O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
30.06.2016

ISHONCH YORLIQLARI TOPSHIRILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 29 iyun kuni Oqsaroyda Polsha Respublikasi, Vengriya Respublikasi, Qozogiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, Koreya Respublikasi va Afgoniston Islom Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchilari etib tayinlangan Petr Ivashkevich, Peter Santo, Yerik Utembayev, Sodiq Imomiy, Kvon Yon U, Sayid Shahobiddin Temuriydan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.

Davlatimiz rahbari Yevropa va Osiyo diplomatik missiyalari rahbarlarini samimiy qutlar ekan, Ozbekiston ushbu davlatlar bilan ozaro munosabatlarni izchil rivojlantirishga alohida ahamiyat berishini ta’kidladi va ularning masuliyatli faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.

Polsha elchisi bilan uchrashuvda mamlakatlarimiz ortasida diplomatik munosabat ornatilganidan buyon otgan 24 yil davomida kop qirrali va samarali muloqot yolga qoyilib, siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarda ozaro hamkorlik boyicha ijobiy tajriba toplangani va hamkorlikning qariyb 50 hujjatdan iborat salmoqli shartnomaviy-huquqiy asosi shakllangani takidlandi.

Petr Ivashkevich Ozbekiston xalqi polshaliklar qalbidan alohida joy olganini takidladi. Polshada Ikkinchi jahon urushi yillarida taqdir taqozosi bilan Ozbekistonga kelib qolgan fuqarolarga korsatilgan yordam yuksak qadrlanadi va bu ozaro munosabatlarga alohida samimiyat bagishlaydi.

Vengriya elchisi bilan suhbatda Ozbekistonda Vengriyaga mamlakatimizning Sharqiy Yevropa va umuman, Yevropa ittifoqidagi ananaviy va muhim sherigi sifatida qaralishi qayd etildi.

Oliy maqom va yuqori darajadagi tashriflar doirasida ikki tomonlama munosabatlarga mustahkam asos yaratilgan va kelajakdagi ozaro hamkorlikning istiqbolli yonalishlari belgilangan.

Vengriyaning qarorgohi Toshkentda bolgan birinchi elchisi sifatida faoliyat boshlagan Peter Santo turli sohalarda Ozbekiston — Vengriya hamkorligining mavjud salohiyatini royobga chiqarishga salmoqli hissa qoshishni Ozbekistondagi missiyasining asosiy yonalishi deb bilishini takidladi.

Yerik Utembayev bilan suhbatda Ozbekiston va Qozogiston mustaqillikka erishganidan buyon otgan 25 yil davomida mamlakatlarimiz va xalqlarimizning uzoq muddatli umumiy manfaatlariga asoslangan hamkorlikning yangi darajasiga erishilgani takidlandi.

2016 yilning 14-15 aprel kunlari Toshkentda bolib otgan oliy darajadagi Ozbekiston Qozogiston muzokaralari ozaro aloqalarda muhim orin egallab, keng kolamli masalalar, jumladan, mintaqaviy muammolar hamda ozaro munosabatlarni rivojlantirishning ustuvor yonalishlari boyicha fikr almashish imkonini berdi. 2015 yilda ozaro savdo hajmi 3 milliard AQSh dollaridan oshdi, transport, kommunikatsiyalar va tranzit sohasida ozaro hamkorlikning ijobiy tendensiyalari kuzatilmoqda.

Qozogiston elchisi ozaro manfaatli munosabatlar boyicha toplangan tajribani asrash va boyitish, har ikki davlat va xalq manfaati uchun amaliy vazifalarni hal etishga komaklashish Ozbekistondagi diplomatik missiyasi diqqat markazida bolishini takidladi.

Tojikiston elchisi bilan uchrashuvda ozbek va tojik xalqlarining taqdirini umumiy tarix, manaviy qadriyat va ananalar boglab turishi takidlandi. Toshkentda bolib otgan ShHT sammiti asnosida Ozbekiston va Tojikiston rahbarlari ortasida otkazilgan uchrashuv hamda unda erishilgan kelishuvlar Ozbekiston Tojikiston munosabatlarini yanada rivojlantirishga xizmat qilishi qayd etildi.

Sodiq Imomiy yangi tayinlangan elchi sifatida ozaro hamkorlikni izchil mustahkamlashga oz hissasini qoshishga tayyor ekanini takidladi.

Koreya Respublikasi elchisi bilan suhbatda Janubiy Koreyaning Bosh vaziri Xvan Gyo Anning yaqinda Ozbekistonga kelgani va 21 may kuni keng kolamli qoshma loyiha Ustyurt gaz-kimyo majmuasi qurilishi yakunlangani va uning rasmiy ochilishiga bagishlab otkazilgan marosim mamlakatlarimiz ortasidagi hamkorlik tobora mustahkamlanib borayotganining yana bir yorqin tasdigi bolgani takidlandi.

Elchi Koreya Respublikasi Prezidenti Pak Kin Xening Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovga hurmat-ehtiromini yetkazar ekan, Janubiy Koreya rahbariyati Ozbekiston bilan uzoq muddatli va ozaro manfaatli munosabatlarni bundan buyon ham yanada mustahkamlab, yangi mazmun bilan boyitishga tayyor ekanini, ushbu maqsadlarga erishish uchun butun kuch-gayratini ishga solishini takidladi.

Afgoniston elchisi bilan uchrashuvda kop asrlik yaqin qoshnichilik va bir-biriga yordam berish ananalari Ozbekiston bilan Afgoniston ortasidagi hamkorlikning mustahkam asosi ekani qayd etildi.

Ozbekiston Afgonistonni ijtimoiy-iqtisodiy qayta tiklashda muhim orin tutadi. Ozbekiston mutaxassislari ishtirokida Afgonistonni tashqi dunyo bilan boglaydigan yagona Termiz Mozori Sharif temir yol tarmogi barpo qilindi, boshqa infratuzilma loyihalari ham hayotga tatbiq etilmoqda. Afgonistonga, jumladan, Kobul shahriga elektr energiyasi uzluksiz yetkazib berilmoqda.

Sayid Shahobiddin Temuriy Afgoniston xalqi Ozbekistonning Afgonistonni ijtimoiy-iqtisodiy qayta tiklashga amaliy yordam korsatayotganidan chuqur minnatdor ekanini takidladi.

Prezidentimizning xorijiy davlatlar elchilari bilan suhbati chogida mintaqaviy va xalqaro siyosatga doir dolzarb masalalar ham muhokama etildi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: