O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
26.05.2012

Bahs uchun mavzu kop

Ammo «Adolat» SDP partiyalararo munozara yuritishga qiynalayapti shekilli, g‘oyaviy masalalar, Caylovoldi dasturining joylardagi ijrosi boyicha dolzarb vazifalar kopligiga qaramay, oz nashrida bir emas, ikki marta OzXDPning gazetasi Ozbekiston ovozining nomini bahs mavzusiga aylantirdi. Adolatchilar fikricha, OzXDP Ozbekistondagi yagona partiya emas. Shunday ekan, nega uning nashri Ozbekiston ovozi, deb atalishi kerak?

Mamlakatimizda demokratik islohotlar tobora chuqurlashib, siyosiy partiyalarning fuqarolik jamiyatini rivojlantirishdagi rolini yanada kuchaytirish talab etilayotgan hozirgi sharoitda partiyalararo bahs-munozara izchil tus olishi muhim ahamiyatga ega. Ana shunday kurashlar siyosiy kuchlarni faollashtiradi, partiyalar goyalari, Caylovoldi dasturlarida belgilangan vazifalar hayotga tatbiq etiladi, shu orqali elektorat manfaatini samarali himoya qilishga erishiladi.

Keyingi paytlarda partiyalar matbuotida bu borada ozgarishlar sezila boshlandi. Biroq partiyalararo bahs-munozaralar jiddiy, professional va amaliy negizda olib borilishi zarurligi kop bor ta’kidlangan. Ayniqsa, joylarda islohotlarning ijtimoiy samarasini oshirishga xalaqit berayotgan muammolarni muhokama etish, ular yechimi boyicha har qaysi partiya oz nuqtai-nazarini bildirishi va uni qatiy turib himoya etishi muhim ahamiyatga egaligi kop aytilgan.

Darhaqiqat, mutaxassislar takidlaganidek, bozor iqtisodiyoti kabi demokratiyani, siyosiy partiyalar faoliyatini ham raqobatsiz tasavvur etib bolmaydi.

Afsuski, Adolat gazetasida chop etilayotgan maqolalarda yuzaki bahs yuritishga moyillik, chuqur mantiqli fikrlar orniga, sozamollikka berilish, hatto mazmunan bir-biriga zid davolar tez-tez uchramoqda. Bizningcha, bunday harakatlar professional va amaliy bahs mezonlariga mos kelmaydi.

Adolat SDP nashrining 11 may sonida Partiyalararo munozara rukni ostida elon qilingan XDP Ozbekistondagi yagona partiya emas-ku! sarlavhali maqola ham bunga misol bola oladi. Gazetamiz nomi ularni nega bezovta qilib qoyganiga avvaliga tushunmadik. Ehtimol, Ozbekiston ovozining salmogi, salohiyati adolatchilarga xalaqit berayotganday tuyulayotgandir. Yoki ular dunyodagi partiyalar nashrlarida bu kabi nomlar borligidan bexabar holda bu masalani kotarishgandir? Nima bolganda ham, bu haqda partiyalararo bahs yuritish noorinligi uchun Adolatda elon qilingan dastlabki maqolaga munosabat bildirmagan edik. Buni qarangki, oradan uch oycha otib, adolatchilar bu mavzuga yana qaytishdi. Aniqrogi, endi bu masala pensioner Alisher Olimovni tashvishga solib qoyibdi.

Togri, siyosiy partiyalar va ularning nashrlaridan, dunyo tajribasidan bexabar kishini bu savol oylantirishi mumkin. Shu bois masalaga munosabat bildirishga togri keladi.

Malumki, gazetamiz Ozbekiston ovozi nomi bilan Istiqlolimizning ilk kunidan chiqa boshlagan. Tahririyatimiz ijodiy jamoasi va mustaqil Ozbekistonda tashkil etilgan birinchi siyosiy partiya — XDP ijroqomi kelishuviga binoan, Ozbekiston ovozi ushbu partiya nashri sifatida chop etib kelinmoqda. Endigina mustaqillikka erishgan Ozbekistonimiz uchun ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy ogir bir vaziyatda partiyamiz ham, gazetamiz ham mustaqillikni, millat manfaatini himoya etishdek katta masuliyatni oz zimmasiga olib ish boshlagan. Bu yonalish hozir ham gazetamizning asosiy maqsadi hisoblanadi. Respublikaning ijtimoiy-siyosiy nashri maqomi hamda partiyamiz dasturiy maqsadidan kelib chiqib, yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi uchun kurashishni eng oliy sharaf deb bilamiz.

Partiya nashri, degani faqat partiyaning tadbirlarini, faoliyatini yoritishdangina iborat, deb hisoblamaymiz. Dunyodagi ilgor davlatlardagi partiyaviy nashrlarda ham bu tajriba kuzatiladi.

Endi bevosita gazetamiz nomiga kelsak, shuni aytish mumkinki, qator mamlakatlardagi partiya gazetalari yoki nodavlat tashkilotlari nashrlari nomida davlat yoki muayyan shahar nomini uchratish mumkin. Ilgari ham shunday bolgan, hozir ham. Masalan, Germaniya milliy demokratik partiyasi nashri Deutsche Stimme (Germaniya ovozi), sollar partiyasi bilan bogliq nashr esa Neues Deutschland (Yangi Germaniya) deb nomlanadi. Hindiston xalq partiyasi nashri esa Hindustan tayms deb nomlanadi. Siyosiy partiyalar va nodavlat tashkilotlar matbuotida bunday misollar oz emas.

Agar masalaga adolatchilar yondashuvidan kelib chiqib fikrlaydigan bolsak, mamlakatimiz nashrlari nomlari haqida ham har xil behuda gaplar bilan tortishish mumkin. Masalan, nima, XXI asr faqat OzLiDePga daxldormi? Adolat nomi-chi? Adolat sozi keng qamrovli umummilliy, umumbashariy tushunchadir. Mamlakatimizda faqat bu partiya kurashmaydi-ku, adolat uchun...

Bizningcha, siyosiy partiyalar ortasidagi bahsda bu kabi masalalar bilan chalkashib, tortishuv olib borish noorin va befoyda. Har bir gazetaning nomi tarixiy sharoit, maqsad-muddaodan kelib chiqib qoyilgan. Biz gazetamiz nomi bilan faxrlanamiz va buning masuliyatini yaxshi anglaymiz. Shu motabar nomga munosib bolishga intilamiz.

Bu masala boyicha munozara yuritishni noorin deb hisoblaymiz va mazkur mavzuga boshqa qaytmaymiz.

TaHririyat

Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: