O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
16.07.2016

OQSAROYDA QABUL

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 15 iyul kuni Oqsaroyda Xalqaro havaskor bokschilar uyushmasi (AIBA) prezidenti Ching-Kuo Vuni qabul qildi.

Ching-Kuo Vu AIBA Ijroiya qomitasining Toshkentda otayotgan majlisida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurdi. Mazkur sport forumi Xalqaro havaskor bokschilar uyushmasi uchun Braziliyada boladigan Olimpiya oyinlariga tayyorgarlikning yakuniy bosqichi hisoblanadi.

Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, AIBA va uning rahbari Ching-Kuo Vu ozining munosib xizmati bilan dunyoda keng tarqalgan boksni va, umuman, Olimpiya harakatini rivojlantirishga katta hissa qoshayotganini alohida ta’kidladi.

Ushbu nufuzli xalqaro tashkilot Ijroiya qomitasi majlisining Toshkentda otkazilayotgani muhim voqea bolib, bu jahon sportida Ozbekiston alohida orin egallashini yana bir bor tasdiqlaydi.

Ching-Kuo Vu mamlakatimizning jahon sport maydonida obrosi ortib borayotganini yuksak baholadi. Ozbekistonda jismoniy tarbiyani ommalashtirish va bolalar sportini rivojlantirish masalasi davlat siyosati darajasiga kotarilgani xalqaro jamoatchilikka yaxshi malum. Davlatimiz rahbarining soglom turmush tarzini qaror toptirish va har tomonlama yetuk yoshlarni voyaga yetkazishga doimiy gamxorlik korsatayotgani, bu borada maqsadli ishlar amalga oshirilayotgani natijasida ayni paytda 6 yoshdan 15 yoshgacha bolgan bolalar va osmirlarning qariyb 60 foizi sport seksiyalariga qatnamoqda.

Ozbekistonda mustaqillik yillarida professional sportchi, murabbiy va hakamlarni tayyorlash boyicha samarali tizim yaratildi. Bugun barcha zarur texnik va uslubiy vositalar bilan taminlangan saksondan ziyod sport federatsiyalari faoliyat korsatmoqda.

Mamlakatimizning barcha hududlarida 51 mingdan ortiq sport inshootlari bunyod etilgan. Sport turlari boyicha koplab markaz va seksiyalar, eng yaxshi xorijiy sport arenalaridan qolishmaydigan sport majmualari va zallari faoliyat korsatmoqda.

Ozbekiston sportchilarining Olimpiya oyinlarida erishayotgan yutuqlari ushbu yonalishda olib borilayotgan ishlar yuksak samaralar berayotganidan dalolatdir. Tarixan qisqa fursatda 6 oltin, 5 kumush va 10 bronza medali qolga kiritildi.

Ozbekiston sportida boks alohida orin egallaydi. 2014-2015 yillarda mamlakatimizning barcha yosh va vazn toifasidagi charm qolqop ustalari turli darajadagi 269 medalga sazovor boldi. Ozbekistonda xalqaro miqyosdagi nufuzli musobaqalar va boks turnirlari muntazam otkazilmoqda. 2015 yilning 7-14 iyun kunlari AIBA shafeligida poytaxtimizda otkazilgan boks boyicha osmirlar ortasida Osiyo chempionatida mamlakatimiz sportchilari 7 oltin va 6 bronza medalni qolga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi orinni egalladi.

Oqsaroydagi uchrashuvda Ozbekistonda havaskorlik boksini rivojlantirish, mamlakatimizning AIBA bilan samarali hamkorligini yanada mustahkamlash va kengaytirish istiqbollari haqida fikr almashildi.

Xalqaro havaskor bokschilar uyushmasi rahbari Prezident Islom Karimovga samimiy qabul hamda Ozbekistonda sportni, jumladan, boksni rivojlantirishga ulkan hissa qoshayotgani uchun minnatdorlik bildirdi.

Uchrashuvda Ozbekiston Respublikasi Prezidentiga sport va olimpiya harakatini rivojlantirish hamda ommallashtirish yolidagi ulkan xizmatlari uchun, shuningdek, boksni xalqaro va milliy darajada rivojlantirish borasidagi fidokorona mehnati etirofi sifatida AIBAning yuksak mukofoti – «Xizmatlari uchun» ordeni topshirildi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: