O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
29.05.2012

Inson manfaati va uning muhofazasi

kuchli ijtimoiy himoya tamoyilining asosidir. Liberal demokratlarning buni anglab olishi nega qiyin kechmoqda?

Mamlakatimizda davlat boshqaruvini demokratlashtirish, kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishdan ko‘zlangan maqsad, avvalo, xalqimizga munosib turmush sharoiti yaratish, jamiyat ravnaqi yolida kishilar oz kuchi va salohiyatini safarbar qilishi, shu orqali orzu-niyatiga yetishining kafolatini ta’minlashdan iborat.

Bugun hayot sinovlaridan otgan, dunyoda etirof etilayotgan bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich otish jarayonida kuchli ijtimoiy siyosat yuritilishi, davlat bosh islohotchi bolishi kabi tamoyillarning ustuvorligi, yani, taraqqiyotning ozbek modeli aynan ana shu ezgu maqsadga xizmat qilmoqda.

Demokratiyani qaror toptirish, hayot sifatini oshirish, xalqimizning uzoq istiqboli va farovonligini kafolatlashda bu muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda tashkil etilgan ilk demokratik partiya — OzXDP Dasturida ham ana shu insonparvar goya oz ifodasini topgan. OzXDP oz elektorati ijtimoiy yordamga muhtoj kishilarni qollab-quvvatlash, bu borada davlat siyosati izchil yuritilishiga erishishni bosh vazifalaridan, deb hisoblaydi.

Malumki, har bir siyosiy partiya mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holatidan kelib chiqib, elektorat manfaati yolida oz goyalarini amalga oshirishga qaratilgan takliflarini ilgari suradi. Aks holda, uning goyasi va faoliyati jamiyatga foyda keltirmaydi. OzXDP buni yaxshi anglaydi.

OzXDPning bosh maqsadlaridan biri oz oilasini boqish uchun doimiy ish va barqaror daromad manbaiga ega bolmagan, ammo mehnatga qobiliyatli kishilar, shu bilan birga, ishga joylashishda qiyinchilikka uchrayotgan yoshlarni qollab-quvvatlashdir.

Lekin negadir OzLiDeP nashrida OzXDPga nisbatan munosabat bildirilar ekan, kop holatda pensionerlar, nogironlar, komakka muhtoj oilalarga davlat tomonidan ijtimoiy yordam korsatilayotganiga urgu beriladi. Aslida bu aholini ijtimoiy himoya qilishning bitta yonalishi, xolos.

Oz oilasini boqish uchun doimiy ish va barqaror daromad manbaiga ega bolmagan, ammo mehnatga qobiliyatli aholi bandligini taminlash borasida OzXDP tomonidan joylarda otkazilayotgan iqtisodiy anjumanlar oz samarasini berayotir. Shuningdek, Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida ilgari surilgan vazifalardan kelib chiqib qabul qilingan partiya Harakat dasturida yangi ish orinlari yaratish, kasb-hunar kolleji bitiruvchilarining bandligi taminlanishi bilan bogliq choralar belgilab olingan. Bu tashabbus va tadbirlar partiya elektorati manfaatini samarali himoya qilishga xizmat qilayotir. Biroq OzLiDeP buni notogri talqin qilmoqda va OzXDPni goyo oz goyasidan chekinayotgan qilib korsatishga urinmoqda.

Vaholanki, elektorat manfaatini himoya qilish boyicha OzXDPning goyasi aniq. Ijtimoiy yordamga muhtoj oilalar, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari, jismoniy imkoniyati cheklangan, lekin mehnatning u yoki bu turiga layoqatli kishilarni qollab-quvvatlash, ular bandligini taminlashdir. Aynan shuning uchun OzXDP yangi ish orinlari yaratilishidan manfaatdor va bu borada turli ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish orqali mazkur jarayonda amaliy ishtirok etishga intilayotir. Shuningdek, OzXDP nogironlar va pensionerlarga davlat tomonidan ajratilayotgan ijtimoiy nafaqa mablaglarining maqsadli sarflanishini deputatlari vakolati doirasida nazorat qilishga etibor bermoqda. Demak, OzXDP oz goyasidan chekinmayapti, balki uni izchil amalga oshirish uchun kurash olib borayapti.

Bugungi kunda ish beruvchilarning xodimlar, umuman, jamiyat oldidagi masuliyatini oshirish ham dolzarb masalaga aylanib bormoqda. Yaqinda Qonunchilik palatasi «Arxiv ishi togrisida»gi Qonun ijrosi boyicha otkazgan nazorat-tahlil yakunlari buni yana bir bor tasdiqladi. Malumotga kora, birgina Buxoro viloyatida xususiy tadbirkorlik subektlarining qariyb 60 foizi xodimlar manfaatlari himoya qilinishi bilan bogliq hujjatlarni arxivlarga topshirmayotir. Boshqa hududlarda ham bu borada muammo oz emas. Bu vaqti kelganda fuqarolarga pensiya tayinlanishida, shuningdek, ijtimoiy himoya bilan bogliq boshqa masalalarda jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi. Shu bois deputatlar tegishli qonunchilikka bu borada ish beruvchi tadbirkorlar, korxona-tashkilotlar rahbarlari masuliyatini kuchaytirishga qaratilgan ozgartish va qoshimchalar kiritish zarurligini takidlashmoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanayotgan sharoitda bu, ayniqsa, muhim, albatta.

Xulosa ornida aytish mumkinki, siyosiy partiyalar ilgari surayotgan goyalar mamlakat rivojining hozirgi holatiga muvofiq tarzda chuqur tahlil etilmas ekan, bu boradagi har qanday bahs jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga daxldor masalalar yechimiga ijobiy tasir otkazmaydi.

Tolqin TORAXONOV


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: