O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
30.06.2016

XITOY XALQ RESPUBLIKASI RAISI SI SZINPINNING OLIY MAJLIS QONUNCHILIK PALATASIDAGI NUTQI

Muhtaram Prezident Islom Karimov!

Hurmatli deputatlar, xonimlar va janoblar!

O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi ortasida bolib otgan rasmiy muzokaralar chogida biz Prezident Islom Karimov bilan Xitoy va Ozbekistonning siyosiy jihatdan bir-birini ozaro qollab-quvvatlashini mustahkamlash hamda hududiy, suverenitet va xavfsizlik masalalari boyicha eng muhim manfaatlarimizni birgalikda ilgari surish yuzasidan kelishib oldik.

Biz davlatlarimiz tomonidan tanlab olingan rivojlanish yolini ozaro qat’iy qollab-quvvatlaymiz, siyosiy barqarorlik va davlat hokimiyati xavfsizligini hamkorlikda taminlaymiz. Taraqqiyot yolidagi amaliy hamkorligimizni har tomonlama chuqurlashtirish, rivojlanish strategiyasini mustahkamlash, savdo-iqtisodiy aloqalar imkoniyatlarini kengaytirish, ishlab chiqarish quvvatlari, infrastruktura, energetika va qishloq xojaligi sohalari boyicha hamkorlikni yanada jonlantirish ishlarini amalga oshiramiz. Shuningdek, Xitoy va Ozbekiston ortasidagi har tomonlama strategik sheriklikni mazmunan toldirish maqsadida hamkorlik doirasidagi ustuvor loyihalarni moliyaviy qollab-quvvatlashni yanada oshirishga, madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni kengaytirishga, xavfsizlik boyicha hamkorlikni mustahkamlashga hamda xalqaro maydondagi ishlarni muvofiqlashtirishni kuchaytirishga ahamiyat qaratamiz.

Xitoyda «Dosting qancha kop bolsa, yoling shuncha keng boladi», degan maqol bor. Oliy Majlis aholi turli qatlamlarining eng nufuzli vakillarini ozida mujassam etadi, siz esa, hurmatli deputatlar — Xitoy xalqining dostlarisiz. Oylaymanki, siz kelajakni kora bilgan holda, Xitoy Ozbekiston aloqalarini yanada ravnaq toptirishga, hamkorligimizni qollab-quvvatlash va dostligimizni rivojlantirishga munosib hissa qoshasiz.

Xonimlar va janoblar, aziz dostlar!

Ozbekistonga tashrifim kun tartibidan yana bir muhim tadbir Shanxay hamkorlik tashkilotining Toshkent sammitida ishtirok etish ham orin olgan. Joriy yilda tashkilotimiz tuzilganiga 15 yil toladi. Otgan yillar davomida ShHT Shanxay ruhini, yani, ozaro ishonch va manfaatdorlik, teng huquqlilik, maslahatlashuvlar, madaniyatlar rang-barangligiga hurmat va hamkorlikda taraqqiyotga intilish tamoyillarini rivojlantira borib, xalqaro munosabatlarning ochiqlik, har tomonlama hamkorlik qilish va umumiy yutuqlarga erishish prinsiplari asosidagi yangi namunasini faol ilgari surgan holda mintaqa barqarorligi va farovonligiga muhim hissa qoshdi. Tashkilot takomillashgani sari kengayib bormoqda va bugungi kunda ShHT oilasida Markaziy, Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyoda joylashgan 18 ta davlat mavjud. Tashkilot doirasidagi hamkorlikning salohiyati tobora koproq namoyon bolmoqda. Uning xalqaro maydondagi maqomi va tasiri tobora oshmoqda.

Ozbekiston ShHTga raislik qilgan mamlakat sifatida Tashkilot doirasida yolga qoyilgan kop qirrali hamkorlikda amaliy natijalarga erishishda ulkan hissa qoshdi. Buning uchun Prezident Islom Karimovga, Ozbekiston hukumati va xalqiga samimiy minnatdorlik bildirmoqchiman. Xitoy tomoni ozbekistonlik hamkorlar hamda Tashkilotga azo boshqa davlatlar bilan Toshkent sammitini yangi start nuqtasi sifatida qabul qilib, mintaqa mamlakatlari va xalqlari ravnaqi yolida ShHT doirasidagi hamkorlik darajasini har tomonlama yuksaltirishga tayyordir.

Ozbek xalqining buyuk shoiri Alisher Navoiy oz sherida aytganidek, men xalqim baxtli va farovon yashashini istayman. Bu ezgu istakni bizning umumiy maqsadimiz va abadiy orzu-niyatimiz deb hisoblayman. Shuningdek, Xitoy va xitoy xalqi Ozbekiston hamda dunyodagi boshqa barcha mamlakatlar xalqlari bilan birgalikda insoniyat tinchligi va taraqqiyotiga xizmat qilishdek oliy maqsad yolida doimo qolni-qolga berib harakat qilishga tayyor ekanini bildirmoqchiman.

Etiboringiz uchun rahmat.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: