O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
28.06.2016

TIRIKLIK UCHUN NIMALAR KERAK?

Tinchlik, totuvlik, hamkorlik

Kechqurun televizor ko‘rayotganimizda eng kichik nabiram: «Bobo, qarang Prezidentimiz!..», dedi quvonchini yashirmay.

Shanxay Hamkorlik Tashkilotining poytaxtimiz Toshkentda otayotgan oliy anjumani qatnashchilari sharafiga berilgan katta konsert dasturini xalqimiz koz uzmay tomosha qildi. Xitoy, italyan, rus, qozoq, turkman, tojik, qirgiz va boshqa tillarda yangragan qoshiqlar, ijro etilgan jozibali raqslar mustaqillik yillarida yurtimiz san’atkorlari yuksak mahoratga erishganlari, milliy qadriyatlarimiz jahonni lol qoldirayotganining yorqin bir misoli boldi. Rosti, men ham oynai jahondan koz uzmay, faxr-iftixor bilan sanatkorlarimizning chiqishlarini tomosha qildim.

Esimda, Yurtboshimiz Qashqadaryo viloyatida ishlayotganlarida men Dehqonobod tumani rahbari edim. Nuqul tog-toshdan iborat, faqat chorvachilikka boglanib qolgan tuman iqtisodiy jihatdan nihoyatda nochor edi. Bir kuni rahbarimiz mehmonlar bilan kelib qoldi. Mana shu toglar inson qoli bilan tiklanganday tuyuladi, aslida bunday emas. Vaqti keladiki, ular bagridagi xazinalar xalqimiz farovonligiga xizmat qiladi, dedi. Bugun mustaqillik yillarida yurtimizda amalga oshirilgan bemisl bunyodkorliklarga nazar tashlar ekanman, oshanda bu orzu zamirida haqiqat mujassamlashganiga iymon keltiraman. Yurtboshimizning bevosita rahbarligi ostida avval yuksak toglar bagridan asr mojizasi – Temir yol otkazildi. Keyinroq Dehqonobod kaliyli ogitlar zavodi Xitoy va Rossiya davlatidagi hamkorlarimiz bilan birga qurib bitkazildi. Noyob va qimmatbaho ogit yurtimiz qishloq xojaligi ehtiyojini tola qondirib, yana xorijga eksport qilinmoqda.

Oliy anjuman kunlari hamkorlikning yana bir yorqin misoli Qamchiq davoni orqali yangi temir yol qatnovi yolga qoyildi. Bu ulkan bunyodkorlikning bor-yogi 32 oyda amalga oshgani har qanday insonni hayratlantiradi. Bu yangi temir yol qadimiy Buyuk Ipak yolining davrimizdagi yangi yonalishi, boshqacha aytganda, jahon taraqqiyotining oltin koprigidir. Bu singari ulkan loyihalar bunyodkorliklarning boisi tinchlik, dostlik va teng hamkorlikdir.

Prezidentimiz mazkur anjumandagi nutqida buni alohida takidladi. Ayniqsa, yaqin qoshnimiz — Afgonistonda tinchlikni qaror toptirish, ozaro kurashayotgan tomonlarning bir bitimga kelishi haqidagi takliflari naqadar togri ekanligini hayotning ozi korsatmoqda.

Shuningdek, mamlakatimiz rahbari alohida qayd etdiki, tinchlik va ozaro hamkorlik iqtisodiy, savdo, madaniy aloqalar taraqqiyotiga xizmat qiladi. Xalqlarni bir-biriga yaqinlashtiradi. Dunyo taniqli siyosatchilarining yana bir etirofi shu boldiki, xalqaro tashkilotga Ozbekiston rahbarlik qilgan 350 kun jahon tarixiga taraqqiyot va rivojlanishning oziga xos davri bolib bitildi.

Men taniqli davlat va siyosat arboblarining fikrini qiziqib tingladim. Ular Prezidentimiz faoliyatiga, yurtimizda kechayotgan bunyodkorliklarga yuksak baho berishdi.

Men yoshi ulug insonman. Vohamizning tumanlarida bolganimda, galla orayotgan, xorijga turfa noz-nematlarni eksport qilayotgan mehnatkashlar bilan kop uchrashaman. Ularning orzusini tinglayman. Tiriklik uchun yana nimalar kerak? Tinchlik, totuvlik, hamkorlik!

Yanvar INOYATOV,

Ozbekiston faxriylarini ijtimoiy qollab-quvvatlash Nuroniy jamgarmasi Qashqadaryo viloyat bolimi raisi,

xalq deputatlari viloyat Kengashidagi OzXDP guruhi azosi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: