O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
19.07.2016

MUROJAATLAR ETIBORSIZ QOLMAYDI

Metroda ketayotib, ikki ayolning berilib suhbatlashayotganiga guvoh bo‘ldim. Ularni oylantirayotgan masalaning yechimi qanday bolishiga qiziqib, men ham suhbatga qoshildim.

Ozini Shahodat Inogomova deb tanishtirgan ayolning aytishiga qaraganda, akasi uy-joyini kichik nabirasiga meros qilib qoldirmoqchi bolibdi. Buni eshitgan farzandlari bizning ham bu uyda haqqimiz bor, deya oz ulushini talab qilib, merosni hammaga teng taqsimlab berishni sorayotgan ekan.

Qiziqishim kuchayib men ham Shahodat opaga qoshilib, Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi Olmazor tuman kengashi qoshidagi Jamoatchilik qabulxonasiga bordim. Shu bahonada qabulxona faoliyatini bevosita kuzatib, organdim.

Murojaatni tinglagach, OzXDP Olmazor tuman kengashi raisi Kamoliddin Akromov bizni 11-son notarial idora tomon boshladi. Kamoliddin akaning aytishiga kora, bu yuridik idora haftada ikki marotaba partiya Jamoatchilik qabulxonasiga amaliy, huquqiy bepul yordam korsatadi. Huquqshunos Rahima Jorayeva murojaat boyicha huquqiy maslahat berdi. Shu tarzda elektorat vakilini oylantirgan savolga javob topildi.

Qabulxonaga murojaat qiluvchi fuqarolar kam emas. Ma’lumotlarga kora, joriy yilning yarmida bu yerga 37 murojaat kelib tushgan. Ularning aksariyati pensiya taminoti, kasb-hunar kolleji bitiruvchilarini ish bilan taminlash, bolalarni bogchalarga joylash, kommunal soha, kredit olish hamda tumandagi ichki yollarni tamirlash kabi masalalar bilan bogliq.

Har bir murojaat partiya faollari va deputatlar tomonidan puxta organilib, ularning aksariyati tegishli idora va tashkilotlar yordamida hal etilibdi, qolganlariga yuridik maslahatlar berilmoqda.

— Tuman hududidagi bazi bir kochalarda yoritish moslamalari yoqligi aholiga noqulayliklar tugdirib kelayotgan edi, deydi Kamoliddin Akromov. «Taraqqiyot», Sebzor mahallalarida yashovchi bir guruh fuqarolar shu masala boyicha murojaat qildi. Murojaatni yechish uchun deputatlarni jalb qildik. Tegishli tashkilotlarga deputatlik sorovlari jonatildi. Eng muhimi, intilishlarimiz besamar ketmadi. Bugun bu mahallalardagi kochalar yoritish moslamalari bilan taminlandi.

Partiyaning ishi qachon korinadi? Qachonki, partiya tashkiloti va deputat bir yoqadan bosh chiqarib ishlasa. Olmazor tuman kengashi murojaatlarni hal etishda bu boradagi imkoniyatlardan toliq foydalanishga harakat qilayotganiga guvoh boldik.

Masalan, yaqinda tumanda istiqomat qiluvchi Matluba Tohirova sogligini tiklash masalasida murojaat bilan kelgan. Tuman partiya kengashi komagi bilan unga zarur bepul tibbiy yordam korsatilgan. Bunday misollarni koplab keltirish mumkin.

Tumanda 58 mahalla bor. Bir oyda ikki marotaba hududlarda deputatlar bilan uchrashuv tashkil etiladi. Ahamiyatli jihati, partiya vakillari qabulxonaga kim, qachon murojaat qiladi, deb kutib turishmayapti. Deputatlar bilan birga saylov okruglariga chiqib, kochma Jamoatchilik qabulxonasi tashkil etilyapti.

Yaqinda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, partiyamiz fraksiyasi azosi Shuhrat Mamajonov tumanimizda boldi, deydi tuman partiya kengashi raisi orinbosari Mirzohid Jorayev. Partiya tashkilotlari hamkorligida kochma Jamoatchilik qabulxonasi tashkil etildi. Ikki kun davomida tuman kengashimizda parlamentdagi vakilimiz fuqarolarni qabul qildi. Mahallamiz ahli bilan bevosita muloqotda boldi. Qator murojaatlar tushdi. Hozir deputat va partiya tashkiloti ularni yechish boyicha ish olib bormoqda.

Yuqoridagi fikrlar va misollardan korinib turibdiki, bugun Jamoatchilik qabulxonalari faoliyati elektorat bilan ishlashning samarali vositalaridan biri sifatida tobora takomillashmoqda. Murojaatlarni oz vaqtida korib chiqish va organish, odamlarga yordam berish orqali keng jamoatchilik bilan aloqa ornatilyapti, joylarda yuzaga kelayotgan muammolar bartaraf etilyapti.

Zaynura TOSHMURODOVA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: