O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
05.07.2016

ULUG ORZULAR ROYOBI

Avval xabar berilganidek, Prezidentimiz joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonchilik ishlari bilan yaqindan tanishish maqsadida Qashqadaryo viloyatida bo‘lganida Qarshi shahridagi ozgarishlar bilan tanishdi, kelgusi vazifalarimiz haqida koplab maslahatlar berdi. Qarshi tumanidagi «Shukrona» fermer xojaligi dalasida bolgan suhbat davomida tariximizning esdan chiqmas voqealari yodga olindi. Ezgu ishlarimizni davom ettirish, munosib vorislar — iste’dodli yoshlarni kamolga yetkazish haqida dolzarb fikr-mulohazalar bayon qilindi.

Tong endi otib kelyapti. Daryoning togon ortidagi suvi nurga chulgana boshladi. Shu dam koprik panjarasiga suyanib, quruvchi Qoziboy Hushvaqtov bilan gurung qilib turgan Gaybulla Otaboyevga kozim tushdi. Sevinib ketdim. U kishi shaharning donishmand keksalaridan biri. Qariyb chorak asr Roguzar mahallasi oqsoqoli boldi. Bu yil yetakchilikni shogirdlaridan biriga topshirdi. Mahalla idorasiga kelganimda, Gaybulla ota va boshqa shahar faollarining Prezidentimiz bilan tushgan suratini kop bora korganman.

Osha surat 2008 yilning yozida olingan, deydi kozlari nurlanib Gaybulla ota. Oshanda Yurtboshimiz Geolog sport va soglomlashtirish markazi qurilishini kozdan kechirib, mahalla oqsoqollari bilan suhbatlashgan, odamlarning turmushi, kayfiyati haqida soragandilar. Mana shu daryo sohilidagi mahallada tugilib, osdim. Endi oylab qarasam, jonajon shahrimdagi ozgarish va bunyodkorliklar ana shu ulug insonning doimiy etibori, gamxorligi, orzu-umidlari bilan bogliq. U kishi Qashqadaryo viloyati rahbari bolgan kezlarida Qarshi shahrida qurilgan onlab binolar bu yerdagi bunyodkorlikning birinchi bosqichi edi. Ikkinchi bosqichi shaharning 2700 yillik qutlug toyiga tayyorgarlik davridir. Prezidentimizning Qarshi shahrida obodonchilik ishlarini davom ettirish haqidagi yangi qarori bunyodkorlikning uchinchi bosqichini boshlab berdi. Shunday ajoyib binolar qurilib, yangi xiyobon va boglar barpo etilayaptiki, aqling lol qoladi. Menimcha, bu buyuk tafakkur mevasi, ulug orzularning royobidir. Ochigi, ozim osgan mahalla qarshisidagi daryo sohilining qarovsiz yotgani, kongilga gashlik solardi. Mamlakatimiz rahbari otgan yili yozda shaharga kelib, Amir Temur bobomiz qurdirgan koprik atrofini obod qilish, sayilgoh va oromgoh bunyod etish yuzasidan batafsil reja tuzib bergandilar. Hozir har bir qarshilik bu safar Prezidentimizning shahardagi temir yol vokzali binosi va kurantni, Mustaqillik kochasidagi obod xiyobon, Nasaf futbol klubining katta oyingohi va boshqa qurilishlarni kozdan kechirgani, bunyodkorlik yuzasidan qimmatli maslahatlar berganini bir-biriga suyunib, quvonib hikoya qilib yuribdi.

Men ham uyda otirolmadim, togri yangi saylgohga keldim, deydi ikkinchi suhbatdoshim Qashqadaryomaxsusqurilishdizayn shoba korxonasi ustasi Qoziboy Xushvaqtov. Tashkilotimiz 4 ta bandargoh, togon va boshqa qurilishlarda ishtirok etdi. Ochigi, butun mamlakatdan quruvchilar keldi. Masalan, eski koprikdagi oymakor marmar panjaralar Toshkentdagi Ijod birlashmasi mohir ustalarining ishi. Hozir bajargan ishlarimizga qarab turib faxrlanaman. Ularni Yurtboshimiz oz kozlari bilan korganlari, quruvchilarga rahmat aytganlarini farzandlarimga ham gapirib beraman.

Quruvchi qalbidagi quvonch menga ham kochdi. Rost, qisqa fursatda tengi yoq ishlar qilindi. Daryo tosilib, 3 ta togon qurildi. Sohil boyidagi eski binolar orniga 14 kottej, 4 kafe qurildi. Jami 144 ming/kv. metrdan oshiq maydonda mukammal sugorish tizimi yaratildi. Saylgohda daraxtlar, gullar barq urib turibdi. Dam olish uchun kelgan aholiga 51 katamaran, 2 sayyohlik kateri xizmat qilayapti. Bolalarimiz uchun 4 attraksion va ertaknamo maydonchalar barpo etilgan.

Oz ishidan faxrlanayotgan quruvchi, umrini aziz shahri va mahallasi obodligi uchun baxshida qilgan Gaybulla ota bilan xoshlashib, Qarshi tumaniga yol oldim. Bu yerda ilk suhbatdoshim Abdiyev Majid fermer xojaligining raisi Suyun Abdiyev boldi. U qariyb 35 yildan buyon dala kezadi. Ancha yil xojalik rahbari bolgan. Halol mehnati bilan obro qozongan. Ozbekiston Xalq demokratik partiyasidan viloyat Kengashi deputati, Oliy Majlis Senati azosi. Har bir gapni oylab gapiradi. U 87 gektar joyda dehqonchilik qilishayotgani, bu yil 33 gektar yerdan 161 tonna orniga 184 tonna galla olishgani, 40 bosh zotli mollari borligi, yana mahsulot saqlaydigan sovutgich qurish rejasi haqida gapirib berdi. Keyin uchrashuvda sozga chiqqanini aytdi, Yurtboshimizning tashriflari tufayli dalalarimizga rosa baraka keldi, dedi quvonib.

Ustozimiz Suyun aka yuragimizdagi tilagimizni aytibdilar, deydi quvonchini yashirmay Shukrona fermer hojaligi raisi Hotam Jumayev. Xojaligimiz 2014 yilda tuzildi, hali yangimiz. Jami 50 gektar yerda dehqonchilik qilayapmiz. Otgan yili galla hosildorligi 60 sentnerdan, paxta hosildorligi 38 sentnerdan oshdi. Yurtboshimiz ishimiz haqida soraganlarida, rosa hayajonlandim. Shuning uchun kop niyatlarim dilimda qoldi. Yaqinda gallani ordik, barakasi otgan yildan ortiq boldi. Bu yil kollej bitiruvchilaridan 5 nafarini ishga olamiz. Kredit asosida chorvachilik va baliqchilikni yolga qoyishni niyat qildik. Prezidentimiz aytganlaridek, ishlaydigan, yaratadigan, osib-ulgayadigan zamon...

Bu gaplarning barchasi yurak-yurakdan chiqqan tilaklar, deydi Qarshi shahrida uchrashganimizda Nuroniy jamgarmasi viloyat Kengashi raisi, viloyat Kengashidagi OzXDP guruhi azosi Yanvar Inoyatov donishmandlarga xos vazminlik bilan. Qarshi tumanidagi uchrashuv tom manoda tarixiydir. Men yaqinda otgan Shanxay Hamkorlik Tashkilotining oliy anjumani natijalaridan qanchalik faxrlanganimizni, yurtimizda kechayotgan ulkan ozgarishlar, mamlakatimiz rahbarining oqilona siyosatini dunyoning taniqli davlat va siyosat arboblari etirof etishganidan qanchalik faxrlanganimizni izhor qildim. Islom Abduganiyevich viloyatimiz va davlatimiz tarixidagi eng murakkab davrlarda donishmandlik korsatganlari, xalqning qaddini kotarganlari, bugungi misli yoq yaratishlar haqida gapirdim. Davlatimiz rahbarining yaqin kechmishdagi tariximizni unutmaslik haqidagi davatlari barchamiz uchun ibrat bolishi lozim. Mening ish stolimda Amir Temur bobomizning Tuzuklari turadi va doim oqib-organaman. Siz ham donishmand keksalar, murabbiylarni jalb qilib, yoshlarga buyuk bobomizning ana shu manaviy merosini orgatsangiz, dedilar menga. Biz bu maslahatga albatta amal qilamiz...

Ajoyib kishilar bilan suhbatlashib, Shahrisabz shahriga yetib keldim. Shaharning Amir Temur bobomiz nomidagi bosh maydonidagi bunyodkorliklarni kuzatib, konglim togdek kotarildi. Binolarni yanada mustahkam qurish haqida mamlakatimiz rahbari aytgan fikrlarni Suyun Abdiyevdan eshitgandim. Shu oylar ogushida shahardagi tibbiyot kolleji oqituvchisi, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibi Shahnoza Xolmamatova bilan uchrashdim. U shunday dedi:

Men ham Qarshi tumanidagi uchrashuvda qatnashdim. Prezidentimiz oilam, ishlarim haqida soradilar. Yashirmayman, u kishining mehribonligi yuragimni eritib, yiglab yuboribman. Keyin ozimni qolga olib, ikki farzandim borligi, namunali uyda istiqomat qilayotganimiz haqida gapirib berdim. Ayniqsa, Shahrisabz shahridagi ulkan qurilishlarni faxrlanib tilga oldim. Yurtboshimiz yoshlar turmush qurayotganlarida nimalarga etibor berishi kerakligi haqida soradilar. Yigit-qiz bir-biriga munosib, soglom bolishi, kengashib oila qurish zarurligi, oilaning moddiy taminoti haqida gapirdim. Biz, yoshlar Vatan uchun jon fido qilishga ham tayyorligimizni izhor qildim. Balli, qizim!, dedilar.

Uchrashuvdan song kop oyladim, biz, yoshlarga korsatilayotgan gamxorliklar oldida qarzdorligimizni chuqur his etdim. Yanada gayrat bilan mehnat qilish kerakligini angladim.

Muallima va shoira Shahnozaning yoshlarga xos tiniq, tafakkur yolqinlanib turgan joshqin fikrlarini tinglar ekanman, qalbimda shukronalik tuyaman. Prezidentimizning orzulari amalga oshdi mustaqillik yillarida yurtini chin dildan sevadigan, uning shuhratini dunyoga yoyadigan istedodli yoshlar kamolga yetmoqda...

Yunus UZOQOV,

Ozbekiston Respublikasida xizmat korsatgan jurnalist.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: