O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
29.05.2012

Malakali pedagog kadrlar tayyorlash hamda orta maxsus, kasb-hunar talimi muassasalarini shunday kadrlar bilan taminlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar togrisida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

Qayd etib otilsinki, respublikamizda Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar uchun oliy ma’lumotli oqituvchi kadrlar tayyorlashning yaxlit tizimi vujudga keltirilgan.

Buning natijasida hozirgi vaqtda mamlakatimizdagi 1537 ta orta maxsus, kasb-hunar talimi muassasalarida 214 ta talab etilayotgan yonalishlar va mutaxassisliklar boyicha 115,8 ming nafar pedagog xodimlar kadrlar tayyorlashni amalga oshirmoqdalar, ularning 90,6 foizi oliy malumotga ega, oqituvchi kadrlarning 70 foizdan koprogi 40 yoshgacha bolgan yuqori malakali mutaxassislardir.

Shu bilan birga, maxsus komissiyalar tomonidan otkazilgan tekshirishlar natijasida aniqlanishicha, kasb-hunar kollejlari hamda akademik litseylarning rahbar va pedagog kadrlarini tanlash tizimida, avvalambor, ularning malakasi yetarli emasligi hamda qoyilayotgan talablarga muvofiq emasligi bilan bogliq jiddiy kamchilik va nuqsonlar mavjud.

Kasb-hunar kollejlarini oqituvchilar va ishlab chiqarish talimi ustalari bilan taminlash kop jihatdan ularning tegishli bazaviy tayyorgarligini, pedagogik va amaliy ish tajribasi mavjudligini hisobga olmasdan rasmiy ravishda amalga oshirilmoqda.

Natijada orta maxsus, kasb-hunar talimi tizimida oquv jarayoni tegishli darajada tashkil qilinmagan, mashgulotlar asosan ananaviy maktab talimi uslublariga tayangan holda otkazilmoqda. Zamonaviy ilgor pedagogik va yangi kompyuter, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, shu jumladan, Internet talim jarayoniga sust joriy etilmoqda. Kasb-hunar kollejlarini xorijiy tillardan dars beruvchi malakali mutaxassislar bilan taminlashga yetarlicha etibor berilmayapti.

Kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning rahbarlar tarkibini pedagogik ish sohasida yetarlicha tajribaga ega bolgan kasb mahorati yuqori mutaxassislar bilan yanada mustahkamlash talab etiladi.

Orta maxsus, kasb-hunar talimi tizimining rahbar hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish borasida tarkib topgan tizim zamon talablariga javob bermayapti.

Kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar uchun ilgor pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallagan, kasbiy tayyorgarlikka ega, zamonaviy fikrlovchi kadrlarni tanlash va ular bilan taminlash tizimini tubdan yaxshilash, osib borayotgan zamonaviy talablarni hisobga olgan holda, ularni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:

1. Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus talim vazirligi, Orta maxsus, kasb-hunar talimi markazi Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda maxsus komissiyalar tomonidan otkazilgan tekshirishlar davomida kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boyicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirsin, ularni kasbiy tayyorgarlikka ega, zamonaviy fikrlovchi kadrlar bilan taminlashga, ilgor pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini talim jarayoniga keng tatbiq etishga alohida etibor qaratilsin.

Korilgan chora-tadbirlarning natijalari togrisida 1 sentabrga qadar va 2012-yil yakunlari boyicha Vazirlar Mahkamasiga malumot berilsin.

2. Orta maxsus, kasb-hunar talimi tizimi boshqaruv organlarining rahbar kadrlarini tanlash, tayinlash va attestatsiyadan otkazish boyicha Respublika komissiyasining yangilangan tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Orta maxsus, kasb-hunar talimi tizimi boshqaruv organlarining rahbar kadrlarini tanlash, tayinlash va attestatsiyadan otkazish boyicha Respublika komissiyasi (Sh.M.Mirziyoyev) Orta maxsus, kasb-hunar talimi markazi, Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda kasb-hunar kollejlarining rahbar kadrlar bilan taminlanganligini tanqidiy korib chiqsin, ushbu masalada ishlarni tegishli darajada tashkil etilishini taminlamagan shaxslarni javobgarlikka tortsin hamda kollejlarning rahbarlar tarkibini yetarlicha pedagogik ish tajribasiga ega bolgan kasb jihatdan tayyorlangan mutaxassislar bilan mustahkamlash boyicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirsin.

Amalga oshirilgan chora-tadbirlarning natijalari togrisida 1 avgustga qadar va 2012-yil yakunlari boyicha Vazirlar Mahkamasiga axborot berilsin.

4. Amaldagi qonun hujjatlari boyicha ornatilgan tartibga kora, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning direktorlari ikki yilda bir marta, oqituvchi kadrlar esa har uch yilda kamida bir marta attestatsiyadan otkazilishlari kerakligi malumot uchun qabul qilinsin.

Vazirlar Mahkamasi manfaatdor vazirliklar va idoralarni jalb etgan holda, ikki oy muddatda orta maxsus, kasb-hunar talimi muassasalarining oqituvchilari hamda ishlab chiqarish talimi ustalarini attestatsiyadan otkazish hamda malaka toifalarini berish tartibi togrisidagi Nizomni tanqidiy qayta korib chiqsin va ozgartirishlar kiritsin. Bunda oqituvchilar tarkibining kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, internet tarmogidan foydalanish boyicha amaliy konikmalarga ega bolishi majburiy ekanligiga alohida etibor qaratilsin.

5. Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus talim vazirligi, Orta maxsus, kasb-hunar talimi markazi:

talim jarayonida ilgor pedagogik uslub va texnologiyalari (“case study” uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda oqitish, amaliy oyin, interfaol talim uslubi va boshqalar), axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, elektron talim resurslari va multimedia taqdimotlaridan foydalanish borasida chet el tajribasini chuqur va har tomonlama organib chiqsin;

chet el tajribasini inobatga olgan holda, uch oy muddatda kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar uchun yangi oquv rejalari va dasturlarini qaytadan ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda tasdiqlasin, ularda ananaviy maktab talimi uslublaridan voz kechib, amaliy mashgulotlar va ishlab chiqarish amaliyoti boyicha soatlar kopaytirilishini nazarda tutsin;

ikki oy muddatda kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning talim jarayoniga ilgor pedagogik axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng kolamda joriy etish boyicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlasin.

Vazirlik, Orta maxsus, kasb-hunar talimi markazi va uning hududiy tuzilmalarining rahbarlari mazkur chora-tadbirlar amalga oshirilishi uchun shaxsan javobgar bolishlari togrisida qattiq ogohlantirilsin.

6. Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus talim vazirligining Orta maxsus, kasb-hunar talimi markazi tarmoq (bazaviy) kasb-hunar kollejlari huzurida oqituvchi kadrlarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalarini qollash asosida ilgor pedagogik texnologiyalarni egallashlari boyicha doimiy faoliyat yuritadigan seminarlarni tashkil qilsin.

Ushbu seminarlarni otkazish uchun mazkur texnologiyalarni egallagan mutaxassislarni shtat asosida taklif qilishga ruxsat berilsin.

Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus talim vazirligi, Orta maxsus, kasb-hunar talimi markazi vazirlik va markazning mansabdor shaxslari, oliy oquv yurtlarining yetakchi oqituvchilari ichidan ushbu seminarlarni otkazish uchun masul shaxslarni biriktirib qoysin, seminar ishini muntazam nazorat qilib borsin, zarur oquv-uslubiy yordam korsatsin.

7. Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus talim vazirligi oliy talim muassasalari tomonidan kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar uchun oqituvchi kadrlar tayyorlash saviyasi va sifati ustidan qattiq tizimli nazorat ornatsin, bitiruvchilarning kasbiy tayyorgarligi bilan bir qatorda, ularning zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, xorijiy tillarni egallashlariga, pedagogik amaliyotni kollejlar va litseylarda majburiy ravishda otishlariga alohida etibor qaratsin.

8. Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oliy va orta maxsus talim vazirligi, Orta maxsus, kasb-hunar talimi markazining 2012-yil 1 sentabrdan boshlab kasb-hunar kollejlari ishlab chiqarish talimi ustalarining mehnat haqi boyicha bazaviy tarif stavkalarini, malaka toifalariga qarab, kasb-hunar kollejlari tegishli malaka toifalaridagi oqituvchilarining mehnat haqi boyicha bazaviy tarif stavkalariga tenglashtirish togrisidagi taklifi qabul qilinsin.

Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Orta maxsus, kasb-hunar talimi markazi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda, bir oy muddatda, orta maxsus, kasb-hunar talimi xodimlari mehnatiga haq tolash togrisidagi mavjud Nizomga hamda kasb-hunar kolleji, ishlab chiqarish talimi ustalarining mehnat haqi boyicha bazaviy tarif stavkalari miqdorlariga tegishli ozgartishlar kiritsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.

9. Ozbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va orta maxsus talim vazirligining Orta maxsus, kasb-hunar talimi markazi manfaatdor idoralar va xojalik birlashmalari bilan birgalikda, ikki oy muddatda, kasb-hunar kollejlarini oquv-amaliy mashgulotlarni otkazish uchun sarflanadigan materiallar hamda zarur xomashyo bilan taminlash meyorlari va mexanizmini ishlab chiqib, belgilangan tartibda tasdiqlasin.

10. Orta maxsus, kasb-hunar talimi tizimining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash hamda malakasini oshirishga ixtisoslashgan oliy talim muassasalari royxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

11. Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus talim vazirligining Orta maxsus, kasb-hunar talimi markazi huzuridagi Orta maxsus, kasb-hunar talimi tizimi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti zimmasiga kasb-hunar kollejlari hamda akademik litseylarning rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish boyicha yagona meyoriy-uslubiy bazani ishlab chiqish hamda oquv jarayonini tashkil qilish yuzasidan bosh muassasa vazifasi yuklansin.

Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:

orta maxsus, kasb-hunar talimi tizimining rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash togrisidagi Nizomni;

hozirgi zamon talablarini hisobga olgan holda Orta maxsus, kasb-hunar talimi tizimining rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutining yangilangan tuzilmasini tasdiqlasin.

12. Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2012-yilgi Davlat byudjetida nazarda tutilgan mablaglar doirasida, Orta maxsus, kasb-hunar talimi tizimining rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutini kerakli mebel, zamonaviy oquv uskunalari va kompyuter texnikasi bilan jihozlagan holda uning 450 orinli oquv binosini va 150 orinli yotoqxonasini mukammal tamirlash uchun byudjetdan yetarli mablaglar ajratsin.

13. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari direktorlarini attestatsiyadan otkazish togrisida 2005-yil 28 fevraldagi F-2146-son farmoyishi 2-bandining ikkinchi xatboshi va uning 1-ilovasi oz kuchini yoqotgan deb hisoblansin.

Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus talim vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan ozgartish va qoshimchalar togrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov

Toshkent shahri, 2012-yil 28 may


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: