O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
31.05.2012

Deputatlik guruhi va boshlangich tashkilot

faoliyati sust bo‘lsa, partiya dasturiy vazifalarini amalga oshirish qiyin kechadi. Buni OzMTDPning Forish tuman Kengashi va deputatlik guruhi misolida korish mumkin

«Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish togrisida»gi Konstitutsiyaviy Qonunga asosan siyosiy partiyalar Saylovoldi platformalarida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda, avvalo, deputatlari faoliyatiga tayanadi. Tajriba shuni korsatmoqdaki, partiya dasturiy vazifalari ijrosini ta’minlashda, ayniqsa, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatlari zimmasiga alohida masuliyat yuklanadi. Chunki ular aholining kundalik tashvishlaridan yaxshi xabardor. Aynan ular mahalliy Kengash sessiyalariga elektorat manfaati himoyasiga xizmat qiladigan tashabbuslarni olib chiqishi, Qonunchilik palatasi deputatlariga tahliliy malumotlar va takliflar berishi kerak.

Ammo siyosiy partiyalar va deputatlarga talab kuchaygan ana shunday bir sharoitda OzMTDPning Forish tuman tashkiloti va deputatlik guruhi sukut saqlab kelayotgani kishini taajjubga soladi.

Bugun OzMTDPning Forish tuman Kengashi 556 nafar azoga ega. Tuman aholisi 80 mingdan ortiq ekanini hisobga olsak, bu korsatkich talab darajasida emasligi ayon boladi.

Odamlarning siyosiy madaniyati, demokratik ongi va tafakkurini sifat jihatdan ostirishning zaruriy shartlari sifatida demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish, fuqarolik jamiyati institutlarini yanada rivojlantirish, Ozbekistonning barcha fuqarolarini yagona maqsad, davlatchilik va umummilliy gurur ramzlari atrofida yanada jipslashtirish, jamiyat va xalq farovonligini oshirish kabi va-

zifalarni oz dasturida belgilab olgan mazkur partiyaning tumandagi azolari bor-yogi 11 ta boshlangich tashkilotga birlashgan. Buning ustiga, ana shu kamsonli tashkilotlar ham bugungi talab darajasida ishlayotgani yoq. Tuman partiya kengashi mutasaddilari BPTlar ishini kuchaytirishga, shu orqali deputatlarning tashabbuskorligini oshirishga etibor bermayotir.

Vaholanki, partiyaning dasturiy maqsadlarini samarali amalga oshirish uning quyi boginlari faoliyati bilan bevosita bogliq. Qachonki, quyi bogin faol va tashabbuskor bolsa, partiya aholi orasiga shuncha chuqur kirib boradi, azolari va tarafdorlari ortadi. Milliy tiklanish Demokratik partiyasi tuman kengashi esa quyi boginlar faoliyati samaradorligini taminlash, ularning yetakchilari bilim va malakasini oshirish, kadrlar salohiyatini yuksaltirish, targibot ishlarida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish masalalariga sovuqqonlik bilan qarab kelmoqda.

Xalq deputatlari Forish tuman Kengashiga OzMTDPdan 4 nafar deputat saylangan. Otgan davrda tuman Kengashining 11 ta sessiyasi bolib otgan. OzMTDP deputatlik guruhi vakillari elektorat manfaatiga qaratilgan biron-bir amaliy taklif va tashabbusni ilgari surmagan.

Shu orinda, bir jihatga etibor qaratish lozim. OzXDP Forish tuman kengashi 964 nafar azoni birlashtirgan. Tumanda partiyaning 33 ta boshlangich tashkiloti mavjud. OzXDP tuman kengashi hududda xizmat korsatish va servis sohasini rivojlantirish orqali yoshlarni ish bilan taminlash, aholini ijtimoiy qollab-quvvatlash, imkoniyati cheklangan kishilar, yolgiz keksalarni manzilli ijtimoiy himoya qilish borasida muayyan ishlarni amalga oshirmoqda.

Tuman Kengashidagi OzXDP deputatlik guruhi (6 nafar) 2011-2014 yillarga moljallangan Harakat dasturi asosida doimiy komissiyalarga 6 ta masala kiritgan. Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasi muhokamasiga 2 ta — Forish tumanida qayta ishlab chiqarish korxonalarini rivojlantirish hisobiga, istemol bozorini sifatli qishloq xojaligi mahsulotlari bilan toldirish boyicha, Yangi ish orinlari yaratish, kasb-hunar kolleji bitiruvchilarini ish bilan taminlash masalalarini taklif etgan. Biroq ochiq aytish kerakki, bu misollar deputatlik guruhi faoliyatiga ijobiy baho berishga munosib emas.

Deputat faolligi, elektorat manfaati yolida tashabbuslar bilan chiqishi kop jihatdan uning ozi saylangan partiya tashkiloti bilan qay darajada hamkorlik qilayotganiga bogliq. Qayerda deputat bilan partiya tashkiloti va uning azolari ortasida aloqa susaysa, osha yerda siyosiy partiya goyalari hayotga tatbiq etilishi qiyin kechadi.

Bugun mahalliy Kengash deputatlari hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boyicha Davlat va mahalliy dasturlar ijrosi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirishi talab etilmoqda. Bu oz navbatida, mahalliy ijro hokimiyatining jamiyat va fuqarolar oldidagi masuliyatini oshirishga, yani islohotlar muvaffaqiyatiga xizmat qiladi. Forish tumanidagi OzMTDP deputatlari va partiya tashkiloti faoliyatida esa hamon xotirjamlik kayfiyati hukm surmoqda.

Vaholanki, OzMTDP Saylovoldi dasturida ichki bozorni zarur va sifatli mahsulotlar bilan toldirish, iqtisodiy faoliyatning ilgor shakllariga asoslangan zamonaviy korxonalarni rivojlantirish yoli bilan milliy iqtisodiyotning eksport salohiyatini mustahkamlashga yonaltirilgan industrial siyosatni takomillashtirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni yanada qollab-quvvatlash, iqtisodiyot sohasidagi har qanday huquqbuzarliklarga qarshi kurashish masalalari belgilab qoyilgan. Ammo bu muhim vazifalarni OzMTDPning tumandagi deputatlari va kamsonli boshlangich tashkilotlari amalga oshira oladimi?

Gulruh ODASHBOYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: