O'zb  
 
28.06.2016

OZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI ISLOM KARIMOVNING SHANXAY HAMKORLIK TASHKILOTI DAVLAT RAHBARLARI KENGASHINING KENGAYTIRILGAN TARKIBDAGI MAJLISIDA SOZLAGAN NUTQI

Muhtaram davlat rahbarlari,

Hurmatli majlis ishtirokchilari,

Avvalo, delegatsiyalar rahbarlarining ShHTning o‘tgan davrdagi faoliyati asosiy yakunlari boyicha bildirgan fikrlarini qollab-quvvatlayman. Shanxay hamkorlik tashkiloti tashkil etilganidan buyon otgan 15 yil davomida haqli ravishda nufuzli xalqaro tashkilotlar qatoridan munosib joy oldi, barqaror taraqqiyot, tinchlikni mustahkamlash, zamonaviy tahdid va xatarlarga qarshi kurashish, mintaqaviy va global darajada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashning tasirchan omiliga aylandi.

Otgan yillar mobaynida ShHTning shartnomaviy-huquqiy bazasini shakllantirish boyicha miqyosiga kora ulkan ishlar amalga oshirildi, tashkilot tarkibiga kiradigan davlatlar ortasida har tomonlama teng huquqli hamkorlikni taminlash uchun mustahkam institutsional asos yaratildi.

Shu bilan birga, biz bugungi kunda yon-atrofimizdagi dunyo naqadar shiddatli suratlar bilan ozgarib borayotganini, qarama-qarshilik va mojarolar kuchayib, jahon bozorlarida beqarorlik va mavhumlik saqlanib qolayotganini, alohida tashvish uygotayotgan xalqaro terrorizm, ekstremizm va tobora yoyilib, tarqalib borayotgan radikalizm kolami xatarli tus olayotganini yaxshi anglaymiz va tasavvur qilamiz.

Ming afsuski, hozirgi vaqtda vujudga kelayotgan xalqaro vaziyatda ozaro ishonch va hamkorlikni mustahkamlash orniga qarama-qarshilik va raqobat kuchayib bormoqda. Bunday holatni kormaslik, sezmaslik mumkin emas.

Birinchidan. Yuzaga kelayotgan bunday murakkab sharoitda ShHTning Xartiyasi va boshqa asosiy hujjatlarida mustahkamlab qoyilgan ochiqlik va hech qanday blokka qoshilmaslik prinsiplariga qatiy amal qilishimiz va bunday yondashuvni yanada mustahkamlashimiz ota muhim ahamiyatga ega. Vujudga kelayotgan mintaqaviy va xalqaro muammolarni hal etishda bundan keyin ham mafkuraviy va qarama-qarshilikka olib keladigan yondashuvlarning oldini olish va ularga barham berish darkor.

Ikkinchidan. Hindiston va Pokistonni azolikka qabul qilish jarayonining boshlanishida oz ifodasini topayotgan ShHTga azo davlatlar tarkibini kengaytirish boyicha amalga oshirayotgan yolimiz, hech shubhasiz, ShHT oz faoliyatida yangi, yanada murakkab bosqichga kotarilayotganidan dalolat beradi.

Biz barchamiz yaxshi tushunamizki, ayrim davlatlarning xalqaro va mintaqaviy taraqqiyotga doir dolzarb masalalarga nisbatan turlicha, bazan bir-biriga mutlaqo zid yondashuvlari hisobga olinadigan bolsa, birinchi navbatda, tashkilot kun tartibidagi asosiy masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilishda konsensus, yani, umumiy kelishuvga erishish ogir va qiyin boladi.

Lekin bu borada yuzaga kelishi mumkin bolgan qiyinchiliklar ShHT Xartiyasi va Tartib-taomil qoidalarida mustahkamlab qoyilgan konsensus prinsipidan voz kechishni hech qachon anglatmasligi zarur. Amalda ozini oqlagan bu prinsipga sozsiz rioya etish tashkilotimiz faoliyati samaradorligiga salbiy tasir korsatishga yol qoymaydi, uning parokanda bolib ketishi, «manfaatlar boyicha guruhlar» paydo bolishiga olib kelishi mumkin bolgan bahs va kelishmovchiliklarni bartaraf etadi.

Uchinchidan. Qoshni Afgonistondagi vaziyatga ham qisqacha toxtalib otmoqchiman.

Bu mamlakatda vujudga kelayotgan harbiy-siyosiy vaziyatni ozaro kurashayotgan tomonlar ortasidagi toqnashuvlarning asta-sekin chozilib borishi sifatida tariflash mumkin, agar ahvol shu tarzda davom etadigan bolsa, bunday beqarorlikning qoshni mamlakatlar va mintaqalarga ham yoyilib ketishining jiddiy va real xavfi mavjud.

Afgon muammosini hal etishdan manfaatdor tomonlarning aksariyati bunday vaziyatdan chiqishning faqat bitta yoli borligini yaxshi anglaydi. Yani, bu yol ozaro kurash olib borayotgan asosiy tomonlar ortasida tinchlik ornatish boyicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligi ostida siyosiy muzokaralar otkazishdan iboratdir. Hukumat va Tolibon kabi ozaro kurashayotgan kuchlar ortasida muzokaralar jarayonini qayta tiklash muhim ahamiyatga ega. Bu borada tomonlar muzokaralar jarayonini boshlash uchun oldindan biron-bir shart qoymasligi darkor.

Hech shubhasiz, donor davlatlar va xalqaro institutlar Afgonistonga bu mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol va aholining hayot darajasini yaxshilash, eng muhimi, talim-tarbiya va marifat sohasida yordam berish boyicha oz majburiyatlarini tasdiqlashi zarur.

Ozbekiston, Afgoniston bilan ikki tomonlama ozaro hamkorlik prinsipiga rioya etgan holda, kommunikatsiyalar, jumladan, Afgonistonni tashqi dunyo bilan boglaydigan Termiz – Mozori Sharif temir yol tarmogini qurishga oz hissasini qoshmoqda, Afgonistonga, xususan, Kobul shahriga elektr energiyasi yetkazib berishni taminlamoqda.

Muhtaram majlis qatnashchilari,

Tashkilotning dasturiy maqsad va vazifalariga erishishning eng muhim shartlaridan biri iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish va chuqurlashtirishdan iboratdir. Bizning ushbu yonalishdagi umumiy vazifamiz barcha davlatlarning manfaatlariga mos keladigan, mintaqa uchun muhim ahamiyatga ega bolgan iqtisodiy va infratuzilma loyihalarini amalga oshirish, birinchi navbatda, transport kommunikatsiyasi sohasida hamkorlikni rivojlantirishni kozda tutadi.

Shu munosabat bilan Ozbekiston Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin tomonidan ilgari surilgan Buyuk ipak yoli iqtisodiy yonalishini tashkil etish tashabbusini qollab-quvvatlaydi. Mazkur tashabbusni unga jalb qilingan barcha tomonlarning umumiy va ozaro manfaatlari asosida muvaffaqiyatli amalga oshirish mumkinligini alohida takidlashni istardim.

Muhtaram hamkasblar,

Sozimning yakunida bugungi atroflicha fikr almashish va hamkorlikdagi samarali ishimiz mamlakatlarimiz ortasida yaxshi qoshnichilik, dostlik va sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish, ozaro hurmat muhitini mustahkamlash, amaliy va ishonchli muloqotni kengaytirish imkonini beradi, deb ishonch bildirmoqchiman.

Etiboringiz uchun tashakkur.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: