O'zb  
 
30.06.2016

OZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI ISLOM KARIMOVNING OLIY MAJLIS QONUNCHILIK PALATASIDAGI NUTQI

Ilgari xabar qilinganidek, shu yilning 22 iyun kuni Prezident Islom Karimov mamlakatimizga davlat tashrifi bilan kelgan Xitoy Xalq Respublikasining Raisi Si Szinpin bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida bolib, deputatlar va senatorlar bilan uchrashdi. Quyida davlatimiz rahbarining mazkur uchrashuvda sozlagan nutqi matni e’lon qilinmoqda.

Muhtaram Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin janoblari!

Qadrli xitoylik dostlar!

Hurmatli deputatlar!

Bugun shu muhtasham zalda nafaqat mamlakatimiz intellektual olamining taniqli namoyandalari, ayni vaqtda, tabir joiz bolsa, butun Ozbekistonning timsoli, xalqimiz barcha qatlamlarining vakillari bolgan insonlar yigilgan. Yurtimizda sodir bolayotgan ulkan islohot va ozgarishlarga, Ozbekistonning barqaror suratlar bilan rivojlanishiga, bir soz bilan aytganda, biz erishayotgan muhim yutuqlarga munosib hissa qoshayotgan, bu jarayonlarda deputat va senator bolishidan avval ham faol ishtirok etgan odamlar otiribdi.

Bugun siz, azizlar — parlamentimizning har ikki palatasi vakillari oz yuksak mavqeingiz bilan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangilanish jarayonlarining harakatga keltiruvchi kuchi sifatida faoliyat korsatmoqdasiz. Sizlarning orangizda men doimo «aziz farzandlarim» deb oz mehrim va etiborimni bildiradigan yosh avlodimizning ham koplab vakillari borligi meni ayniqsa xursand etadi. Ishonamanki, sizlar nafaqat yoshlarimiz, balki butun Ozbekiston xalqining manfaatlarini ifoda etasiz.

Hozirgi vaqtda yurtimizda turli sohalarda qolga kiritilayotgan ulkan natijalar saylovlarda sizu bizga ishonib, ovoz bergan odamlarning, xalqimizning orzu-niyatlari albatta amalga oshadi, deb aytishga tola asos beradi.

Mana, ozingiz guvohsiz, bugungi kunda biz keyingi on yil davomida dunyodagi sanoqli davlatlar qatorida yalpi ichki mahsulotning osishi boyicha 8 foizdan ziyod korsatkichga erishmoqdamiz. Bunday yuksak marralarga erishish uchun bizning rivojlangan xorijiy davlatlar, jumladan, yaqin hamkorimiz bolgan, bizning dostimiz Si Szinpin rahbarlik qilayotgan Xitoy mamlakatining tajribasini organib ish olib borayotganimiz sizlarga yaxshi malum. Xitoyning qanday katta osish suratlari bilan taraqqiy etayotgani, bir paytlar mamlakat yalpi ichki mahsulotining yillik osishi 10-12 foizni tashkil etganidan ham sizlar albatta xabardorsiz.

Shu orinda bir fikrni alohida takidlab aytmoqchiman: bu zalda Ozbekistonga kim amalda dostu kim ogizda dost ekanini yaxshi biladigan odamlar otiribdi. Bu haqda gapirishimning boisi shundaki, bizning bunday osish suratlarimizga qandaydir gayirlik bilan qaraydiganlar ham, afsuski, yoq emas. Biz faqat bir narsani, yani, butun insoniyat kabi, dunyoning eng ilgor va rivojlangan davlatlari kabi munosib hayot kechirishni istaymiz. Hozirgi kunda Xitoy shunday yuksak rivoj topgan davlatlardan biri ekanini alohida takidlamoqchiman.

Bugun biz oz zimmasiga katta bir masuliyatni Xitoy Xalq Respublikasidek buyuk davlatni isloh qilishni izchil davom ettirish vazifasini olgan yetakchi bilan uchrashib turibmiz. Hammamiz yaxshi bilamiz, islohotchi shaxslarning hayoti oson kechmaydi. Islohotchi bir ishni boshladimi, uni oxirigacha yetkazmasdan qoymaydi, oz maqsadiga yetmaguncha hech qachon tinib-tinchimaydi. Bugun janob Si Szinpin ozaro suhbatimiz davomida oz mamlakati buyuk xitoy islohotchisi Den Syaopin rahbarligida rivojlanib, ulkan natijalarga erishganidan buyon 25-30 yil otganini, bugungi hayot talablarini chuqur anglagan holda, u ana shunday ota ogir va murakkab vazifani, yani Xitoyni yanada taraqqiy topgan davlatga aylantirish masuliyatini oz zimmasiga olganini aytdi. Hozirgi vaqtda Xitoy mamlakati uning Raisi rahnamoligida ana shu taraqqiyot yolini izchil davom ettirayotganini barchamiz korib turibmiz.

Biz ham ozimiz tanlagan, har tomonlama chuqur oylangan islohotlar yolidan qatiyat bilan borib, ulkan muvaffaqiyatlarga erishmoqdamiz. Lekin, hammamiz yaxshi tushunamizki, oz oldimizga qoygan buyuk maqsadlarga yetib borish uchun bu hali yetarli emas. Avvalambor, yanada jadal taraqqiy etishimizga xalaqit qilayotgan, yolimizda gov-tosiq bolib turgan ayrim masalalarni qayta korib chiqishimiz zarur. Bu, albatta, nihoyatda masuliyatli vazifadir.

Bu haqda gapirganda, bir haqiqatni alohida takidlash orinlidir. Mamlakatimiz mustaqil taraqqiyot yoliga qadam qoygan dastlabki yillarda bizga hech kim chetdan kelib yordam bergani yoq. Agar 25 yil oldingi tarixga nazar tashlaydigan bolsak, yurtimiz qanday ogir ahvolga tushib qolgani yaqqol ayon boladi. Bizga eski mustabid tuzumdan biryoqlama rivojlangan, paxta monopoliyasi avj olgan, asosan xomashyo yetkazib berishga moslashgan zaif va nochor iqtisodiyot meros bolib qolgan edi. Paxtani ozimiz yetishtirar edig-u, lekin uning narxi amalda qancha ekanini bilmas edik. Uni faqat xomashyo sifatida bilardik, xolos. Qayta ishlangan paxta sobiq Markazga ketar, uni chetga sotish bilan ham faqat Markaz shugullanar edi.

Tasavvur qilasizmi, men osha paytda respublika moliya vaziri bola turib oltin qazib olish boyicha SSSRda ikkinchi orinda turadigan Ozbekistonda oltinning bahosi qancha ekanini aniq bilmas edim. Yurtimiz zaminidan katta hajmda qazib olingan turli nodir metallar, uran va boshqa strategik tovarlar haqida ham bizda hech qanday malumot yoq edi. Muxtasar aytganda, sobiq tuzum davrida Ozbekiston yarim mustamlaka darajasidagi respublika edi. Eng yomoni, osha paytda yurtimizning ozida bironta ham mustaqil boshqaruv, rejalashtirish idorasi yoq edi. Biz hatto soliqni qanday yigish, davlat xazinasini qanday toldirish, odamlarni qanday boqish kerakligini ham bilmas edik. Mustaqillik arafasida 20 milliondan ortiq aholimizni boqish uchun yurtimizda bor-yogi 15 kunga yetadigan un va bugdoy zaxirasi qolgan edi, xolos. Bularning barchasi Ozbekiston qanday ogir ahvolda, deyarli jar yoqasiga kelib qolganini korsatadi.

Bundan qanday xulosa chiqarish mumkin? Ana shunday ota qaltis bir vaziyatda bizga kim yordam berdi? Ozbek xalqi dost kulfatda bilinishini hech qachon unutmaydi. Xitoy xalqida ham, ozbek xalqida ham dost kulfatda, yani ogir vaqtda yordam qolini chozishi haqida maqollar bor. Tilda bir gapni aytib, dilida boshqa narsani oylaydigan, amalda esa mutlaqo boshqa ishni qiladiganlarni albatta dost deb bolmaydi.

Biz aholisi 1 milliard 300 million kishini tashkil etadigan Xitoydek ulkan mamlakatning strategik sherigi bolish masuliyatini yaxshi anglaymiz. Beqiyos salohiyatga ega bu mamlakat bir avlod hayoti davomida, tasavvur qiling, iqtisodiy osish boyicha jahon miqyosida ikkinchi orinda turadigan davlatga aylandi. Global taraqqiyot lokomotivi sifatida koplab muhim siyosiy va iqtisodiy masalalarni hal etishda faqat ishtirok etadigan davlatga emas, ayni paytda, bu masalalarni ozi mustaqil hal eta oladigan qudratli mamlakatga aylandi. Bunday davlatning strategik hamkori bolish biz uchun katta sharaf.

Sizlarga yaxshi malum, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Vatanimizga bu safargi tashrifini togri poytaxtimiz Toshkent shahriga kelishdan emas, balki qadimiy shaharlarimizdan bolgan Buxoro bilan tanishishdan boshlashga qaror qildi.

Shuni aytish kerakki, yuksak martabali mehmonimiz Buxoroga kelib, Arkni ziyorat qildi va uning devorlaridan yuqoriga kotarilib, butun shaharni tomosha qildi. Bu mamlakatimizning boy tarixiga, necha ming yillik taraqqiyot va madaniyatni ozida mujassam etib kelayotgan yurtimiz zaminiga chuqur hurmat ifodasidir.

Hozirgi vaqtda Ozbekistonning Samarqand va Xitoyning Sian shaharlari ortasida birodarlik aloqalari ornatilgan. Kelgusida Buxoro bilan Xitoy Xalq Respublikasining yana bir shahri birodarlashuviga ishonaman.

Bugun Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin janoblarining mamlakatimizga davlat tashrifi doirasida ozaro hamkorligimiz istiqbollari va ustuvor yonalishlarini belgilab beradigan koplab hujjatlar imzolandi. Ularning orasida Xitoy tomonidan Ozbekistonga kredit sifatida 2,7 milliard dollar ajratilishi va umumiy qiymati 6,2 milliard dollarlik obyektlar qurilishini nazarda tutadigan hujjatlar borligini alohida takidlamoqchiman.

Bugungi imkoniyatdan foydalanib, ana shunday muhim kelishuvlar uchun oz nomimdan, sizlarning nomingizdan Xitoy Xalq Respublikasi Raisiga minnatdorlik bildiraman.

Men Si Szinpin janoblarining Biz Ozbekiston Prezidenti bilan bir-birimizni yaxshi tushunamiz degan sozlarini takrorlamoqchiman va bunday yuksak etirofni ozim uchun katta sharaf deb qabul qilaman. Bizning har birimiz, ayniqsa, xalqning ishonchli vakillari bolgan siz, hurmatli deputatlar Xitoy bilan hamkorlikni qadrlashimiz va bu hamkorlik yuksak samara berishi uchun yangi yollarni izlab topishimiz lozim.

Sozimning yakunida bir fikrni alohida takidlab aytmoqchiman: Xitoy xalqining farovonligi bu Ozbekiston xalqining farovonligi. Ozbekiston xalqining farovonligi bu Xitoy xalqining farovonligidir.

Etiboringiz uchun tashakkur.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: