O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
23.07.2016

LATVIYA: SOTSIAL-DEMOKRATLAR YETAKCHILIK QILMOQDA

Latviya Yevropa ittifoqidagi yagona palatali parlamentga ega davlatlardan biridir. Ushbu mamlakatda so‘nggi parlament saylovi 2014 yil 4 oktabrda bolib otgan edi. Unda jami 13 siyosiy partiya ishtirok etdi. Saylov natijalariga kora, parlamentdan eng kop — 24 orinni «Kelishuv» partiyasi qolga kiritib, galaba qozondi. Ikkinchi orin 23 mandat bilan Birlik partiyasiga nasib etdi. Yashillar va Dehqonlar ittifoqi esa 21 orin bilan uchinchi natijani qolga kiritdi.

Sotsial goyalarni ilgari suradigan Kelishuv partiyasi 2010 yilda tashkil etilgan bolishiga qaramasdan, hozir mamlakatda katta obro-e’tiborga egadir. Nil Ushakov yetakchiligida ushbu partiya jamiyatning koplab sohalariga yangiliklar kiritmoqda. Xususan, aholini ijtimoiy himoya qilish, yangi ish orinlari yaratish, tibbiyot sohasini isloh etish boyicha qator tashabbuslar bilan chiqdi. Saylovlarda galaba qozonishiga ham aynan ushbu omillar tasir etgani takidlandi.

Mamlakat qonunchiligiga kora, saylovgacha 21 yoshga tolgan fuqaro deputat etib saylanishi mumkin. Seym parlament 100 nafar deputatdan iborat. Davlat boshligi, yani Prezident parlament tomonidan saylanadi. U tort yil muddat faoliyat korsatadi. Latviyada songgi Prezident saylovi 2015 yilda otkazilgan edi.

Parlamentda umumiy, teng, togridan-togri, yashirin hamda proporsional saylov tizimi asosida tort yil muddatga saylanadigan deputatlar faoliyat yuritadi.

Mamlakatdagi yana bir yirik partiyalardan biri Birlik hisoblanadi. 2010 yildagi parlament saylovi natijalariga kora, ushbu siyosiy partiya 33 deputatlik ornini qolga kiritib, yaqqol yetakchi bolgandi. Ammo keyingi saylovda peshqadamlik qila olmadi. Joriy yildan boshlab partiyaga Andris Piyebalgs boshchilik qilib kelmoqda. U partiya goyalarini yangi va hayotiy takliflar bilan boyitib bormoqda.

Latviyada joriy etilgan tartibga etibor qiladigan bolsak, parlament majlislari Riga shahrida otkaziladi va unga Seym raisi boshchilik qiladi. Seym rais, ikki orinbosar hamda kotibdan iborat ozining prezidiumini saylaydi. 2014 yildan buyon Inara MurniyetseSeym raisi lavozimida faoliyat korsatib kelmoqda.

Parlament majlislari latish tilida olib boriladi. Seym yigilishi ochiq-oshkora tarzda bolib otadi. Prezident, hukumat rahbari hamda yigilishda hozir bolgan deputatlarning kamida uchdan ikki qismi tashabbusi bilan yopiq majlislar ham otkazilishi mumkin. Parlament majlislari deputatlarning kamida yarmi qatnashganda otkaziladi.

Latviya parlamentiga muhim demokratik vakolatlar berilgan. Misol uchun, Seym Bosh vazir yoki vazirlarga sorov yuborish huquqiga ega. Qonunga kora, bunday sorovlarga oz vaqtida javob qaytarilishi shart. Parlament yoki uning komissiyasi talab qilganida hukumat rahbari, vazirlar tegishli hujjatlarni taqdim etishi lozim.

Latviyadagi yana bir siyosiy kuch Yashillar partiyasi hisoblanadi. Ushbu partiyaning goyalarida asosiy etibor tabiatni muhofaza qilish, fuqarolarning ekologik madaniyatini oshirish bilan bogliq masalalarga qaratilgan.

Ushbu davlatda fuqarolar saylovlarda faol ishtirok etadi. Buni mutaxassislar mamlakatda izchil amalga oshirayotgan demokratik islohotlar hayotiy samaralar berayotgani bilan izohlashmoqda.

Umuman, bugun Latviya taraqqiyotida siyosiy partiyalar muhim orin tutadi. Garchi goyasi, tanlagan yoli bir-biridan farqlansa-da, siyosiy partiyalar umumdavlat, umumxalq manfaatlarini ozida ifoda etadi.

Internet materiallari asosida

Nurali ORIPOV tayyorladi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: