O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
28.06.2016

EZGU ISHLARGA QODIR YOSHLAR

Gulmira Egamberdiyeva Farg‘ona davlat universitetining ikkinchi kurs talabasi. U OzXDP «Istiqbol» yoshlar qanoti faollaridan biri. Hududiy partiya tashkilotida Yosh siyosatchi – 2016 tanlovi otkazilishida tashkilotchilik qildi. Ozi ham ishtirok etdi va golib boldi. Songra shahar bosqichida uning ijtimoiy loyihasi yuqori baho oldi. Mana, endi u viloyat bosqichida 19 nafar tengdosh, maslakdoshlari safida yana bellashadi.

Men loyihamni Huquq va Bilim deb nomladim. Huquqiy davlatni bunyod etish uchun jamiyat a’zolari bilimli bolishi kerak. Loyiha goyasi soddadek korinsa-da, menimcha, u demokratik tamoyillarni ifodalaydi, deydi Gulmira Egamberdiyeva. Men oz loyiham asosida boshlangich partiya tashkilotida amaliy ishlarni boshlab yuborganman.

Gulmira har bir jamoada — u ishlab chiqarish korxonasi boladimi yo oquv yurti, albatta yoshlarning huquqiy savodxonligini oshiruvchi togarak, klub, oquv-seminari kabi shakllardagi uyushmalar tuzishni, uning dasturi va amalga oshirish uslublarini taklif etdi. Hayat azolari va boshqa ishtirokchilar Gulmiraning loyihasi har bir bandiga katta qiziqish bilan qaradi.

Rishton tumani hokimligi huzuridagi Yagona darcha markazi mutaxassisi Javohir Nematov loyihasi ham barchaning etiborini tortdi. U yoshlarni xalq ananalari, manaviyati ruhida tarbiyalashning oziga xos yolini taklif etdi.

Mustaqillik yillarida Fargonada tarixiy bunyodkorliklar amalga oshirildi. Javohir bu mojizaviy jarayon guvohlari, ishtirokchilarining jonli xotiralari, hujjatlar, foto-kino lavhalarni yigib, muzey tashkil etishni taklif qildi. Uning fikricha, bu muzey hatto sayyohlar uchun ham qiziqarli boladi. Javohirning loyihasida taklifning iqtisodiy tomonlari ham ishlab chiqilgan. Shuning uchun ham muhokama chogida hayat azolari Bu ijtimoiy loyihami yoki biznes-loyihami, deya biroz bahslashishdi.

Birgina Fargona viloyatida joriy yilda ushbu tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan yoshlar soni 1000 nafardan oshdi. Shundan 225 nafari boshlangich partiya tashkilotlarida golib boldi.

Ishtirokchilar Bilimdon siyosatchi shartida Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Prezident asarlari, siyosiy partiyalar, parlament, saylovlar, yoshlar masalalariga oid qonunlar, Oila, Mehnat kodekslari, Ozbekiston Xalq demokratik partiyasining Ustav va Dasturi yuzasidan tuzilgan savollarga atroflicha javob berishdi.

Tanlov yoshlarni vatanparvarlik, istiqlol goyalari, milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda muhim rol oynaydi va viloyatimizning barcha yigit-qizlarini birlashtiradi, deydi OzXDP viloyat kengashi raisi vazifasini bajaruvchi Dilbar Mamajonova. Ular maqsad sari intilgan, faol, ona yurtning yorug kelajagi yolida ezgu ishlarga qodir yoshlardir.

Otkazilgan korik-tanlov yoshlarning mustaqillik goyalariga sadoqatini shakllantirishga, yigit-qizlarning huquqiy, ijtimoiy-siyosiy bilim darajasi, faolligini oshirishga komaklashadi, albatta. Tanlovning har bir ishtirokchisi oz yurtining rivojlanishi jarayonlariga daxldorlik hissini sezmoqda. Ularning loyihalarda aks etgan yangi qarashlari, ijodiy yondashuvi respublikamizning belgilangan yuksak maqsadlar sari ilgarilashida muhim ahamiyatga ega.

Bellashuv yakunida Fargona sanat kolleji ikkinchi bosqich talabasi Mohidil Qurbonova golib deb topildi va respublika tanloviga yollanma oldi.

Muhammadjon OBIDOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: