O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
14.07.2016

MUSTAQIL TARAQQIYOT YOLIMIZNING TERAN TAHLILI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning «Ozodlik havosidan toyib nafas olgan xalq oz yolidan hech qachon qaytmaydi» va Hayot sinovlarida toblangan Qashqadaryo eli har qanday yuksak marrani egallashga qodir nomli kitoblari Ozbekiston nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan nashr etildi.

Ma’lumki, davlatimiz rahbari joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish maqsadida shu yil 30 iyun – 1 iyul kunlari Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida bolib, mazkur viloyatlarning faollari, xotin-qizlar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari bilan uchrashib, samimiy suhbatlashdi.

Ushbu kitoblardan ana shu suhbatlar paytida Yurtboshimiz tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar orin olgan bolib, ularda nafaqat Surxon va Qashqa vohalari, balki butun mamlakatimizning bugungi va ertangi taraqqiyoti, mamlakatimizdagi tinchlik va osoyishtalikni, obod va farovon hayotni yanada mustahkamlash va qadriga yetish, olib borilayotgan keng kolamli islohotlarni chuqurlashtirish, bunyodkorlik ishlarini yangi bosqichga kotarish, yoshlarimizni soglom va barkamol qilib tarbiyalash kabi ota muhim va dolzarb masalalar boyicha fikr yuritiladi.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizning barcha hudud va mintaqalari singari Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida ham ulkan ozgarishlar roy bergani mazkur kitoblarda alohida takidlanadi. Mustabid tuzum davrida asosan paxta xomashyosi yetishtirish bilan cheklangan bu vohalarda bugungi kunda zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan yirik sanoat korxonalari, kommunikatsiya tarmoqlari faoliyat korsatayotgani, fermerlik harakati, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik jadal rivojlanib, qishloq va shaharlar qiyofasi tubdan ozgarib, odamlarning turmush darajasi, ongu tafakkuri, daxldorlik hissi tobora ortib borayotgani va bunday yutuqlar zamirida mujassam bolgan omillar haqida teran fikr-mulohazalar bayon qilinadi.

Mazkur viloyatlarning oziga xos tabiati, ulkan iqtisodiy va insoniy salohiyati, betakror qadriyat va ananalari, Surxondaryo va Qashqadaryo zaminining mard va olijanob insonlari togrisida Yurtboshimiz katta mehr va gurur tuygulari bilan fikr yuritadi.

Ushbu kitoblarda tarixan qisqa muddatda Termiz, Qarshi va Shahrisabz shaharlarining tanib bolmaydigan darajada ozgarib, mamlakatimizning eng yirik, jadal rivojlanib borayotgan iqtisodiy va madaniy markazlariga aylangani aniq misollar asosida tahlil etiladi.

Prezidentimizning kitoblarida mustaqillik yillarida xalqimiz, Vatanimiz erishgan barcha yutuq va marralarda hamma hududlarimiz qatori Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari mehnatkashlarining ham munosib hissasi borligi chuqur minnatdorlik bilan etirof etiladi.

Hajman kichik, lekin mazmunan chuqur bu kitoblarni Ozodlik havosidan toyib nafas olgan xalq oz yolidan hech qachon qaytmaydi degan hayotiy haqiqat bosh goya sifatida birlashtirib turadi.

Muxtasar aytganda, Prezidentimiz Islom Karimovning mazkur risolalari istiqlol yillarida mamlakatimiz qanday ogir va murakkab, shu bilan birga sharafli yolni bosib otgani, mustaqillik har bir viloyatimiz, shahrimiz va qishlogimiz, har bir yurtdoshimiz hayotida buyuk ozgarishlarga asos va zamin bolayotganini chuqur anglashga xizmat qiladi va ana shu bebaho nematni qadrlab, uni himoya qilib yashashga davat etadi.

OzA.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: