O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
16.07.2016

BOSHLANGICH TASHKILOT PARTIYA TAYANCHI

Siyosiy partiyaning xalq orasiga chuqur kirib borishi, nufuzi mustahkamlanishi ko‘p jihatdan boshlangich tashkilotlar faoliyati qay darajada yolga qoyilganiga bogliq. Quyi bogin ishi togri va tizimli tashkil etilsa, partiya siyosiy kuch sifatida ozini toliq namoyon etadi.

Boshlangich tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish va kuchaytirish uchun nimalarga koproq e’tibor qaratmoq zarur? Boshlangich tashkilotning asosiy vazifalari nimalardan iborat, deb oylaysiz?

Bugundan boshlab ushbu savollar atrofida bahs yuritamiz, boshlangich partiya tashkilotlari yetakchilari, partiya kengashlari raislari hamda masul xodimlari, deputatlarimiz fikr-mulohazalarini yoritib boramiz.

Sayfiddin QURBONOV, OzXDP Surxondaryo viloyat kengashi Boshlangich tashkilotlar bilan ishlash sektori mudiri:

— Bugungi kunda Surxondaryo viloyatida OzXDPning 768 boshlangich tashkiloti faoliyat yuritmoqda. Ularda 35 ming nafardan ortiq partiyamiz azosi bor.

Biz quyi tashkilotlar faoliyatini zamon talablariga mos ravishda tashkil etish uchun avvalo, yetakchilarning siyosiy-huquqiy salohiyatini yuksaltirish, ilgor boshlangich tashkilotlarni ragbatlantirishga etibor qaratayapmiz.

Joriy yilning shu davriga qadar boshlangich tashkilotlarda 50 dan ortiq tadbir, xususan, siyosiy-fuqarolik marifati tizimida oquvlar, davra suhbati va seminar-treninglar tashkil etildi. Ularga huquqshunos, siyosatshunos va boshqa mutaxassislarni koproq jalb etishga ahamiyat berdik. Quyi bogindagi tadbirlar doirasida elektorat vakillari bilan muhim mavzularda fikr almashildi.

Hozirgi kunda Termiz shahridagi «Termizneftbaza» unitar korxonasi, Qishloq qurilish bank muassasasi, Tuproqqorgon mahalla fuqarolar yiginidagi hududiy boshlangich partiya tashkilotlari ish tajribasini ommalashtirishga harakat qilyapmiz.

Menimcha, quyi bogin faoliyatini kuchaytirish uchun birinchi navbatda ularga amaliy yordam korsatishimiz, birorta boshlangich tashkilotni etibordan chetda qoldirmasligimiz lozim. Boshlangich tashkilotlar tomonidan kotarilayotgan har bir taklifni qollab-quvvatlash talab etiladi. Partiya tashkilotlari, deputatlar ularni chuqur tahlil etib, hayotga tatbiq qilish uchun kurashishi kerak. Tashabbusi amalga oshayotganini, qollab-quvvatlanayotganini korgan kishining esa faolligi, ijtimoiy masuliyati yanada ortadi.

Nigora MATIYEVA, Chilonzor tumani 39-oilaviy poliklinikadagi OzXDP boshlangich tashkiloti yetakchisi:

Shifoxonamizda partiyamiz azolari 50 nafarga yaqinlashdi. Partiya goyalarini targib etish borasida oziga xos tajriba topladik. Shifoxonamizda boshlangich partiya tashkilotining burchagi bor. U yerda zarur siyosiy-huquqiy adabiyotlar, partiyamiz dasturi va Saylovoldi dasturi hamda faoliyatimiz haqida malumotlar jamlangan.

Biz boshlangich partiya tashkiloti vazifalarini aniq belgilab olganmiz. Birinchi ishimiz partiyamiz goyalarini targib etish, deb bilamiz. Ikkinchidan, partiya azolari huquqiy-siyosiy bilimini oshirishga qaratilgan tadbirlarni izchil otkazib borish zarur. Deputatlarimiz, partiyamiz faollari ishtirokida davra suhbatlarini tez-tez uyushtirish, ochiq muloqotlar otkazish muhim ahamiyatga ega. Ustuvor vazifalardan yana biri elektoratimiz manfaati bilan bogliq masalalarni organib, deputatlarimizga takliflar berishdan iborat. Bu ishlarni amalga oshirmagan boshlangich tashkilot faoliyatini qoniqarli, deb bolmaydi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: