O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
28.07.2016

HAYAJONLI DAMLAR YAQIN

«Yosh siyosatchi — 2016» ko‘rik-tanlovining respublika bosqichiga qizgin tayyorgarlik korilmoqda

Yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlash, iqtidorli yigit-qizlarni qollab-quvvatlash maqsadida partiyamiz Istiqbol yoshlar qanoti tomonidan 2008 yildan buyon otkazib kelinayotgan Yosh siyosatchi korik-tanloviga qiziquvchilar safi yildan-yilga kengayib bormoqda. Men vatanim ravnaqiga hissa qoshishni xohlayman degan shior yoshlarni birlashtirmoqda.

2014 yildan korik-tanlov 4 bosqichda, ya’ni birinchi boshlangich tashkilotlar, ikkinchi shahar va tuman, uchinchi viloyat hamda oxirgi respublika bosqichi tarzda otkazilyapti. Buning natijasida boshlangich tashkilotlar bilan yanada samarali hamkorlikni taminlash, aholi orasiga chuqurroq kirib borish, ularning taklif va mulohazalarini organish, shuningdek, safimizni yanada kengaytirish imkoni oshdi.

Yosh siyosatchi 2016 korik-tanlovida ishtirok etish istagi bildirilgan 19500 dan ziyod ariza qabul qilindi. Qatnashchilar safida Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti, Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sohiblari borligi ham tanlovning yildan-yilga nufuzi ortib borayotganidan dalolat beradi. Saralash bosqichlarida 100 dan ortiq yoshlar partiya safiga qabul qilindi.

Aytish mumkinki, Jizzax, Qoraqalpogiston respublika, Fargona, Xorazm, Andijon, Namangan, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyat partiya kengashlari tanlovni kotarinki ruh va yuqori saviyada tashkil etdi.

Yana bir quvonarli jihati, Xorazm viloyat kengashi Yosh siyosatchilar klubi faoli Bayrambek Abdullayev hamda Yunusobod tuman bosqichi ishtirokchisi Jasurbek Asqarov tomonidan Yosh siyosatchilar klubining veb-sayti taqdim etildi. Bu klub yoshlari uchun chinakam sovga boldi.

Elnurbek KARIMOV, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali talabasi:

Tanlovda birinchi bor ishtirok etdim. Viloyat partiya kengashi tomonidan otkazilgan tadbirda Yosh siyosatchi haqida eshitdim va unda qatnashish istagi paydo boldi. Birinchi, ikkinchi bosqichlarda golib bolib, viloyat bosqichida qatnashish huquqini qolga kiritdim.

Viloyat birinchiligiga tayyorgarlik korish jarayonida koplab malumotlarga ega boldim. Ozimda siyosiy bilim, madaniyat, notiqlik mahorati oshganini sezdim. Mamlakatimizda qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini organdim.

Hozir respublika bosqichiga qizgin tayyorgarlik koryapman. Oylaymanki, unda munosib qatnashaman va ota-onamning ishonchini oqlash uchun bor imkoniyatimni ishga solaman.

Dilmurod USMONOV, Xalqaobod pedagogika kolleji oqituvchisi:

Yosh siyosatchi tanlovida ikkinchi marta ishtirok etishim. Otgan yilgi xatolardan xulosa chiqarib, bu yil puxta tayyorlandim va viloyat bosqichida goliblikni qolga kiritdim. Loyiha taqdimoti sharti orqali oz hududimdagi muammolarni organish, ochib berishga harakat qildim. Tumanimizdagi Uchqizil koli atrofini obodonlashtirish, bu yerda turizmni rivojlantirishga qaratilgan loyihamga hakamlar hayati tomonidan katta qiziqish bildirildi. Men bundan xursandman.

Mohidil QURBONOVA, Fargona shahar sanat kolleji oquvchisi:

Biz, yoshlar kelajakda yetuk siyosatchi bolishimiz, yuksak marralarni egallashimizda mana shunday korik-tanlovlarning orni va ahamiyati katta, deb oylayman. Respublika bosqichida goliblar safidan joy olish niyatidaman. Kelajakda yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qoshadigan, xalq manfaatlarini himoya qilishda faollik korsatadigan deputat bolishni istayman.

Bayrambek ABDULLAYEV, Xorazm viloyat partiya kengashi Yosh siyosatchilar klubi faoli:

Bu yilgi ishtirokchilarni korib, havasim keldi. Menda ham ushbu tanlovda qatnashib, golib bolish istagi tugildi. Tanlov shartlari bolajak yosh siyosatchilarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy faolligini oshirishga xizmat qiladi. Ayniqsa, Loyiha taqdimoti sharti yoqdi. Unga tayyorgarlik korish davomida hududimizdagi muammolarni atroflicha organish hamda takliflar ishlab chiqish imkoniga ega bolamiz.

Sunnatilla BOZORBOYEV,

Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi bosh referenti.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: