

ELEKTORAT VAKILLARI BILAN MULOQOT

Andijon viloyatida ham «Kuchli ijtimoiy himoya — asosiy maqsadimiz» aksiyasi yuzasidan turkum tadbirlar tashkil etilmoqda. O‘zXDP Andijon shahar kengashi partiya faollari, deputatlar, hamkor tashkilotlar ishtirokida yolgiz keksalar, boquvchisini yoqotgan oilalarga borib, ularning holidan xabar oldi, samimiy suhbatlar otkazdi.

Aytish kerakki, uchrashuvlar davomida elektoratimiz vakillariga partiya dasturiy maqsadlari tushuntirilib, fuqarolarni oylantirayotgan masalalar muhokama qilinmoqda. Ularning xohish-istaklari, kelgusi rejalari bilan yaqindan tanishish imkoni yuzaga kelyapti.

Andijon shahridagi Muhabbatxon Alimova, Zoya Vizaylinova, Mahmudaxon Valiyevaning uylari orasta, hovlilar gulu rayhonga burkangan. Qizigi shuki, uy bekalarining hech biri bekor otirmas, biror-bir hunar yoki uy yumushlari bilan band edi. Vaqtini foydali ishga sarflayotgan xonadon egalari deputatlarga turli savollar bilan murojaat qilishdi. Tashriflar chogida ular bankdan imtiyozli kredit olish, farzandini yangi nogironlik aravachasi bilan ta’minlash masalasida yordam soradi. Har bir murojaat deputatlar nazoratiga olindi.

Shu kuni yana koplab hamyurtlarimiz xonadonlariga borildi. Ularni kirib kelayotgan eng ulug, eng aziz bayramimiz bilan tabriklab, sovga-salomlar topshirildi.

Ahmadillo SOLIYEV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: