O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
26.07.2016

DEPUTATLARIMIZ TASHABBUSI ASOSIDA

ijtimoiy himoya bilan bog‘liq masala tuman Kengashi sessiyasida korib chiqildi

Ish bilan bandlik, daromadga ega bolish, sifatli tibbiy xizmatdan foydalanish, shu bilan birga, pensiya va ijtimoiy nafaqalar bilan ta’minlanish... Bularning barchasi odamlar yaxshi yashashi, hayotdan rozi bolishi, turmush obodligi uchun nihoyatda zarur, albatta.

Mamlakatimizda aholini ijtimoiy himoya qilish, komakka muhtoj kishilarni har jihatdan qollab-quvvatlashga katta etibor qaratilayapti. Bu borada qator qonunlar, qarorlar qabul qilinayapti, davlat dasturlari amalga oshirilmoqda. Bu esa har bir fuqaro davlatimiz tomonidan korsatilayotgan gamxorlik va yaratilgan shart-sharoitlardan bahramand bolishiga xizmat qilmoqda.

Eng muhimi, shu tariqa odamlarimizning hayotga munosabati ozgarib, yaxshi yashashga intilishi kuchayib borayapti.

Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni oz elektorati, deb biladi. Shu bois, partiyamiz tomonidan kam taminlangan, boquvchisini yoqotgan, yolgiz keksa, jismoniy imkoniyati cheklangan kishilar manfaatlarini himoya qilish, ularga davlat tomonidan ajratilayotgan mablaglarning manzilliligini oshirish masalasiga alohida etibor berib kelinmoqda.

Yaqinda xalq deputatlari Jarqorgon tuman Kengashidagi OzXDP guruhi azolari bu borada ozini-ozi boshqarish organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni nazorat-tahlil tartibida organib chiqishdi.

Deputatlarning aytishicha, tumanda otgan yili kam taminlangan 236 nafar oilaga 302622,0 ming som miqdorida moddiy yordam tayinlangan.

Shuningdek, hukumat qarorlariga asosan tumandagi 2445 nafar 14 yoshgacha bolasi bor oilalarga 2225 603,0 ming som, 3473 nafar 2 yoshgacha bolali onalarga 7 329620,0 ming som nafaqa tayinlangan va tolangan.

2015 yil davomida tumandagi 65 mahalla fuqarolar yiginlarida tashkil etilgan nafaqa tayinlash komissiyalariga 329 nafar fuqaro murojaat qilgan. Shundan 289 nafariga nafaqa tayinlanib, 302 621,5 ming somlik moddiy yordam tolab berilgan.

— Odamlarning turmush tarzi, kayfiyati, amalga oshirilayotgan islohotlarga munosabati qanday bolishi, avvalo, ular qay darajada ijtimoiy himoyalanganligi bilan bevosita bogliq, deydi xalq deputatlari Jargorgon tuman Kengashidagi OzXDP guruhi rahbari Shukur Bozorov. Organish davomida malum boldiki, tumanda kam taminlangan oilalarni ijtimoiy qollab-quvvatlash, yolgiz keksalar, pensioner va nogironlarni himoya qilish ishlariga alohida etibor qaratilmoqda.

Xususan, «Minor» qishloq fuqarolar yiginida bu borada muayyan ishlar olib borilgan.

Urush qatnashchilari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan shaxslarning jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soliqlari boyicha 651 nafar fuqaroga 35398,5 ming som miqdorida imtiyoz berilgan.

Jismoniy shaxslardan olinadigan yer soliqlari boyicha ham Ozbekiston Respublikasi Soliq kodeksining tegishli bandlariga asosan imtiyozlar berilmoqda.

Partiyamiz Jamoatchilik qabulxonasiga pensiya va ijtimoiy nafaqalar boyicha huquqiy maslahat sorab murojaat qiluvchilar kopchilikni tashkil etmoqda. Demak, biz yoshlarimizga, xalqimizga bu boradagi keng kolamli islohotlarning samarasi haqida doimiy ravishda tushuntirish ishlarini olib borishimiz, aholining ijtimoiy himoyasi bilan bogliq mablaglarning aniq va togri taqsimlanishi boyicha deputatlik nazoratini izchil yolga qoyishimiz kerak, deb oylayman.

Oylik ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar miqdori osishi odamlarning hayotidan rozi bolib yashashiga xizmat qiladi, deydi xalq deputatlari Jarqorgon tuman Kengashidagi OzXDP guruhi azosi Anvar Rajabov. Organish davomida malum boldiki, aholini manzilli ijtimoiy himoya qilishda ayrim kamchiliklar uchrab turibdi. Masalan, kam taminlangan oilalarni qollab-quvvatlash jarayonlarida yechimini kutayotgan muammolar, foydalanilmayotgan imkoniyatlar mavjud. Aholining turmush darajasini bosqichma-bosqich oshirib borish davlatimiz siyosatining eng ustuvor yonalishidir. Demak, ijtimoiy himoya bilan bogliq ishlarga befarq qarashga hech birimizning haqqimiz yoq.

Yana bir masala. Organish paytida ayrim hududlarda kam taminlangan oila azolariga qonun talablari darajasida tibbiy xizmat korsatilmayotgani malum boldi.

Fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlarida toplangan ijobiy ish tajribasini yanada ommalashtirish kerak, deb oylayman.

Sessiyada mutasaddi tashkilotlar vakillariga xato va kamchiliklar boyicha oz savollarimizni berdik. Masala har tomonlama chuqur tahlil qilindi, puxta takliflar aytildi. Shular asosida sessiya qarori qabul qilindi.

Unda Jarqorgon tuman hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boyicha orinbosari, Bandlikka komaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi, Moliya bolimi, Mahalla xayriya jamoat fondi tuman bolimi hamda qishloq fuqarolar yiginlari rahbarlariga kam taminlangan oilalarni ijtimoiy qollab-quvvatlash boyicha olib borilayotgan ishlarni yanada yaxshilash, tegishli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va uni amalga oshirish vazifasi yuklatildi.

Kezi kelganda, ijtimoiy masalalarni organish, yuzaga kelgan ayrim kamchiliklarni kengashib hal qilish, hududlardagi islohotlar masuliyatini oz zimmasiga olish boyicha deputatlar, mahalliy hokimliklar faolligi oshayotganini, ular ortasida hamjihatlik kuchayayotganini alohida takidlashni istardik. Albatta, maslahat, mulohaza va takliflar asosida ish tutilgan joyda har qanday katta-kichik muammo hal etiladi, hududda ozgarish, taraqqiyot boladi. Xalqimiz ishonch bildirgan demokratik islohotlar hayotiy samaralar beradi.

Laziza SHEROVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: